5-mavzu: Maktab psixologning professional sifatlari


Download 39.52 Kb.
bet1/3
Sana20.07.2023
Hajmi39.52 Kb.
#1661335
  1   2   3
Bog'liq
yUfsEi4x0laam40mnhOwrDq9fZfpsHoJ99U1ng0S


5-mavzu: Maktab psixologning professional sifatlari
Reja:

  1. Psixologik maslahat berish prinsiplari.

  2. Maktab psixologiga qoyiladigan talablar.

  3. Samarali psixolog-konsultantning sifatlari.

Psixologik maslaxat ishlarini olib borishda bir-biriga yaqin bo‘lgan 4 ta tushuncha ajratiladi: psixoterapiya, psixokorreksiya, shifokorsiz psixoterapiya, psixologik maslaxat berish;


Maslaxatlashish – bu qandaydir savol yuzasidan mutaxassis bilan maslaxatlashishdir.
Maslaxat esa – bu kimgadir nima qilish kerakligi haqidagi fikrdir. Psixologik maslaxat berish psixoterapiyadan shu sababli farq qiladi. Maslaxat berish ko‘proq shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq.
Maslaxat beruvchi psixologning asosiy vazifasi mijoz muammolarini chetdan kuzatish va anglanmagan, nazorat qilinmaydigan qiyinchilik manbalarini muhokama qilishga yordam berishdan iboratdir. Bu ham psixologik ta’sir, biroq juda yumshoq ta’sir. Maslaxat berish shuningdek, qisqa muddatliligi (1tadan 5- 6 tagacha uchrashuvlar) bilan farqlanadi. Ba’zi mualliflar maslaxat berishni psixoterapevtik yordam berishning dastlabki bosqichi deb hisoblashadi. Demak, shuni aytish mumkinki, psixologik ko‘makning turli ko‘rinishlari extimol bir jarayonning har xil bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin.
Bu jarayon ba’zi shartli tushunchalar ya’ni yaxshi me’yor ( normal sog‘lom inson), chegaraviy me’yor (ruhiyatdagi boshlang‘ich chekinishlar), kasallik (patologik psixik holatlar)ni kiritamiz va ularga psixologik ko‘mak ko‘rinishlarida ish olib borish mumkin.
Psixologning psixologik targ‘ibot va profilaktikaga qaratilgan faoliyatidan so‘ng o‘z muammo yoki xatosini anglagan holda psixologik maslaxat uchun o‘zlari yoki kimningdir tavsiyasi bo‘yicha murojaat eta boshlaydilar. Maslaxat ishlari maktab psixologining asosiy ish turlaridan biri bo‘lib, psixologdan chuqur nazariy bilim va amaliy tajriba talab qiladi.
Psixologik maslaxat maqsadiga ko‘ra quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) maslaxat yoki tavsiya berish;
b) diagnoz (tashxis) qo‘yish;
v) ta’sir etish.
Maslaxatlar alohida guruhlar uchun va individual ko‘rinishda bo‘ladi. Vaziyatga qarab psixolog o‘z maslaxatini yuzma-yuz yoki anonim (ishonch telefoni) tarzda o‘tkazishi mumkin.
Psixolog maslaxatining ruhiy ko‘rinishda u o‘z suxbatdoshiga nisbatan samimiy va e’tiborli munosabatda bo‘lishi, begonaning tashvishiga sherik bo‘la olishi muammoni oson hal etilishining garovidir.
Hozirgi paytda yangi pedagogik va axborot texnikaviy qonuniyatlar asosida pedagog olimlarimiz maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishning turli shakl va metodlarini ishlab chiqish yo‘nalishida tegishli tadqiqotlarni olib bormoqdalar.
Psixologik maslaxat faoliyati o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini diagnostika qilishga, ta’lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlashgina qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yo‘qotish va oldini olishga qaratiladi. Bunday psixologning aniqlangan chetlashishlarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi.
Psixologik maslaxat faoliyatini bolalar, yosh va pedagogik psixologiya, psixokorreksiya, psixologik maslaxat sohasida umumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik maslaxatga jalb qilingan pedagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim.
Psixolog maslaxat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi:
1. Bolalar, o‘qituvchilar, talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma’muriyat /direktor, rektor, mudir/ o‘qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari, xodimlariga aniq yaqqol, maslaxatlar berish.
2. Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslaxatlar uyushtirish.
3. Ma’muriyatga, bolalar, o‘quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo‘yicha bolalar, o‘quvchilar, talabalarning psixik o‘sishi hususiyatlariga oid ma’lumot berishi, o‘g‘il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g‘amxo‘rlik va vasiylik to‘g‘risidagi qabul qilgan qarorga munosabati, shaxs taqdirini xal qilishda qatnashishi va maslaxatli fikr berishi lozim.
4. Ota onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o‘zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo‘yicha ilmiy-amaliy maslaxatlar beradi.
5. Yangi tipdagi maktablarga o‘rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, akademik listey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to‘g‘risida ilmiy – amaliy xususiyatga molik maslaxat ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, ixtisoslikka yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissisiyasida maslaxatchi sifatida ishtirok etish.
Mazkur ishlar o‘quvchilarni maktab, kollej va listeylarda o‘qitish davomida psixologik – pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo‘ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda o‘tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi.
Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o‘quvchilar, maxsus maktab, o‘quvchilarini, akdemik listey va kasb xunar kollejlari, oliy o‘quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi. O‘quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxsga xos hislatlari, irodaviy sifatlari, his – tuyg‘ulari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyati, intelektual darajasini tekshiradi.



Download 39.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling