5-mavzu. Korxonalar moliyaviy natijalarini tahlil qilish reja


Moliyaviy hisobotlarni yoritish


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/34
Sana01.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1074368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
5-MAVZU. KORXONALAR MOLIYAVIY NATIJALARINI TAHLIL QILISH

Moliyaviy hisobotlarni yoritish.Tushuntirish xatlari moliyaviy hisobotlarning 
ajratilmas qismi hisoblanadi. Ular tashqi auditorlar tomonidan tekshiriladi va 
hisobotlar to‘liq bo‘lishi uchun taqdim qilinishi kerak. Tushuntirish xatlari 
hisobotning asosiy matniga kiritilgan va kiritilmagan turli javhalarga keng 
tushuntirish beradi va foydalanuvchilar uchun juda katta ahamiyatga egadirlar. 
Ma’lumotlar hisobotda ko‘rsatilgan raqamlarni foydalanuvchilar tomonidan 
tushunishga yordam beradigan bayonotni o‘zida ifodalaydi. 
Odatda moliyaviy hisobotlarda joylashgan ilk tushuntirish xati hisob 
siyosatining umumiy yorityilishi hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlar tuzishda 
foydalaniladigan siyosatni bilish moliyaviy hisobotning aniq raqamlarini tushunish 
uchun kerakdir. Masalan, firma o‘z TMZlarini baholash uchun FIFO usulini 
ishlatmay AVECO ( yoki LIFO ) usulini ishlatganligini bilsak, TMZ-larning 
qiymatini shuningdek sotilgan mahsulotlarning tannarxini to‘g’ri talqin qilish 


uchun asosga ega bulamiz. Umuman, yoritish daromadni tan olish va xarajatlarni 
joriy va kelgusi davrlarda aktivlarga taqsimlashga tegishli tamoyillari nisbatan 
muhim xulosalar qilishni talab qiladi. Agar aniqroq aytadigan bo‘ladigan bo‘lsak, 
yoritish o‘z ichida quyidagi masalalarga tegishli bo‘lgan buxgalteriya hisobi 
usullari va tamoyillari o‘z ichiga oladi: 
mavjud bo‘lgan ma’qul o‘zga usullarni tanlash; 
ushbu soha uchun muhim bo‘lgan tamoyil va usullarni qo‘llash. 
Turli kompaniyalar o‘z hisob siyosatining muhim qismlarida turli mod-
dalarni aks ettiradilar. Moliyaviy hisobotda ko‘rsatilgan summalarni tushun-tirish 
zarur bo‘lgan va foydanuvchiga muhim bo‘lgan barcha siyosat turlarini yori-tishi 
zarur. Ulardan tashqari keltiriladigan moliyaviy hisobotlarni yoritishlar quyidagi 
vazifalarni bajarishlari kerak: 
tafsilotlarni tushuntirish; 
operatsiyalarni izoxlash; 
hisobotlarda aks ettirilmagan moddalarga tushuntirish; 
yangi ma’lumotlarni keltirish; 
boshqa zaruriy izoxlar. 
Tafsilotlarni tushuntirish - moliyaviy hisobotning yuzaki qismiga kiritilgan 
bo‘lsa chalkashmovchilik kelib chiqishi mumkin, bu esa hisobotning tushunar-
liligini pasaytiradi. Shuning uchun ham olinadigan hisobvaraqlar, TMZ, asosiy 
vositalar, qarz majburiyatlari, aktsionerlik kapitaliga nisbatan tafsilotlar ko‘pincha 
tushuntirish xatlarida yoritiladi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling