5-mavzu: Mikroorganizmlarni o’stirish uchun oziqa muhitlari tayyorlash usullari Mashg’ulot o’tish tartibi


Download 440.97 Kb.
bet2/5
Sana28.10.2023
Hajmi440.97 Kb.
#1732547
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 mavzu mikroorganizmlarni o\'stirish uchun ozuqa muhitlarini tayyorlash

Tabiiy - oziqa muhitlariga sut, tuxum, go’sht, meva-sabzavotlar va boshqalar kiradi.
Sun’iy - oziqa muhitlari alohida retseptlar asosida, o’simlik va hayvon mahsulotlarining qaynatmalariga noorganik tuzlar hamda uglevodlar qo’shilib tayyorlanadi.
Sintetik - oziqa muhitlari asosan kimyoviy toza moddalarning (tuzlar, uglevod, aminokislota va vitaminlar va boshqalar) aniq nisbatlarida olingan holda tayyorlanadi.
Oziqa muhitlari konsistentsiyasiga ko’ra suyuq, yarim suyuq va qattiq bo’ladi. Suyuq oziqa muhitlari asosan suvdan va unda suyultirilgan moddalardan iboratdir (go’sht suvi, go’sht-pepton qaynatmasi, kartoshka suvi).
Qattiq oziqa muhiti suyuq oziqaga jelatin (10-15%) yoki agar-agar (1-2%) qo’shib tayyorlanadi. Yarimsuyuq oziqa muhitini tayyorlashda jelatin yoki agar-agardan kam miqdorda solinadi.
Oziqa muhitlari belgilariga qarab oddiy, maxsus, elektiv va differentsial-diagnostik shaklda tayyorlanadi.
Oddiy oziqa - ko’pgina mikroorganizmlarni o’stirish uchun ishlatiladi. Bularga dukkakli pepton qaynatmasi, go’sht-pepton qaynatmasi va go’sht - pepton agari kiradi.
Maxsus oziqa - alohida guruh yoki alohida tur mikroorganizmni ajratish uchun tayyorlanadi. Masalan, Omelyanskiy oziqa muhiti anaerob mikroblar uchun, CHapeka oziqa muhiti esa zamburug’lar uchun tayyorlanadi.
Elektiv oziqa -bitta turga mansub mikroorganizm uchun tayyorlanadi, boshqa mikroorganizmlar bunday oziqa muhitida o’smaydi yoki rivojlanishi juda sekinlashib ketadi. Bunday oziqa muhitiga S.N.Vinogradskiyning yig’ma oziqa muhiti misol bo’ladi va bu oziqa ko’pgina tuproq mikroorganizmlar uchundir.
Differentsial - diagnostik oziqa -mikroorganizmlarning biokimyoviy xususiyatlarini o’rganishda va ba’zi mikroorganizmlarning sof kulьturasini ajratishda qo’llaniladi. Differentsial - diagnostik oziqa muhiti mikroorganizmlar tomonidan ajratiladigan oqsil va uglevodlarni parchalanishini va oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini yuzaga keltiruvchi fermentlarni aniqlashda qo’llaniladi.
Bunga suyuq, uglevodli Giss oziqasi va Endo, Levin indikatorli qattiq oziqa muhiti misol bo’ladi.
Hozirgi vaqtda oziqa muhitlarni tayyor retseptlar bilan fabrikalarda quruq poroshok yoki suyuq kontsentratsiya holida chiqarilmoqda.
Har bir mikroorganizmlarni o’stirish uchun tayyorlangan oziqa muhiti quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  1. Mikroorganizmlar uchun kerakli oziqa moddalar, azot, uglerod, kislorod va suv, noorganik tuzlar bo’lishi kerak.

  2. Mikroorganizmlar erigan holda oziqa moddalarni qabul qilgani uchun ular nam bo’lishi kerak.

  3. Yot mikroorganizmlardan holi qilish uchun sterillangan bo’lishi shart.

  4. Oziqa muhiti tiniq bo’lishi kerak, sababi u mikroorganizmlarni o’sishini kuzatish uchun qulaydir.

  5. Oziqa muhiti rN reaktsiyasiga to’g’ri kelishi kerak.




Download 440.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling