5. Quyidagi ko'rsatkichlardan qaysi biri korxona boshqaruvida joriy to'lov qobiliyatini ifodalaydi?
A) pul mablag'lari / qisqa muddatli to'lov majburiyatlari;
V) pul mablag'lari va boshqa aktivlar / qisqa muddatli to'lov majburiyatlari;
S) (pul mablag'lari + qimmatli qog'ozlar) / qisqa muddatli to'lov majburiyatlari;
D) aylanma aktivlar / majburiyatlar.
6. Korxona boshqaruvida ishlab chiqarish fondlari bo'yicha rentabellik qanday aniqlanadi?
A) (sof foyda x 100) / korxona aktivlari jami;
V) (foyda x 100) / asosiy vositalar + aylanma mablag'lar;
D) (foyda x 100) / aktiv fondlar + passiv fondlar;
D) barcha javoblar to'g'ri.
7. Korxona boshqaruvida aylanma mablag'larning aylanish koeffitsenti qanday aniqlanadi?
A) (mahsulotni sotishdan tushgan tushum + tayyor maxsulot) / aylanma mablag'larning yillik o'rtacha qiymati;
V) mahsulotni sotishdan tushgan tushum / aylanma mablag'larning yillik o'rtacha qiymati;
S) sotilgan mahsulotning tannarxi / aylanma mablag'larning yillik o'rtacha qiymati;
D) sotilgan mahsulotning tannarxi / jami mulk.
8. Korxonaning pul mablag'lari qanday faoliyatlarda harakat qiladi?
A) xo'jalik, investisiya, soliqqa tortish va tashqi iqtisodiy faoliyatlarda;
V) xo'jalik, investisiya, soliqqa tortish va moliyaviy faoliyatlarda;
S) xo'jalik, investisiya, soliqqa tortish va valyuta mablag'lar harakatida;
D) xo'jalik, investisiya, soliqqa tortish va ijara majburiyatlarida.
9. Korxonada mahsulot tannarxini aniqlashdan maqsad nima?
A) sotish tufayli olingan moliyaviy natijani aniqlash, maxsulotning foydalilik darajasini aniqlash;
V) mahsulotning sotish bahosini belgilash;
S) ishlab chiqarishni boshqarish;
D) resurslarning taqsimot qatorini belgilash.
10. korxonaning moliyaviy faoliyatdagi pul oqimini tahlil qilishda asosiy o'rganiladigan ko'rsatkichlarni belgilang:
A) aktsiya chiqarishdan, uzoq, qisqa muddatli qarzlar va ijara majburiyatlari bo'yicha kirim va chiqim;
V) olingan va to'langan foizlardan kirim va chiqim;
S) to'langan soliqlar bo'yicha chiqim;
D) ijara majburiyatlari bo'yicha sof kirim va chiqim.
Do'stlaringiz bilan baham: |