Boshlang’ich sinflarda matematika kursining mazmuni va tuzilishi. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining mazmuni va tuzilishi


Download 72.44 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi72.44 Kb.
#1061996
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA KURSINING MAZMUNI VA TUZILISHI

BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA KURSINING MAZMUNI VA TUZILISHI.BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISH METODIKASINING MAZMUNI VA TUZILISHI.


Boshlang’ich matematika kursi maktab maeimatika kursining tarkibiy qismidir.Shu sababli boshlangich matematikani muvofaqiyatli o`zlashtirish maktabda butun matematik ta’limni to`g`ri yo`lga qo`yishga asos bo`lishi tushunarli bo`lib qoladi.Akademik A.H.Kolmogorov IV-VIII sinflar programmalari ’’natural sonlar bilan (aslida har qanday katalikdagi)to’rt arifmetik amalni bajarishning puxta ko’nikmalari birinchi uchta sinfdayoq o’zlashtiriladi, degan farazdan kelib chiqishadi’’deb bejiz aytgan emas.
Shuni ta`kidlash kerakki,amaldagi boshlang`ich matematika programmasi strukturasi va mazmuni bo`sh joyda yaratilmadi ,balki tradission programmalardan to`plangan boy metodik merosdan va o`qituvchilarning ilg`or tajribasidan kelib chiqib,o`qitishning traditsion sistemasi bilan ma`lum izchillikni saqlagan holda yaratildi.

Endi amaldagi programmalar bo`yicha I-IV siniflarda o`rganiladigan boshlangich matematika kursining strukturasi va mazmunini mufassaliroq qarab chiqaylik.


Ma`lumki,o`quv predmeti ilgarigidek ”arifmetika”emas,balki ”matimatika”deb ataladi.Fan nomining bunday o`zgartirilishi bejiz emas:bu o`zgarish o`zida mazkur o`quv predmetining mazmuni va strukturasi o`zgarishini aks ettiradi.Matematika programmasining asosiy o`zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat bo`lib,bu o`zak atrofida algebra va geometriya elementlari birlashadi,bu elementlar arifmetik bilimlar sistemasiga tarkiban qo’shilib,son, arifmetik amallar va matematik munosabalar haqidagi tushinchalarning yuqoriroq darajada o’zlishtirishga imkoniyat beradi .
Ko’rib turibmizki,boshlang’ich matematika kursining mazmuni juda kattadir. Matematik xotiraning ,tafakkurning ,diqatning ,ijodiy tasavurning va h.k. rivojlanishini ham hisobdan chiqarib tashlamaslik kerak . O’qituvchi matematika darslarida bolalarning mantiqiy tafakkurlarini rivojlantirishning real imkoniyatlarga ega, ana shu imkoniyatdan to’la foydalanish kerak.
Download 72.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling