Termodinamikaning asosiy tushunchalari va dastlabki xolatlari
Termodinamik sistema deb, o‘zaro va tashqi jismlar bilan energiya almashina oladigan makroskopik jismlar yig‘indisiga aytiladi.
Sistema holatini xarakterlovchi fizik kattaliklar (temperatura, bosim, hajm, zichlik va h.k.) sistema holati parametrlari deyiladi.
Hamma qismlari bir xil xossalarga ega bo‘lgan sistema bir jinsli deyiladi.
Termodinamik sistemaning bir jinsli qismi faza deyiladi.
Agar termodinamik sistema boshqa jismlar bilan issiqlik almashmasa adiabatik izolyatsiya-langan deyiladi.
Asosiy tushunchalar:
Makroskopik jism – ulkan molekulalar sonidan tashkil topgan jism.
Molekulalarning issiqlik harakati -molekulalarning tartibsiz harakati.
Ideal gaz - (fizik model) –o‘zaro ta’sirini xisobga olmasa bo‘ladigan molekulalardan tuzilgan gaz.
Asosiy formulalar:
Agar sistema parametrlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan ma’lum qiymatga ega bo‘lsa va sistemada qandaydir tashqi jismlar yuzaga keltirgan xech qanday statsionar oqimlar bo‘lmasa, termodinamik sistema xolati muvozanatli deyiladi
Parametrlaridan bittasi bo‘lsa ham ma’lum qiymatga ega bo‘lmagan xolat muvozanatsiz deyiladi.
Tashqi jismlar bilan energiya, modda almashmaydigan termodinamik sistema yopiq deb ataladi.
Sistemaning bir xolatdan ikkinchi xolatga o‘tishi termodinamik jarayon deyiladi.
Sistema barcha parametrlari cheksiz sekin o‘zgarsa va bunda sistema har doim muvozanat xolatida bo‘lsa, termodinamik jarayon muvozanatli yoki kvazistatik deyiladi.
Muvozanatli jarayonning yuz berish yo‘nalishi o‘zgarganida u to‘g‘ri yo‘nalishdagi xolatlar orqali o‘tishi tufayli muvozanatli jarayon qaytuvchan xossaga ega deyiladi.
Termodinamikaning asosiy postuloti: yopiq termodinamik sistemada vaqt o‘tishi bilan sistema keladigan muvozanat holati mavjud bo‘lib, sistema undan o‘z holicha chiqib keta olmaydi.
Termodinamika – fizikaning, termodinamik muvozanat holatda bo‘lgan makroskopik sistemalarning umumiy xossalarini va bu holatlar orasidagi o‘tish jarayonlarini o‘rganuvchi, bir bo‘limidir.
Termodinamika bu o‘tishlar asosida yotuvchi mikrojarayonlarni o‘rganmaydi.
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING QO‘LLANILISHI
Frontal so‘rov
Fizikaning qanday bo‘limi molekulyar fizika deyiladi?
Fizikaning turli agregat holatlardagi jismning fizik xossalarini ularning molekulyar tuzilishi asosida o‘rganuvchi bo‘limi
Qanday nazariyaga MKN deyiladi?
Makroskopik jismlarning issiqlik xossalarini ularning atom-molekulyar tuzilishi asosida tushuntiruvchi nazariyaga
Жисм хоссаларининг
O‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan hodisalar qanday usullar bilan o‘rganiladi?
Makroskopik usul makroskopik jismlarning xossalarini ularning ichki tuzilishini hisobga olmagan holda o‘rganadi.
Molekulyar-kinetik usul modda xossalarini uning ichki tuzilishiga qarab o‘rganadi.
Nima nimani tushuntiradi?
Moddaning molekulalardan tuzilgani haqidagi fikr uning uch xolati orasidagi farqni tushuntiradi.
Molekula-larning issiqlik harakati
Ideal gaz
ulkan molekulalar sonidan tashkil topgan jism.
molekulalarning tartibsiz harakati
- (fizik model) o‘zaro ta’sirini xisobga olmasa bo‘ladigan molekulalardan tuzilgan gaz
“Tushunchalarning tahlili” metodi
Muvozanatli jarayonning yuz berish yo‘nalishi o‘zgarganida u to‘g‘ri yo‘nalishdagi xolatlar orqali o‘tishi tufayli muvozanatli jarayon qaytuvchan xossaga ega deyiladi.
Agar sistema parametrlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan ma’lum qiymatga ega bo‘lsa va sistemada qandaydir tashqi jismlar yuzaga keltirgan xech qanday statsionar oqimlar bo‘lmasa, termodinamik sistema xolati muvozanatli deyiladi
Sistema holatini xarakterlovchi fizik kattaliklar (temperatura, bosim, hajm, zichlik va h.k.) sistema holati parametrlari deyiladi.
Sistema barcha parametrlari cheksiz sekin o‘zgarsa va bunda sistema har doim muvozanat holatida bo‘lsa, termodinamik jarayon muvozanatli yoki kvazistatik deyiladi.
Hamma qismlari bir xil xossalarga ega bo‘lgan sistema bir jinsli deyiladi.
Qanday ma’no anglatadi, qachon va qanday hollarda qo‘llaniladi?
Bir jinsli sistema
Adiabatik izolyatsiyalangan sistema
Termodinamik jarayon
Sistema holat parametrlari
Muvozanatli yoki kvazistatik termodinamik jarayon
Hamma qismlari bir xil xossalarga ega bo‘lgan sistema
Termodinamik sistemaning bir jinsli qismi
Boshqa jismlar bilan issiqlik almashmaydigan termodinamik sistema
Sistemaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi
Sistema holatini xarakterlovchi fizik kattaliklar (temperatura, bosim, hajm, zichlik va h.k.)
Sistema barcha parametrlari cheksiz sekin o‘zgaradigan va bunda sistema har doim muvozanat xolatida bo‘ladigan termodinamik jarayon
Tashqi jismlar bilan energiya, modda almashmaydigan termodinamik sistema
Do'stlaringiz bilan baham: |