Dunyoqarash insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’g’risidagi
Download 9.33 Kb.
|
9.2 bilet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Билиш объекти
1*Tabiat — odamning paydo boʻlgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman — bu dunyo, odam, koinot; mikromakromegadunyolar; jonsiz va jonli borliq. Tor maʼnoda — tabiat fanlari oʻrganadigan obyekt. Tabiat odamga, jamiyatga bogʻliq boʻlmagan qonuniyatga boʻysunadi. Odam tabiatning bir qismi. Odam tabiat qonunlarini oʻzgartira olmaydi, faqat qonunlardan foydalanib, tabiat elementlarini, qismlarini oʻzlashtirishi mumkin.Tabiat ob’ektlarining tuzilishi haqida. Bizning tevarak-atrofimizni xilma-xil ko’rinishdagi, shakldagi turlituman moddiy ob’ektlar o’rab olgan. Ular turli xil xossalarga va xususiyatlarga egadir. Bir paytlar hamma jismlar materiyaning bo’linmas shakli atomlardan tashkil topgandir, degan tasavvur hukmron edi. Atomlarning murakkab tuzilganligi haqidagi farazlar bizning asrimizga kelib uzil-kesil tasdiqlandi. Hozirgi zamon fanlarining xulosalariga ko’ra, atrofimizdagi har qanday jism molekulalardan tashkil topgan, molekulalar esa atomlardan tuzilgan. Atomlar murakkab tuzilgan yadro va elektron qobiqlardan iborat. 2* dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’g’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o’zgalarga va ularning faoliyatiga, o’z umri va uning mazmuni kabi ko’pdan-ko’p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo’ladi. Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyg’u, aql-idrok va tafakkur ham muhim o’rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog’liq bo’lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Falsafiy dunyoqarash murakkab tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka qaratilgan g’oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat. 3* Билиш объекти бизни қуршаб турган олам, ундаги нарса ва ҳодисалар. Билиш субъекти – бу инсон, микрогуруҳ, ижтимоий гуруҳ, синф, жамият. Лекин шуниси эътиборлики, инсон билишнинг ҳам субъекти, ҳам объектидир.Чунки табиат, жамиятни ўрганишда инсон субъект, инсонни объект сифатида психология, анатомия, тиббиёт, фалсафа, мантиқ, этика, эстетика каби фанлар ўрганади. Download 9.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling