5-mavzu. Moliyaviy boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadli yo’naltirilgan ta’siri


Download 37.1 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi37.1 Kb.
#138400
Bog'liq
5-t.yuldasheva M


5-mavzu. Moliyaviy boshqaruv

  1. Boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadli yo’naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi. Shunday ekan, moliyaviy boshqaruv subyekti va obyektini ifodalab bering, ya’ni ushbu tushunchalar asosini nimalar tashkil etishini tavsiflang.

Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bо‘lib,  boshqariladigan (obyektlar) va boshqaruvchi (subyektlar) tizimlarning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu yerda moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) tо‘plamidan (majmuidan) iborat bо‘lgan moliya tizimini nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari tо‘plamidan (majmuidan) iborat bо‘lgan moliya tizimini о‘z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bо‘lmasdan, u bir tomondan, faqat obyektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv subyektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini takomillashtirishni ham о‘z ichiga oladi.

2. Moliyaviy boshqaruvning maqsadi moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga monand, moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik tomoyillari quyidagilardan iborat (chizmani yakunlang):

•          pirovard maqsadga bog‘liqlik;

•          xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi;

•          jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;

•          iqtisodiy qonunlardan foydalanish;

•          real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.



3. Moliyaviy boshqaruv tizimi boshqaruv subyektlarining boshqaruv vositalari asosida boshqaruv obyektiga ta’sir etishi asosida amalga oshiriladi. Ushbu tizimni tashkil etuvchilar tarkibiga nimalar kirishini aniqlang.

Moliyaviy boshqaruv tizimi



Boshqaruv subyektlari


Boshqaruv instumentlari (vositalari)


Boshqaruv obyekti


Pirovard natija


Moliya tizimi

President

Moliyaviy siyosat

Boshqaruv prinsiplari

Moliyaviy bashoratlash

Tizimlar moliyasi

Budjet fondlarini shakllantirish va foydalanish bo’yicha munosabatlar

Moliyaviy barqarorlik

Makroiqtisodiy muvozanat,

Budjet rejalarining profitsilligi,

Parlament,Hukumat

Moliyaviy dasturlash,

Moliyaviy rejalashtirish

Budjetdan tashqari shakllantirish va foydalanish bo’yicha munosabatlar

Davlat qarzining mavjud emasligi,

Moliya Vazirligi Davlat Soliq Qo’mitasi

Moliyaviy tartibga solish,Moliyaviy nazorat




Mustahkam (barqaror) milliy valyuta.

Markaziy Bank, Davlat Mulk Qo’mitasi

Moliyaviy qonunchilik








Hisob palatasi va boshqalar

Moliyaviy tahlil







4. Moliyaviy oqimlarni boshqarishni tavsiflab bering. Shuningdek, moliyaviy oqimlarning qanday ko’rinishlari mavjudligini yoritib bering.

Korxonalarning jamg‘armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag‘larining miqdoriy  va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bо‘lgan moliyaviy resurslar fondlarining о‘lchamiga bog‘liq.  Mamlakatning iqtisodiy (moliyaviy) qudrati qancha kuchli bо‘lsa, uning о‘sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta  (hajmli) bо‘ladi.

Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat:

•          qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida;

•          nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qо‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi;

•          boshqaruvchanlik – korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, Xazinachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida;



•          nadzorchilik – korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi tо‘g‘risidagi ishlarni kо‘radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.
Download 37.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling