Referat Kofermentlar struktura-fiziologik va funktsional (katalitik) xossalariga kora tasniflash ancha qulay hisoblanadi. Struktura-fiziologik tasniflashda bir vaqtda kofermentlarning kelib chiqishi va kimyoviy tuzilishi hisobga olinadi
Download 29 Kb.
|
Referat Kofermentlar struktura-fiziologik va funktsional (katali
Xulosa qilib aytganda, fermentlar ta'sirida ketadigan reaksiyalar katalitik jarayonlarning kechish qonuniyatlari asosida o`tadi. Enzimatikreaksiya uchun zarur bo`lgan faollanish energiyasini fermentlar kam talab qiladi. Kataliz haqidagi tushunchaga binoan, molekulalar reaksiyaga kirishishi uchun "faollanish holati" deb ataluvchi konfiguratsiya davrini o`tishi lozim. Faollanish energiyasi molekulalarning yaqinlashishi va reaksiyaga kirishuviga to`sqinlik qilib turadigan kuchlarni (energetik to`siqni) yengish uchun zarur. KOFERMENTLAR TUZULISHI. Referat Kofermentlar struktura-fiziologik va funktsional (katalitik) xossalariga kora tasniflash ancha qulay hisoblanadi. Struktura-fiziologik tasniflashda bir vaqtda kofermentlarning kelib chiqishi va kimyoviy tuzilishi hisobga olinadi: I. Vitaminli kofermentlar: 1.Tiaminli (TMF, TDF, TTF) 2.Flavinli (FMN, FAD) 3.Pantotenatli (KoA, defosfo-KoA, 4-fosfopantotenat) 4.Nikotinamidli (NAD, NADF) 5.Piridoksinli (PALF, PAMF) 6.Folat kislotali (TGFK) 7.Kobamidli (metilkobalamin, dezoksiadenozilkobalamin) 8.Biotinli (karboksibiotin) 9.Lipoat kislotali (qaytarilgan va oksidlangan lipoamid) 10.Xinonli (ubixinon, plastoxinon) 11.Karnitinli. Vitaminlarning ba’zilari ozgarmagan holda, ikkinchilari ma’lum modifikatsiyaga uchragan (kopincha fosfat kislota faollangan), uchinchilari esa boshqa komponentlar bilan birikkan holda enzimning faol guruhini tashkil etadi. Yuqorida keltirilgan vitaminlarning barchasi suvda eriydigan vitaminlar qatoriga kiradi. Ammo yogda eriydigan vitaminlar (A,D,E,K) ning kofaktorlik vazifalari hozircha aniqlangani yoq. II. Vitamin bolmagan kofermentlar: 1.Nukleotidli (UDF-glyukoza, uglevod va spirtlarning nukleotidli boshqa hosilalari) 2.Monosaxaridlar fosfatlari (glyukozo-1,6-difosfat, 2,3-difosfoglitserat). 3.Metalloporfirinli (gemlar, xlorofillar) 4.Peptidli (glutation) Birinchi guruh kofermentlari hosil bolishida vitaminlar boshlangich modda bolganligi sababli ovqat bilan ular yetarli miqdorda qabul qilinmasa, bu kofermentlarning sinteziga ta’sir qilishi natijasida ularga togri keladigan murakkab fermentlarning ham vazifasi buziladi. Ikkinchi guruh kofermentlari modda almashinuvining oraliq mahsulotlari bolganligi sababli fiziologik sharoitda bu kofermentlarning yetishmovchiligi bolmaydi va ularga bogliq fermentlarning ham mos ravishda quyidagi 6 guruhga bo`lish mumkin (qavs ichida ferment sinfining tartib raqami keltirilgan): 1.Oksidoreduktazali kofermentlar (1) 2.Nikotinamidli (NAD, NADF) 3.Flavinli (FMN, FAD) 4.Metalloporfirinli (a,b,c,d gemlari), a va b xlorofillari. 5.Xinon kofermentlar (ubixinon, plastoxinon) 6.Peptidli (glutation) 7.Lipoat kislota. 8.Transferaza kofermentlari (2) 9.Piridoksinli (PALF, PAMF) 10.Pantotenatli (KoA, defosfo-KoA, 4-fosfopantotenat). 11.Nukleotidli kofermentlar (UDF-glyukoza, SDF-xolin) 12.Pteridinli yoki folat kislotali (TGFK). 13.Kobamidli (metilkobamin) 14.Liaza kofermentlari Download 29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling