62
II BOB. BOSHQARUV HISOBIDA XARAJATLARNING
O‘RNI VA ULARNI BOSHQARISH
1-§. Boshqaruv hisobini tashkil qilishda
xarajatlarni hisobga olish
xususiyatlari.
2-§. Xarajatlar tarkibi.
3-§. Shartli-o‘zgaruvchan, shartli-doimiy hamda yarim o‘zgaruv-
chan xarajatlar.
4-§. Xarajatlarni hisobga olish, taqsimlash tartibi va usullari.
5 a) illustrativ misollar;
b) test
savollari;
v) vaziyatli misollar.
Mavzuning maqsadi
Boshqaruv hisobining muhim vazifalaridan biri – bu xo‘jalik
yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)
birligining ishlab chiqarish tannarxini aniqlash hisoblanadi. Operativ va
samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini yaratish maqsadida
xarajatlar tarkibi talqin qilingan.
Aynan ishlab chiqarilayotgan (ko‘rsatilayotgan xizmat yoki
bajarilayotgan ish) mahsulot birligi tannarxi boshqaruv qarorlarini
qabul
qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, shu mahsulotning bahosini
belgilash, baho bilan tannarxni solishtirib ko‘rib esa, foyda miqdorini
aniqlash, rentabellik darajasini hisoblash va h.k.z. Shu maqsadda
xarajatlar o‘zgaruvchan, doimiy va yarim o‘zgaruvchanlarga bo‘lib
hisoblanishi samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun imkon
berilgan.
Mavzu doirasida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq
xarajatlarni taqsimlash tizimining boshqaruv hisobini
tashkil qilish va
yuritish uchun juda samarali bo‘lgan ikki asosiy turi mohiyati yoritiladi:
63
1. Mahsulot tannarxini hisoblashning
buyurtmali usuli.
2. Mahsulot birligi tannarxini hisoblashning
jarayonli usuli.
Bu borada asosiy e’tibor hisobni
tashkil qilish texnikasiga,
buxgalteriya yozuvlariga va buxgalteriya-o‘zaro aloqalariga ham
qaratiladi.