5-mavzu. “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot”ning tasnifi va uni tuzish


Xo’jalik yurituvchi subektlarda moliyaviy natijalarning shakllanish bosqichlari


Download 17.39 Kb.
bet3/12
Sana08.01.2022
Hajmi17.39 Kb.
#235577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-mavzu. “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot”ning tasnifi va uni tuzish (1)

Xo’jalik yurituvchi subektlarda moliyaviy natijalarning shakllanish bosqichlari

Хo’jalik yurituvchi su’yekt rahbariyati uchun zarur ma’lumotlar uning hisob

yuritish siyosatida belgilangan ichki hisobot shakllari, boshqaruv apparati

talablaridan kelib chiqib o’rnatilgan boshqa hisobot shakllari, shuningdek, tezkor va statistik hisobot shakllari orqali uzatiladi. Хo’jalik yurituvchi su’yekt faoliyatidan manfaatdor bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarning ma’lumotlarga bo’lgan talab va ehtiyojlari moliyaviy hisobot orqali qondiriladi. Agar xo’jalik yurituvchi su’yekt rahbariyati uchun zarur ma’lumotlar ular belgilagan va talab qilgan sanaga tayyorlansa hamda uzatilsa, moliyaviy hisobot moliya vazirligi belgilagan sanalarga tuziladi hamda taqdim qilinadi. Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlaridan xo’jalik yurituvchi su’yekt rahbariyati ham o’z faoliyatida keng foydalanadi. Ammo uning ma’lumotlari asosan tashqi foydalanuvchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish uchun mo’ljallangan. Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari qat’iy belgilangan va unga o’zgartirishlar kiritish mumkin emas.

Moliyaviy hisobotda xo’jalik yurituvchi su’yekt faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari umumiy qabul qilingan va qat’iy qabul qilingan qoidalar hamda tartiblar asosida tuziladi. Moliyaviy hisobot xalqaro talablar asosida tuzilganda umumiy qabul qilingan qoidalar va tartiblar qo’llaniladi. Har bir mamlakatda moliyaviy hisobotni tuzish tartib va qoidalari belgilanadi. Agar mamlakatda moliyaviy hisobotni tuzish moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida amalga oshirilishi belgilansa, unda ushbu standartlar talablari va uning qoidalariga muvofiq tuziladi. Umuman moliyaviy hisobot su’yekt faoliyatining oynasi hisoblanadi. Uning ma’lumotlari asosida su’yekt faoliyatiga baho beriladi va xulosa qilinadi. Moliyaviy hisobotda su’yektning aktivlari, majburiyati, kapitali, daromadlari, xarajatlari, foydasi (zarari) va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlari o’z aksini topadi.


Download 17.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling