3. Tasavvur qiling, siz Real sektor korxonasi boshqaruv raisisiz. Yirik loyihani moliyalashtirish maqsadida moliyaviy resurs jalb qilish uchun korporativ obligasiya chiqarish, kredit jalb qilish variantlari mavjud. Mazkur holatda kapital bahosini qanday aniqlaysiz?
“Moliyaviy menejment” fanidan test topshiriqlari.
1. Korxonalar moliyaviy xo'jalik faoliyatida mahsulot sotish hajmining o'zgarishiga qanday omillar ta'sir ko'rsatadi?
A) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, inventarizasiya natijasida aniqlangan mahsulotlarning ortiqchaligi yoki kamomad;
V) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, oborotdagi tayyor mahsulot qoldig'ini yil boshidagiga nisbatan o'zgarishi, inventarizasiya natijasida aniqlangan mahsulotlarning ortiqchaligi yoki kamomadi, assortiment va sifat o'zgarishlar;
S) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, oborotdagi tayyor mahsulot qoldig'ini o'zgarishi, assortiment va sifat o'zgarishlar;
D) mahsulotlarning assortiment va sifat o'zgarishi, oborotdagi tayyor mahsulot qoldig'ini o'zgarishi.
2. Korxonada bir kishi kunining unumdorligini tahlil qilishda hisoblanadigan qiymat ko'rsatkichi qanday hisoblanadi?
A) tovar mahsuloti / ishchilar soni;
V) tovar mahsuloti / kishi soat;
S) tovar mahsuloti / kishi kunlar;
D) tovar mahsuloti / boshqaruv xodimlar soni.
3. Korxona pul oqimi to'g'risidagi hisobot qaysi davrga tuziladi?
A) yil bo'yicha;
V) choraklik, yarim yillik, 9 oylik, yillik;
S) faqat choraklar bo'yicha;
D) yarim yillik va yillik.
4. Korxona asosiy fondlarining texnik holatini tahlil qilishda hisoblanadigan ko'rsatkichlarni belgilang.
A) yaroqlilik va eskirish darajasi;
V) yangilanish, eskirish va yaroqlilik darajasi;
S) eskirish va yangilanish darajasi;
D) yaroqlilik va yangilanish darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |