5-mavzu. Matematikaning boshlang‘ich kursida ma’lumotlar (jadval, sxema, diagrammalar) bilan


Jadvaldagi ma’lumotlarni yozish va o‘qish


Download 63.69 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi63.69 Kb.
#1494433
1   2   3   4   5
Bog'liq
grafik

Jadvaldagi ma’lumotlarni yozish va o‘qish


Jadvaldagi ma‟lumotlarni o„qish va ularga ma‟lumot yozish matematika kursining asosiy qismi bilan uyg„unlashgan.
Matematikaning birinchi darslaridan boshlab, bolalar ob‟ektlarni sanashni o„rganadilar, ya‟ni to„plamdagi predmatlar sonini aniqlaydilar.
Matematika kursini o„rganish natijasida boshlang„ich sinf o„quvchilari jadval va diagrammalar bilan ishlash jarayonida matematik faoliyat uchun muhim bo„lgan ko„nikmalarni egallaydilar. Bunda o„quvchilar ma‟lumotlar: jadval va diagrammalardan kerakli ma‟lumotlarni ajratib olishni, tayyor shakllarni to„ldirishni, ma‟lumotlarni tushuntirishni, solishtirishni va umumlashtirishni, xulosalar va tahminlarni tuzishni o„rgana oladi.
Ikkinchi sinfda bolalar jadval va diagrammalar bilan ishlashni davom ettirishlari lozim. Ular matnli ma‟lumotlarni sxema, grafik, chizma va belgi-ramziy modellar ko„rinishida ifodalaydi. Belgi-ramziy modellar (sonli ifodalar, tenglik, tengsizlik) diagrammadagi tasvirlari bilan qanday bog„liqlik borligini va har bir Ma‟lumot nimani anglatishini tushuntirib beradi. Ma‟lumotga mos keladigan sxema tanlaydi va uni tuzadi. Darsliklarda siz vazifalarni topishingiz mumkin: "Jadvaldagi ma‟lumotlardan foydalanib, savollarga javob bering", "Sxema asosida masala tuzing" va boshqalar.

  1. sinfda jadvallar va sxemalar bilan ishlashga diagrammalar bilan ishlash qo'shiladi. O„quvchilar: matn va ustunli diagrammadagi ma‟lumotlarni o„qish, solishtirish, og'zaki va grafik tarzda taqdim etilgan ma‟lumotdan bir xilini tanib olish, topshiriq savollariga javob berishda berilgan ma‟lumotlardan foydalanishni o„rganadilar.

  2. sinf o„quvchilari matnli ma‟lumotlarni modellashtiradi (jadvallar, sxemalar, belgi-ramziy modellar, diagrammalar); mavzuga oid vaziyatlarini tahlil qilish, masala matnidagi ma‟lumotlarni jadval, sxema yoki chizma shaklida tasvirlay oladi.

To„plam elementlarini sanashni boshlash uchun, bolalar avval uni ko„rishni, va ularni farqlay olishni o„rganishlari kerak.
Shuning uchun o„quvchilarga predmetlarni guruhlashni va ularni nomlashni o„rgatish, ya‟ni umumiy xususiyatlarga ko„ra buyumlar (qizil buyumlar, katta, shisha va boshqalar) haqidagi ma‟lumotlarni tasniflashni o„rgatish lozim.
Ma‟lumotni yozishning eng qulay va aniq shakllaridan biri jadval bo„lib, uning har birida satr yoki ustuniga xususiyatlari (belgilari) o„xshash bo„lgan predmetlar joylanadi.
Jadvallar kundalik hayot va barcha fan sohalarida keng qo'llaniladi, shuning uchun o„quvchiga jadvaldan foydalanishni (ma‟lumotni o„qish va yozish) o„rgatish juda muhimdir. Buning uchun birinchi navbatda o„quvchiga jadval satr va ustunlardan iborat ekanligini aytish va sodda jadvallarlarga ma‟lumot qanday yozilishini ko„rsatib berish lozim.
Masalan. Imron uy ko„rinishidagi jadvalni chizdi. Unda qanday shakllar bor? Har bir "qavatga" qanday shakllar chizilgan? Har bir "binoga kirish" (podyezd) da- chi?
Bu topshiriqda uy ko„rinishida jadval berilgan, bolalar jadvalning satrlari va ustunlarini ajratishni o„rganadilar. O„quvchilar ma‟lumotlarni idrok qilish qulayligi uchun "qavat" va "binoga kirish" deb nomlanadi. O„quvchilar jadvalning satr va ustunlardagi shakllar tuzilishidagi ketma-ketlik qoidasini aniqlaydilar. Chiziqlar bilan chizilgan shakllarni ajratib ko„rsatadilar. Har bir "binoga kirish"da umumiy o„xshashlikka ega bo„lgan – shakllarni, har bir "qavat" da umumiy o„xshashlikka ega bo„lgan – ranglarni ajratadilar. Shunday qilib, bolalar sodda jadvaldagi ma‟lumotlarni o„qishni o„rganadilar.
Keyingi bosqichda ma‟lumotni jadvalga yozish vazifasi topshiriladi.
Masalan: Bexruzning chizgan rasmini ko„rib chiqing. Uy ko„rinishidagi jadvalning har bir “xona”siga qanday shakllarni chizib chiqishi kerak?
Keyingi o„rinda, o„quvchilarga jadval va grafik ko„rinishida berilgan ma‟lumotlarni o„qish va yozish uchun vazifalar taklif qilish tavsiya etiladi.
Birinchi sinfda o„quvchilar elementlarning soni bo„yicha kichik guruhlar (to'plamlar)ni taqqoslab, "ko„p", "kam", "teng", "bir xil" tushunchalari bilan tanishadilar.
Ma‟lumki, bu tushunchalar orasidagi bog„liqlikni aniqlashni osonlashtirish uchun ularni juftlarini topish tavsiya etiladi.
Masalan: Og„zaki

  • Rasmlardagi predmetlar sonini solishtiring.

  • Qaysi rasmda predmetlar soni tengligini aytib bering.

  • Predmetlar qaysi rasmda ko„proq, qaysi rasmda kamroqligini aytib bering.

O„quvchilar ma‟lumotlar bilan tanishishining keyingi bosqichi quyidagi tartibda davom etishi mumkin:

  • chiziqli (doiraviy, ustunli) diagrammalar yordamida ko„rsatilgan ma‟lumotlarni o„qish;

  • matn asosida berilgan ma‟lumotlarni jadvalga yozish bilan bog'liq vazifalarni bajarish;

  • ma‟lumotlarni to'plash haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish.

Download 63.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling