Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tuzishning mazmuni va mohiyati
Bozor munosabatlari sharoitida korxonani samarali boshqarish uning xo’jalik
faoliyati, mablag’laridan foydalanish, ularni tashkil etish manbalari to’g’risidagi
iqtisodiy axborotlarni tezkorlik bilan olish va foydalanishni talab qiladi.
Bu boshqaruv xodimlaridan moliyaviy hisobotni o’qiy olish, ya’ni hisobot har
bir moddasining iqtisodiy mohiyatini tushunish, uning korxona faoliyatidagi rolini
baholash usullarini, balans va hisobotning boshqa shakllari moddalari bilan aloqasini, u yoki bu modda bo’yicha summalar o’zgarishi tavsifini va ushbu o’zgarishlar ahamiyatini baholash mahoratini bilishni talab etadi.
Moliyaviy hisobot moddalaridan foydalanib, korxona to’g’risida ma’lumot
olish, uning moliyaviy ahvoli va bozor faolligini tahlil qilish mumkin.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi ma’lumotlari, aniqrog’i moliyaviy hisob
ma’lumotlari asosida tuziladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi axborotlar tashqi foydalanuvchilar uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki ularni xo’jalik yurituvchi su’yektga o’z mablag’larini sarflash maqsadga muvofiqligini aniqlash o’ta ahamiyatli hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini (xarajatini qoplay olishini) yaqqol ko’rsatadi. Хo’jalik yurituvchi su’yektlarda buxgalteriya hisobini yuritishdan ko’zlangan asosiy maqsad uning faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirish asosida uning rahbariyati hamda manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar uchun zarur ma’lumotlar to’plamini vujudga keltirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |