5-mavzu: Maktab psixologning professional sifatlari


Maktab psixologiga qo‘yiladigan talablar


Download 39.52 Kb.
bet2/3
Sana20.07.2023
Hajmi39.52 Kb.
#1661335
1   2   3
Bog'liq
yUfsEi4x0laam40mnhOwrDq9fZfpsHoJ99U1ng0S

Maktab psixologiga qo‘yiladigan talablar
Maslahat berish ishlari-amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo‘lishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar ko‘pincha psixologga quyidagi muammolar bo‘yicha murojaat qiladilar: turli fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar, bolalarning o‘qiy olmasligi va istamasligi, guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta’sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari oila muloqoti va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo‘llari, o‘quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo‘llari, o‘quvchilar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish.
Psixologik maslahat xizmati amaliyotida ko‘pincha psixolog-maslahatchining boshqa mutaxassislar - psixolog, shifokor, huquqshunos pedagoglar psixologik maslahat xizmatida ishlovchi boshqa insonlar bilan axborot almashinuv, kasbiy muloqot zaruriyati tufayli o‘zaro aloqada bo‘ladilar. Bunday muloqot zaruriyatini ta’minlovchi turli hayotiy vaziyatlarni quyidagicha ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. Psixolog-maslahatchining mijoz bilan ishlash davrida shunday muammolar uchraydiki, ularni hal etish zarur bo‘lsa-da, mustaqil hal eta oimaydi. Bu masalan, tibbiy psixologik, sud-psixologik ekspertizalar o‘tkazishda psixolog aniq soha mutaxassislari bilan hamkorlikda muammo bo‘yicha muhokama yuritilib, hal etiladi.

  2. Psixolog-maslahatchi o‘zi mustaqil hal eta oladigan muammolar ustida ishlaydi, biroq to‘g‘ri qaror qabul qilishi uchun boshqa soha bo‘yicha bilimlarga ehtiyoj sezadi.

  3. Psixolog-maslahatchi boshqa soha mutaxassislari bilan ko‘p sohali ekspertlar hay'atida ishtirok etadi, masalan, psixologik-pedagogik hay'ati ishida kerakli mutaxassislar bilan birgalikda u murakkab kompleks muammolarni hal etadi.

  4. Psixolog o‘zi yaxshi bilmaydigan, lekin u baribir psixologik maslahatlar mavjud amaliyotga taalluqli bo‘lgan sohada maslahatchi bo‘lib ishlay boshlaganida, misol uchun maktabdagi psixolog iqtisodiyot va siyosat sohasida maslahatlar bera boshlaganida hamkorlik zarur bo‘ladi.

  5. Psixolog-maslahatchiga 1, 2, 3 punktlarda ko‘rsatilgan muammolar sababli o‘zlari biroz bo‘lsa ham psixologik bilimlarga ega bo‘shlari kerak bo‘lgan boshqa soha mutaxassislari bilan munosabatda bo‘lganlarida, psixolog-maslahatchi ularning har birida qanday yo‘l tutishi kerakligini aniqroq bilib olish uchun, bu holatlardan harbirini chuqurroq ko‘rib chiqamiz.

1-holat. Bu holatlarning birinchi odatiy varianti psixologik maslahatlar davomida juda ko‘p uchraydi, chunki psixolog-maslahatchiga xususan, psixologik yordamdan tashqari maxsus yordam, masalan, tibbiy, yuridik, pedagogik yordam talab etiladigan odamlar murojaat etadigan holatlar juda ko‘p uchraydi. Tibbiy yordam odatda, mijoz murojaat etib kelgan maslahat uning sog‘lig‘i umumiy holati bilan bog‘liq bo‘lganida zarur bo‘ladi. Bu muammoni hal etish uchun tibbiy tashxisni to‘g‘ri qo‘yish, uni belgilash va davolash kursini o‘tkazish zarur. Yuridik yordam mijozning muammosini hal etish huquqiy masalalar bilan bog‘liq bo‘lganida zarur bo‘ladi.
Ushbu holatning ikkilamchi odatiy varianti - bu qabul qilinayotgan qaror ma’luni huquqiy asos bilan ta’minlanishi kerak bo‘lganida, ekspertiza o‘tkazilishidan iborat. Barcha bunday holatlarda psixolog-maslahatchining vazifasi mijozga kerakli ко'так yoki uning qonuniy huquqini himoya qilishda yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi. Bu ish esa o‘z navbatida turli usullarda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi usul mijozning roziligi bilan psixolog-maslahatchi mutaxassis psixologlar bilan gaplashadi va mijozga u bilan ishlash natijalari to‘g‘risida xabar berishdan iborat.
Ikkinchi usuli psixolog-maslahatchi mijozning ruxsati bilan birgalikda mijozga maslahat berish uchun boshqa bir mutaxassisni taklif etishidan iborat. Mumkin bo‘lgan uchinchi usul ushbu masalani hal etish uchun mijozni kerakli mutaxassisga yuborish va mijoz psixologsiz mutaxassisdan maslahat olishidan iborat.
2-holat. Psixolog-maslahatchi o‘z shaxsiy tajribasiga tayanib, mijozga malakali yordam ko‘rsata olishi uchun qo‘shimcha bilimlar va malakalarga muhtoj ekanligini anglab yetadi. Shundan keyin u kerakli sohada o‘zini kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi.
Psixolog-maslahatchi uchun yangi hisoblangan kasb sohasida uning egallayotgan bilim va malakalarini psixolog ulardan mijozlar bilan ishlashda foydalanishidan oldin ushbu sohaning malakali mutaxassisi baholashi ma’qul hisoblanadi. Psixolog-maslahatchining faoliyati yangi sohada mumkin bo‘lgan xatolarini iloji boricha kamaytirish uchun, bu ishni albatta, amalga oshirish zarur. Amaliy maslahatchilik ishlari yangi sohasida malakasini oshirgandan keyin psixolog-maslahatchi uning kasbiy mahorati darajasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat-sertifikat olishi eng yaxshi holat deb hisoblash mumkin.
3-hoIat. Ushbu holatda psixolog-maslahatchi kasbi doirasidan chiqadigan, lekin shunga qaramay boshqa mutaxassislar bilan o‘zaro munosabatlar yordamida ularni yaxshi tushuna oladigan muammolarni psixolog-maslahatchi mustaqil hal etishiga zarurat yo‘q bo‘ladi. Agarda psixolog-maslahatchi aralash kasblar komissiyalari ishlarida ancha ko‘p ishiashiga to‘g‘ri kelsa, unda ular bilan o‘zaro munosabatlar tajribasi to‘planib hamkasblari bilan bir-birini tushunishga ancha tez erishiladi. Biroq muntazam bir-birlariga o‘rgatib, o‘zining kasbiy malakasi masalalari bo‘yicha bir-biriga komissiya a’zolari axborotlar berib borishlari hisobiga bu jarayonni tezlashtirish mumkin. Mana shu maqsadlarda komissiyaning har bir a’zosi mustaqil qaror qabul qilganida uni ish bo‘yicha hamkasblariga to‘la tushuntirib berishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
4-holat. Ushbu holatda psixolog-maslahatchi uchun yagona bir oqilona va to‘g‘ri yo‘l — mijozlarga ko‘pincha maslahat berishga to‘g‘ri keladigan sohada bilimlarga ega bo‘lish yo‘lidir. Birinchisi o‘zi uchun yangi bo‘lgan bilimlar va amaliyot sohasida qo‘shimcha, kasbiy bilim olishga harakat qilib ko‘risbdan iborat. Bunday yo‘l to‘g‘ri bo‘ladi va oqibatda, kerakli sohada ancha yuqori darajada kasbiy malakasini oshirishni ta’minlashi mumkin. Lekin bu yo‘l juda uzoq izlanish va katta mehnat talab qiladi. Ikkinchi yo‘li o‘z malakasini oshirish uchun masalan, kerakli adabiyotlarni o‘qish, kerakli sohada kasb egalari guruhlarida ishlash, ularning faoliyatini kuzatish va ularga taqlid qilish orqali mustaqil harakat qilib turishi mumkin.
5-holat. Bu yerda vaziyat psixolog-maslahatchi, maslahatchi rolida emas, balki boshqa mutaxassislar uchun psixologiya o‘qituvchisi rolida ishtirok etishiga to‘g‘ri keladi. Ba’zan psixologik maslahat amaiiyotida alohida mutaxassislar bilan emas, baiki kasb guruhlari va tashkilotlari bilan, masalan, tibbiyot, yuridik va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish zaruriyati yuzaga keladi. Mutaxassislarning aloqalari, munosabathiri umumiy qoidalari bu yerda yuqorida, ko‘rsatib o‘tilgandek bo‘ladi. Lekin tashkilotlar darajasidagi o‘zaro aloqalar alohida mutaxassislar o‘rtasidagi munosabatlardan tashkiliy mazmunda ancha murakkabroq. Bu o‘zaro munosabatlar belgilab olingan, oldindan puxta ishlab chiqilgan reja bo‘yicha amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Download 39.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling