5-mavzu. Matematikaning boshlang‘ich kursida ma’lumotlar (jadval, sxema, diagrammalar) bilan
Download 63.69 Kb.
|
grafik
- Bu sahifa navigatsiya:
- MATEMATIKADAN MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASHNING MAZMUN-MOHIYATI.
5-mavzu. MATEMATIKANING BOSHLANG‘ICH KURSIDA MA’LUMOTLAR (JADVAL, SXEMA, DIAGRAMMALAR) BILANISHLASHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI. REJAMatematikadan Ma‟lumotlar bilan ishlashning mazmun-mohiyati. Matematikadan Ma‟lumotlar bilan ishlashning asosiy yo„nalishlari. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Ma‟lumotlar, sxema, diagramma, jadval, tizimlashtirish, solishtirish, tahlil qilish, talqin qilish, o„zgartirish, umumlashtirish. MATEMATIKADAN MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASHNING MAZMUN-MOHIYATI.Nega bolalar boshlang„ich maktabda yaxshi o„qishadi? O„quv natijalari bolaning o„qishga bo„lgan ehtiyojni anglashiga bog„liq. Buyuk olimlarimiz: «O„quvchi muvaffaqiyatining sababi oddiy: siz bolaga ishonishingiz zarur va unga eng qulay, oz fursatda ham gapirishga imkon berishingiz kerak, shunda bolaga baho berish qo„rquvi, begonalashtirish va qoralash qo„rquvi bo„lmaydi. Ikkinchidan, o„qituvchi hamma narsani juda aniq tushuntirishi kerak» - deb ta‟kidlashgan. Boshlang„ich maktab bitiruvchilari mutlaqo barcha fanlarni o„rganish jarayonida ma‟lumotlar bilan ishlashning asosiy ko„nikmalariga ega bo„lishlari kerak. Ma‟lumotlar bilan ishlashning asosiy ko„nikmalariga quyidagilar kiradi: axborot qidirish, kerakli ma‟lumotlarni ajratib olish va uni qayta ishlash, axborotni tizimlashtirish, solishtirish, tahlil qilish va umumlashtirish, uni talqin qilish va o„zgartirishdir. Ma‟lumotlar bilan ishlash ko„nikmalarini shakllantirish uchun o„quv va uslubiy dasturlar shunday tuzilgan bo„lishi kerakki, o„quvchi maktabning birinchi kunlaridanoq doimo quyidagi talablarga duch kelsin: ma‟lumotlarni o„qish va yozib olish; ma‟lumotni tushunish va uni o„zgartira olish; ta‟lim faoliyatida ma‟lumotlarni qo„llash; olingan ma‟lumotlarga tanqidiy munosabatda bo„lish, uning ishonchliligi darajasini baholash. "Ma‟lumotlar bilan ishlash", matematikaning barcha bo„limlari mazmuniga singdirilgan bo„lib boshlang„ich sinf bitiruvchisi: murakkab bo„lmagan jadvallarni o„qiy oladi; murakkab bo„lmagan jadvallarni to„ldira oladi; murakkab bo„lmagan diagrammalarni o„qiy oladi. Boshlang„ich sinf bitiruvchisi quyidagilarni o‘rganish imkoniyatiga ega: sodda doiraviy diagrammalarni o„qiy oladi; murakkab bo„lmagan ustunli diagrammani tuzishni yakunlay oladi; murakkab bo„lmagan jadval, diagrammalarning satr va ustunlarida keltirilgan Ma‟lumotlarni solishtira va umumlashtira oladi; turli tarzda (jadval va diagrammalar) keltirilgan bir xil ma‟lumotlarni taniy oladi; murakkab bo„lmagan tadqiqotlarni rejalashtira oladi, olingan ma‟lumotlarni to„plash va ularni jadval va diagrammalar yordamida taqdim eta oladi; murakkab bo„lmagan tadqiqotlarni amalga oshirish jarayonida olingan ma‟lumotlarni izohlay oladi (ma‟lumotlarni tushuntirish, solishtirish va umumlashtirish, xulosalar chiqarish). Download 63.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling