Ii bob. Boshqaruv hisobida xarajatlarning o‘rni va ularni boshqarish
Ana shunday mahsulot birligining tannarxini (MB
Download 416.43 Kb. Pdf ko'rish
|
2-bob (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarishi bilan bog‘liq xarajatlari klassifikatsiyasi T.r.
Ana shunday mahsulot birligining tannarxini (MB
T ) quyidagi formula orqali hisoblash mumkin: 2-§. Xarajatlar tarkibi Iqtisodiy adabiyotlarda xarajatlar 18 dan ortiq belgilari va ko‘rsatkichlari bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi (1-jadval). Mahsulotlar tanarxini hisoblashda vujudga keladigan barcha muammolarini tannarxni kalkulatsiya qilishning buyurtmali va jarayonli uslublarini qo‘llab yechish mumkin ! Ishlab chiqarish tannarxi MB T = Tayyor mahsulotlar soni Boshqaruv hisobida tannarxni asosiy bo‘lgan quyidagi obyektlar bo‘yicha taqsimlash lozim: Xarajatlarni taqsimlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi Alohida mahsulot turlari bo‘yicha Alohida bo‘g‘inlar (bo‘limlar bo‘yicha) Xarajatlarni iloji boricha aniq, aynan mahsulot birligiga to‘g‘ri kelgunigacha aniqlash Xarajatlarni, ana shu xarajatlar vujudga kelgan markazlar bo‘yicha yig‘ish 68 1-jadval Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarishi bilan bog‘liq xarajatlari klassifikatsiyasi T.r. Klassifikatsiya belgilari Xarajatlar turi 1 Ishlab-chiqarish jarayonidagi iqtisodiy roliga qarab Asosiy va ikkilamchi 2 Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilishiga qarab To‘g‘ri va egri (bevosita va bilvosita) 3 Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan O‘zgaruvchan va doimiy (Shu kabi jami o‘n sakkizdan ortiq belgilariga qarab klassifikatsiya qilinadi) Xarajatlarning ana shu klassifikatsiyalari belgilari va ularning har birining ahamiyati tegishli adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Xarajatlarning shu vaqtgacha nafaqat nazariyachi olimlar, balki amaliy iqtisodchilar tomonidan ham umum e’tirof etiladigan klassifikatsiya belgilari ichida boshqaruv hisobi uchun alohida ahamiyat kasb etadigani – bu xarajatlarning «doimiy» va «o‘zgaruvchan», deb guruhlanishidir. Ushbu mavzu doirasida boshqaruv qarorlari ta’sirida shartli o‘zgaruvchan xarajatlar qanchalik o‘zgarishi va bunday o‘zgarishlar ijobiy natijalarga olib kelishi uchun ular borasida qanday qilib samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish borasidagi masalalar yechimini topishga harakat qilinadi. Menejmentni o‘rganayotgan barcha rahbarlarning e’tiborini mahsulot hajmi, xarajatlar va foyda ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tahlili doimo tortib kelgan. Bu tahlil natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini qoplash uchun ishlab chiqarish hajmi qancha bo‘lishi lozim degan savolga javob topiladi. Shuningdek, mulk shakli va faoliyat turidan qat’i nazar, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektda ularning butun faoliyat samaradorligi mana shu uchta, bir-biri bilan uzviy bog‘langan ko‘rsatkichlar orqali ifodalanishi ko‘rsatiladi. Shu ko‘rsatkichlar ichida xarajatlarga samarali boshqaruv qarorlari natijasida ta’sir o‘tkazilsa, uning natijasida oxirgi moliyaviy natijalar qanchalik ijobiy bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatishga harakat qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling