Matritsaviy struktura bo’yicha boshqarish ancha murakkab bo’lib, u mahsuloti nisbatan qisqa "umr" ko’radigan va tez-tez o’zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo’llaniladi5. Bu struktura korxonada gorizontal aloqalarni yo’lga qo’yishga va ularni murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan kompьyuterlar yordamida bog’lashga, texnika sohasida yuqori malakali xizmat ko’rsatishga va ekspertizani ta’minlashga qaratilgan.
Ushbu strukturani “To’r” ko’rinishida tasavvur etish mumkin. U ikki turdagi strukturaning, ya’ni:
• funktsional struktura;
• mahsulot buyicha strukturalar kombinatsiyasini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |