5-mavzu: Kimyoviy jarayonlar nazariyasi. Reja
IZOBAR - IZOTERMIK POTENSIAL HAQIDA TUShUNChA
Download 111.11 Kb.
|
5-Maruza. Kimyoviy jarayonlar nazariyasi
IZOBAR - IZOTERMIK POTENSIAL HAQIDA TUShUNChA
Kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘ladigan paytda bir vaqtning o‘zida sistemaning entalpiyasi va entropiyasi o‘zgaradi. Ana shu ikki effektlarning yig‘indisi sistema (reaksiya) ning Gibbs energiyasi deyiladi. Bu paytda sistemaning temperaturasi va bosimi o‘zgarmas bo‘lgani uchun Gibbs energiyasini boshqacha qilib sistema izobar- izotermik potensialining o‘zgarishi ham deyialadi va G xolida belgilanadi , uning o‘lchov birligi - kj/mol, kkal /mol, "1 mol" moddaning stanadart sharoitda hosil bo‘lishida reaksiya izobar- izotermik potensialining o‘zgarishi shu moddaning standart hosil bo‘lish izobar-izotermik potensiali o‘zgarishi deyiladi va Gx.b.298 yoki G298 ko‘rinishda yoziladi. Ayrim moddalarning Gx.b.298 qiymati jadvalda berilgan. Xar qanday kimyoviy reaksiya izobar-izotermik potensialining o‘zgarishi - G298 x.r. quyidagi formula yordamida hisoblanadi: G298(x.r.) = Gx.b.298 (mahsulot) Gx.b.298(dast.modda) Bunda ; Gx.b.298 (mahsulot) reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalar standart izobar-izotermik potensiallari o‘zgarishining yig‘indisi, kj/ mol. Gx.b298(dast.modda) reaksiyaga kirishayotgan moddalar standart izobar-izotermik potensiallari o‘zgarishining yig‘indisi, kj/ mol. Umuman sistemaning temperaturasi ( T ), entalpiya o‘zgarishi ( N) entropiya o‘zgarishi ( S) hamda izobar-izotermik potensiali o‘zgarishi G o‘rtasida quyidagi bog‘lanish mavjud: G = H - T S Izobar- izotermik potensialning qiymatiga qarab standart sharoitda reaksiyaalarning borish bormasligi va reaksiyaning yo‘nalishi to‘g‘risida xulosa kilinadi. a) Agar kimyoviy reaksiya izobar-izotermik potensiali o‘zgarishining qiymati G298(x.r.) > 0, ya’ni musbat bo‘lsa, bu reaksiyalar standart sharoitda o‘z-o‘zidan bormaydi; b) agar G298(x.r.) < 0 ya’ni manfiy bo‘lsa bu reaksiyalarni standart sharoitda o‘z-o‘zidan boradi. v) Agar G298 = 0 bo‘lsa, bunda sistema kimyoviy muvozanat xolida bo‘ladi. Muvozanatni zarur reaksiya boradigan tomonga yo‘naltirish uchun sistema parametrlari R, T, S, V larni o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Umuman termodinamik kattaliklarni bilish texnologik jarayonlarni boshqarishni urgatib, u yoki bu jarayonlar borishini asoslab beruvchi fundamental tushunchalardir. Download 111.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling