5-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun syujet-rolli o‘yinlarni loyihalashtirish. Reja
Download 21.47 Kb.
|
MT Loyihalashtirish 5-mavzu (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish markazi
5-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun syujet-rolli o‘yinlarni loyihalashtirish. Reja: 1.Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlantiruvchi syujet-rolli o‘yinlar va drammalashtrish markazi faoliyati haqida tushuncha. 2.Syujet-rolli o‘yinlar turlari. 3.Saxnalashtirishga rahbarlik qilish. Tayanch tushunchalar: Rolli o’yinlar, sahna, mashg’ulot, musiqa, raqs, rahbar, teatr, o’yinchoq, qo’g’irchoq, ertak, hikoya 1.Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlantiruvchi syujet-rolli o‘yinlar va drammalashtrish markazi faoliyati haqida tushuncha. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o‘z bilimini mustaqil ravishda to‘ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o‘rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish markazi Bolalarda haqiqiy hayotdan olingan kichik parcha ko‘rinishlarini o‘ynashga xoxish-istak uyg‘otish uchun albatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar bo‘lishi zarur. Bular ularda atrofda nimalar sodir bo‘layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda o‘z o‘rinlarini tushunib yetishlariga yordam beradi. Bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgan kunda ularning o‘yinlari faqat oilaviy turmushdagi voqealarni aks ettirsa, mashg‘ulotlarda bilim olish, sayrga chiqish, tabiatni kuzatish natijasida o‘yinlarning turlari ko‘payib, bog‘cha, hayvonot bog‘i, oshxona, poyezd, sartaroshlik, sotuvchilik kabi syujetli-rolli o‘yinlar dramalashtirish markazida olib boriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning barcha o‘yinlari o‘zining mazmuni, xususiyati va tashkil etilishiga ko‘ra ikki katta turkumga bo‘linadi: 1.Ijodiy o‘yinlarda bolalarning tevarak atrofdan olgan taassurotlari aks etadi. Bunday o‘yinlar mustaqil o‘yin bo‘lib, uning mazmunini ishtirokchilarning o‘zlari o‘ylab topadilar. Bu o‘yinda bolaning erkinligi, mustaqilligi, tashkilotchiligi va ijodkorlik qobiliyatlari to‘la namoyon bo‘ladi. O‘yinda hayotiy taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab, o‘yinga tatbiq etiladi. 2. Syujetli-rolli o‘yinlar o‘z xususiyatiga ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Rolli o‘yinlar bolalarning kuzatuvchanligi, qiziquvchanligini oshirib, bilish doirasini rivojlantiradi. Bola o‘z o‘yinida borliqni aks ettirib olgan rolining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. “Bolalar bog‘chasi”, “Maktab” kabi o‘yinlar bolalarda do‘stlik, o‘rtoqlik, burch hissi, jamoatchilik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. Bolaning o`sishi va har tomonlama rivojlanib borishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi ashy ova buyumlar orqali anglab, undan o`zicha ma`no topishiga intilishi, qiziqishi va hissiyotlarining rivojlanishini ular o`ynayotgan o`yinlari orqali kuzatish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bola uchun bu - hissiy boyitilgan va idrok etilgan tarzda o`rganish uchun ideal sahnadir. Sahna o`yini bolani har jihatdan rivojlantiradi. Zero, maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar hayotda ko`rgan voqea-hodisalarni kishilarga taqlid qilib o`ynaydilar.Bolalar kishilarga taqlid qilish orqali real hayotiy muammolarni hal etishga o’rganadilar. O`z kechinmalarini takrorlaydilar, qayta o`ynaydilar va jonlantiradilar.Shu tariqa, sahna o`yini bolaning boshqalar bilan o`zaro hamkorlik qilishga qobil bo`lgan shaxs darajasiga o`sib rivojlanishiga ko`mak beradi. Sahnalashtirilgan o`yinlarning ahamiyatli tomonlaridan biri shundaki, ular orqali bola badiiy obrazni idrok qila bilishni o`rganadi, personajlar hatti-harakatini kuzatish qobiliyatini rivojlanib boradi. Musiqiy, so`z, ko`rish obrazlaridan foydalangan holda zarur bo`lgan ruhiy sifatlarini (idrok qilish, tassavur qilish, diqqat, tafakkur), ijrochilik ko`nikmalarini (rolga kirish, tasavvurdagi muhitda harakatlanish ko`nikmasi) va sezgilari (mushak va hissiy) rivojlanish uchun sahna mashqlari o`tkaziladi. Badiiy asarlar bo`yicha oddiy parchalarni sahnalashtirishda bola obrazni aks ettirish uchun unga ma`lum ifoda vositalari (ohang, yuz-harakati,imo-ishora)o`rgatiladi. Har bir bola rol o`ynayotganda avvalo asar qahramoning his tuyg`u holatini sezishi va tushunishi, boshqa personajlar bilan rolni munosabatga kirishishida o`zini tutishi qobiliyatlarini shakllantirishi lozim. Teatrlashtirilgan o`yinlarda obrazli o`yinchoqlardan, loydan, pape-mashe, plastilindan mustaqil yasalgan o`yinchoqlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sahnalashtirilgan har qanday o`yin asosida bolaning bilish jarayonida irodaviy – hissiy xususiyati badiiy asardagi go`zallikni his qilish ko`nikmasini to`g`ri shakllantirib borishga alohida e`tibor qaratish kerak. Masalan, tarbiyachi bolalarga o`qib ertak kitobcha syujetini o`z so`zlari bilan hikoya qilgan holda, sahna ssenariysini tuzadilar, unga mos qo`g`irchoqlarni tanlab, ishtirokchilar o`rtasida muhokama qilib, rollarni bo`lib olishadi. Syujetni rollarga kirib, ravon va ifodali qilib aytishi kerak. Syujetdagi qo`g`irchoqlar hatti-harakatini o`zlashtirishi har bir imo-ishora va mimikasini ko`rsata bilishi kerak. Rollarni ketma-ketlikda bajarish; qo`irchoqlarning birin-ketin chiqishini namoyish etish. Sahna o`yini jarayonida bola bir xodisa bilan boshqasini bog`lashi, g`oyalarni sinab ko`rishi, xatolarini tuzatishi, rejalar tuzishi, uni amalga oshirish ularning aqliy rivojlanishiga olib keladi. Download 21.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling