5-mavzu. Korxonalar moliyaviy natijalarini tahlil qilish reja
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-MAVZU. KORXONALAR MOLIYAVIY NATIJALARINI TAHLIL QILISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2. Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug’ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari. Moliyaviy
5-MAVZU. KORXONALAR MOLIYAVIY NATIJALARINI TAHLIL QILISH Reja 5.1. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari. 5.2. Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug’ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularning turlari. 5.3. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natijava uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili. Davr xarajatlarinig tahlili. 5.4. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlar tahlili. Operatsion jarayonlardan olingan daromadlar va yo‘qotishlar tahlili. 5.5. Favqulodda foyda va zararlar tahlili. Sof foyda o‘zgarishining omilli tahlili. 5.6. Rentabellikning ko‘rsatkichlar tizimi. Rentabellikka ta’sir etuvchi omillar tahlili. 5.1.Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari. Xalqaro miqyosda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda ro‘y berayotgan shiddatli o‘zgarishlar bilan bog’liq holda juda ko‘p muammolar yuzaga kelmoqdaki, ularning oqibatlari hech kimga sir emas. Ushbu muammolar tufayli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyatini to‘xtatishi, u yoki bu harakatlarga o‘zgartirishlar kiritishi va boshqa harakatlarni amalga oshirishga to‘g’ri kelmoqda. Atrofimizga nazar solsak, ko‘pincha salbiy oqibatga u ro‘y bergandan so‘ng baho berish, uning sabablarini birma bir sanab o‘tishga majbur bo‘lamiz. Biroq endi bunday tahlilning foydasi yo‘q ekanligi barchamizga ayon. Xo‘sh, buning sababi nimada? Yuqoridagi savolga javob berishda turli sohalarda, jumladan iqtisodiy soha sub’ektlari, ya’ni ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlarda, yoki ta’lim, madaniyat kabi ijtimoiy sohalarda ham tizimli fikrlaydigan, ro‘y berayotgan voqea hodisalarning turli aspektlarini chuqur o‘rgana oladigan va ana shu asosda qaror qabul qila oladigan mutaxassislarning bo‘lishi muhimligini anglab yetamiz. Ana shunday tizimli yondashuv asosida tahlil sohasida uning taraqqiyot yo‘nalishlariga nazar tashlash maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Fan bo‘yicha maxsus adabiyot, xususan, darslik, o‘quv qo‘llanmalar hamda ilmiy maqola va xalqaro, respublika miqyosidagi konferentsiyalarda e’lon qilingan tezislar bilan atroflicha tanishish hamda ularning tahlili asosida aynan rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlab olishga muvaffaq bo‘ldik. Mavzuning nazariy aspektlari ilmiy tahlilini o‘tkazish asosida fanning rivojlanish sohalarini belgilab olish maqsadida biz xorijiy hamda mamlakatimizning yetuk olimlari Bakanov M.I., Sheremet A.D., Savitskaya G.V., Xasanov B.A., Shoalimov A.X., Pardaev M.Q., Shog’iyosov T.Sh. va boshqalar tomonidan yozilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqola hamda tezislardan foydalandik. Iqtisodiy tahlil nazariy hamda amaliy jihatlarini tizimli yondashuv asosida o‘rganish asosida, fanning rivojlanishiga xalqaro va mamlakatimiz miqyosida ro‘y berayotgan iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot o‘z ta’sirini o‘tkazganligini ta’kidlash lozim. Xususan, ishlab chiqarishning texnik hamda texnologik jihatdan modernizatsiya qilinishi, unda qo‘llanilayotgan robotlashtirish va avtomatlashtirishning turli ko‘rinishlari, boshqaruv tizimida axborot kommunikatsion texnologiyalardan tobora ko‘proq va samaraliroq foydalanilishi, strategik boshqaruv ahamiyatining ortishi, shularning barchasining negizida turgan globallashuv jarayonining tobora jadallashuvi fan taraqqiyotiga o‘zining kuchli ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, mamlakatimizda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning aktsionerlik jamiyatlari, sherikchilik asosidagi hamda xususiy mulkchilikka asoslangan uchta – xususiy mulkka asoslangan yakka tartibdagi, sherikchilik asosidagi hamda aktsionerlik jamiyatlari ko‘rinishidagi tashkiliy- huquqiy shakllari tarkib topdi hamda rivojlandi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichida ular iqtisodiy tahlilning asosiy foydalanuvchilari hisoblangani sababli fanning amaliy soha sifatidagi roli bir tomondan oshdi, bir tomondan iqtisodiy tahlil imkoniyatlaridan foydalanishga e’tibor susayganligini tan olishimiz kerak. Bu asosan mulkdorlar, tadbirkorlarning iqtisodiy hamda huquqiy bilimlarining yetarli emasligi bilan bog’liq edi. Biroq bunday holat uzoqqa cho‘zilgani yo‘q. Mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatga tobora faol kirib borishi, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonidagi ishtiroki iqtisodiy tahlilning fan sifatida rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Mamlakatimizda davlat bosh islohotchi ekanligi moddiy ishlab chiqarish sohasining mukammal me’yoriy- huquqiy asoslarining ishlab chiqilishi, chet el investitsiyalarining jalb etilishi, bank va kredit tizimining xalqaro talablar darajasida taraqqiy etishini har tomonlama ta’minladi. Bunday ijobiy o‘zgarishlar, albatta, iqtisodiy tahlilning boshqaruvning samarali vositasi sifatida ma’lum bir darajada siljishiga asos bo‘ldi. Moliyaviy tahlil uslubiyotining tobora takomillashuvi bilan birga ekspress tahlil, SWOT- tahlilning keng tarqalishiga, o‘rganilishi va qo‘llanilishiga olib keldi. Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida esa korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy mablag’lari, xususan, pul oqimlarini samarali boshqarish tahlil hamda menejmentning eng asosiy muammolaridan biriga aylandi. Bozor munosabatlarining tobora rivojlanishi, talab va taklif, iqtisodiyotimizda tobora sezilib borayotgan raqobat muhiti korxonalar rahbarlarining boshqaruv qarorlari qabul qilishda mas’uliyatini yanada oshirdi. Bunday vaziyatlarda xo‘jalik sub’ektlari o‘zining moliyaviy holatini uni yanada mustahkamlash, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini kuchaytirish nuqtai nazaridan baholash ehtiyojini tug’dirdi. Shu bilan birga strategik boshqaruv tizimini joriy etish ehtiyoji iqtisodiy tahlilning strategik vazifalarni hal qilishdagi rolining kuchayishiga sabab bo‘ldi. Shunday qilib, O‘zbekistonda iqtisodiy tahlil rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Moliyaviy tahlil, xususan moliyaviy holat va moliyaviy natijalar tahlili uslubiyotining takomillashuvi. 2. Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasi tahlili uslubiyotlarining rivojlanishi. 3. Moliyaviy hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning sifati tahliliga e’tibor qaratilishi. 4. Strategik iqtisodiy tahlil elementlarining kirib kelishi hamda nazariy jihatdan asoslanishi. 5. Strategik boshqaruv elementi sifatida SWOT-tahlilning amaliyotda qo‘llay boshlanishi. 6. Makroiqtisodiy darajada ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda tizimli tahlilning keng qo‘llanilishi. Yuqoridagi yo‘nalishlar xususida qisqacha sharhlar berishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb hisoblaymiz. Moliyaviy tahlil axborotning ichki foydalanuvchilari bilan bir qatorda korxonalar keyingi faoliyatini belgilashda muhim rolь o‘ynaydigan tashqi foydalanuvchilar ehtiyojlari tufayli shakllandi, rivojlandi va takomillashib bormoqda. Adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, moliyaviy tahlilda urg’u yangidan yangi ko‘rsatkichlar tizimini belgilash, ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni sabab-oqibat bog’lanishlarini o‘rganish hamda ma’lumotlarni umumlashtirish asosida optimal qarorlar qabul qilish pozitsiyasidan chuqurlashib bormoqda. Biroq asosiy e’tibor tashqi foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy tahlil uslubiyotiga qaratilmoqda. Bunda omilli tahlil biroz ikkilamchi tus olib, taqqoslama tahlil asosida istiqbolni baholash birlamchi, deb tan olinmoqda. Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasi tahlili uslubiyotlarining rivojlanishi nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda gorizontal, trend tahlil kabi uslubiyotlarning tobora ko‘proq qo‘llanilayotganida namoyon bo‘lmoqda. Shunisi e’tiborga sazovorki, moliyaviy tahlil va dinamikani o‘rganishda maxsus kompьyuter dasturlaridan foydalanish imkoniyati ishni osonlashtirilishi hisobiga tahlildan unumli foydalanish imkonini yaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasi xududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik yurituvchi subektlar belgilangan tartib, muddat va shakllarda hisobotlar taqdim kilishlari shart. Respublikamizda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar talablari darajasiga yaqinlashtirish va soddalashtirish ustida jiddiy ish olib borilmoqda. Moliyaviy hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subektlarning ma’lum davr ichidagi moliyaviy–xo‘jalik faoliyati natijalari, asosiy vositalari harakati, pul oqimlari to‘g’risidagi va ma’lum sanadagi aktivlari, majburiyatlari va xususiy kapitalining holati haqida axborotlar beradi. Moliyaviy hisobotning maqsadi va vazifalari unda aks ettirilishi lozim bo‘lgan axborotlarning turi, nomi va ko‘lamini belgilab beradi. Moliyaviy hiso- botlardan foydalanuvchilar qarorlar qabul qilishlari uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt haqida quyidagi axborotlarni taqdim etish talab qilinadi: korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari va kapitali; korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari hamda kapitalida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar; korxonaning iqtisodiy holati. Boshqacha hilib aytganda korxonaning moliyaviy holati, hisobot davri uchun moliyaviy natijalari hamda mulkiy holati haqidagi ma’lumotlar moliyaviy hi-sobotda aks ettirilishi kerak. Ushbu ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi- ning «Buxgalteriya hisobi to‘g’risida»gi qonuniga muvofiq quyidagi shakllarda aks ettirish tavsiya etiladi: Buxgalteriya balansi – 1-son; shakl Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobot -2-son; shakl Pul oqimlarining harakati to‘g’risidagi hisobot – 4-son ; shakl Xususiy kapitalning xarakati to‘g’risidagi hisobot -5-son ; shakl Moliyaviy hisobotga ilovalar, hisob-kitoblar va izohlar. Bu moliyaviy hisobotlar O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standartlari asosida ishlab chiqilgan va «Korxonaning hisob siyosati»ga asosan tuzilishi va foydalanuvchilar uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha moliyaviy ax-borotni qamrab olishlari kerak. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling