5-Mavzu: Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish Reja


Avtomatlashganlik tamoyili


Download 37.84 Kb.
bet8/13
Sana03.11.2023
Hajmi37.84 Kb.
#1744579
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-маъруза (1)

Avtomatlashganlik tamoyili. Bu tamoyil ishlab chiqarish jarayonlarining operatsiyalarini maksimal avtomatik ravishda, ya’ni ishchilarning bevosita katnashmasligi yoki ularning nazorati ostida bajarilishini talab etadi.
Ishlab chiqarish jarayonining ayrim operatsiyalarini yuqori darajada avtomatlashtirish ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirishning dastlabki asosiy sharti bo‘lib, avtomatik potok liniyalarini yaratishga kadar amalga oshirilishi lozim. Bu tamoyil fakat texnologik jarayonlarda ko‘llanilmay, balki ularni texnikaviy tayyorlash, nazorat qilish, tartibga solish, xizmat ko‘rsatish kabi ishlarni bajarishda xam keng ko‘llaniladi.
Sinxronlash tamoyili. Ishlab chiqarish jarayonini sinxronlash fakat uzluksiz ishlab chiqarish xamda ko‘prok avtomatik ishlab chiqarishning xarakterli xususiyatidar. Ishlab chiqarish jarayonini sinxronlash deganda kuyidagilar tushuniladi:

  • operatsiyalarni bajarishga ketgan vaqt sarfi (operativ vaqt)ning teng bo‘lishi;

  • mehnat buyumlarini operatsiyalararo va liniyalararo transportirovka qilish uchun ketgan vaqt sarfining teng bo‘lishi;

  • ish joyiga xizmat ko‘rsatish va ishchilarning dam olishi bo‘yicha operativ ishlardagi tanaffuslarning tengligi;

  • mehnat buyumlarining potokdagi xarakatini tashkil etish paytida operatsiyalar tugashi bilan ularni transportirovka qilishning boshlanadigan vaqtning bir-biriga mos kelishi.

Ushbu to‘rt shartdan xatto bittasiga rioya kilinmasa xam ishlab chiqarish jarayoni ozmi-ko‘pmi sinxronlashmaydi.
Korxonalarni rivojlantirish va joylashtirish masalasining ko‘yilishi va echimi umumiy xolda bitta xisob doirasida kuyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlashga olib keladi:

  • yangi korxonalarning joylashishi;

  • korxonani ixtisoslashtirish va yiriklashtirish ko‘rsatkichlari;

  • tarmoqning rivojlanish sur’ati, shu tarmoq maxsuloti bilan milliy iqtisodiyot talabini qondirish darajasi, xom ashyo, materiallar, butlovchi va tayyor buyumlar etqazib beruvchi xamkorlashgan bog‘lanishlar sxemasi;

      • tarmoqning umumxo‘jalik resurslariga bo‘lgan ehtiyoj xajmi, shu tarmoq uchun xususiy resurs extiyojlari xajmi va boshqa ko‘rsatkichlar.


Download 37.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling