5-mavzu. Motivlarning rahbar faoliyatidagi o’rni. Rahbarlik uslublari. Jamoadagi psixologik iqlim, ortobioz va ortobiotika


Jamoadagi ijtimoiy psixologik iqlim ko’rsatkichlari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana15.12.2020
Hajmi0.68 Mb.
#167474
1   2   3
Bog'liq
5-MARUZA MASHGULOT


5.6.Jamoadagi ijtimoiy psixologik iqlim ko’rsatkichlari. 

Boshqaruv faoliyatida meditatsiya va relaksatsiya mashqlari. 

 

Psixik salomatlik  masalasi ko’rilayotganda  uni  baholash  mezonlari o’ta 



muhimdir,  ya’ni,  bu  -  ruhiy  salomatlik  qachon  ko’ngildagiday  bo’ladi,  degan 

masala.  Albatta,  bu  eng  murakkab  savollardan  biri.  SHunga  qaramay,  ilmiy 

manbalarda  ruhiy  salomatlikni  baholash  uchun  uning  ayrim  namoyon  bo’lish 

shartlari  keltiriladi.  Ular  orasida  psixologik  muvozanat,  o’zaro  muvofiqlik 

mezoni  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  mezon  yordamida  inson  psixologik 

kechinmalaridagi,  ya’ni,  bilish,  hissiy-emotsional,  irodaviy  sohalardagi 

o’zgarishlarning xususiyatlari borasida fikr yuritish mumkin. 

 

SHaxs  taraqqiyotidagi  aksariyat  nuqson,  qusurlar,  kamchilik  va 



muammolar uning ijtimoiy muhit bilan bo’ladigan munosabatlardagi buzilishlar, 

og’ishlarga  bog’liq  bo’ladiki,  u  odamning  tashqi  muhitga  moslashuvi  qiyin 

kechishi  yoki  ziddiyatlarning  ortib  borayotganligida  ko’rinadi.  Ya’ni,  odam 

hamma  bilan  ham  til  topisha  olmasa,  o’zini  ayniqsa,  yangi  sharoitlarga 

ko’niktirolmasa, ruhiyati tushkun holatga kelib qolishi mumkin. Masalan, yangi 

kelinchakning  yangi  oila  muhitiga  moslashishi  ayrimlarga  juda  oson  va  tez 

kechsa, ayrimlari yillar mobaynida ham 

 

o’zlarini diskomfort his qiladilar. Bu uning ruhiyatidagi muvozanatlanganlikning 



sifatiga bog’liq bo’ladi. Demak, amaliyotchi inson salomatligini muhofaza qilish 

borasida qayg’urganda, shaxsni o’rab turgan ijtimoiy muhitning xususiyatlariga 

e’tiborni qaratishi lozim. 

Ikkinchidan,  psixik  muvozanat  masalasi  odamning  tashqi  muhit 

o’zgarishlariga uning tez va to’g’ri moslashuvida o’z aksini topadi. Mutanosiblik 

va  moslashuv  aslida  inson  organizmidagi  biologik  o’zgarishlardan  tortib,  turli 

psixik  jarayonlarning  o’zgarishlariga  odamning  sub’ektiv  munosabati  tarzida 

ham kechadi. Taniqli psixolog olim V.N. Myasishevning fikricha, muvozanat va 

moslashuvchanlik  xususiyatlari  odam  xulq-atvoridagi  norma  va  patologiya 

o’rtasidagi  aniq  chegaralarning  mavjudligini  ta’minlaydi.  Moslashuvchanlik 



23 

 

past,  muvozanati  kuchsiz  shaxslarda  eng  avvvalo  uning  shaxsiy  mavqeda 



buzilishlar, beqarorlik, xatoliklar kuzatiladi, odam serzarda, asabiy va urushqoq 

bo’lib  qoladi.  Aksincha,  tashqi  muhitga  moslashuvchan,  psixik  xususiyatlarida 

muvozanati  mavjud  shaxslar  o’zgaruvchan  muhitning  ta’sirlariga  o’zidagi 

barqarorlik,  sabr-qanoat  bilan  javob  berib,  har  qanday  sharoitda  ham  o’zligini 

yo’qotmaydi,  yangi  tanishlar,  kasbdoshlar,  kursdoshlar,  qo’ni-qo’shnilar  bilan 

tez til topishib ketadi. O’zini har qanday sharoitda erkin his qilish, o’zini o’sha 

muhitning  teng  huquqli  a’zosi  sifatida  idrok  qilish,  salomatligining  ham 

mo’’tadil bo’lishini ta’minlaydi. 

 

Olimlarning  ta’kidlashlaricha,  inson  ruhiy  salomatligiga  kompleks 



yondashuv  istiqbolli  hisoblanadi.  Ilmiy  manbalarda  bu  boradagi  ayrim  fikrlar 

umumlashtirilmoqda. Ular asosida ikkita muhim xulosa chiqarish mumkin. 

 

Birinchidan,  psixik  yoki  ruhiy  salomatlikning  mezonlari  borasida  fikrlar 



rang-barangligi  bo’lishiga  qaramay,  ko’plab  olimlar  qarashlarida  umumiylik, 

umumiy qonuniyatlarni e’tirof etish mavjud. Bunday xolat ruhiy salomatlikning 

xususiyatlarini baholash imkonini beradi. 

 

Ikkinchidan,  o’sha  qaytarilayotgan  xususiyatlarni  ma’lum  mezonlarda 



toifalarga,  tavsiflarga  ajratish  mumkin.  Masalaning  ana  shunday  oydinlashuvi 

ruhiy  salomatlikning  mezonlariga  aloqador,  tez-tez  takrorlanib  turgan  belgilar, 

shaxs  sifatlari,  jarayonlar  va  omillar  haqida  muayyan  to’xtamlarga  kelishga 

imkon  beradi.  Masalan,  shaxs  sifatlari  haqida  gap  ketganda,  uning  ruhiy 

salomatligi  barqaror  bo’lishini  ta’minlovchi  muhim  sifatlardan  biri  kelajakka 

ishonch  optimizm ekanligi to’g’risidagi fikr qaytarilmoqda. Demak, kelajakka, 

o’ziga ishongan odam baxtiyorroq, salomatroq va hayotga moslashuvchanroqdir. 

Unga  bevosita  bog’liq  bo’lgan  yana  boshqa  sifatlar  mavjudki,  ularga  bosiqlik, 

xotirjamlik,  axloqan  poklik    halollik,  vijdonlilik,  iymon  va  b.,  o’ziga, 

o’zgalarga, ish qobiliyatiga nisbatan talablarning meyoriyligi, mas’uliyat hissi; 

o’ziga  ishonch,  bo’lar-bo’lmasga  tushkunlikka  tushmaslik,  xarakatchanlik 

(dangasa  emas),  mustaqillik,  samimiyat,  tabiiylik,  yumor  hissining  mavjudligi, 

bag’rikenglik,  mehr-oqibatlilik,  chidam,  sabr-qanoat,  o’ziga  nisbatan  hurmat, 

nazoratning  borligi  va  h-zo.  Ana  shunday  sifatlar  sohiblari  odatda  kam  dardga 

chalinadi. 

 

Masalaning mohiyati shaxsdagi turli ruhiy xolatlar nuqtai nazaridan tahlil 



etilsa,  eng  avvalo  quyidagilar  nazarda  tutiladi:  bosiqlik,  ya’ni,  hissiyotlarning 

turg’unligi,  o’zini  tutish;  yoshiga,  jinsiga  mos  tarzda  hissiyotlarning  namoyon 

bo’lishi;  o’zidagi  salbiy  hislarni  (qo’rquv,  jahl,  rashk,  baxillik  kabi)  jilovlay 

olish;  hissiyotlar  va  emotsiyalarning  tabiiy  tarzda  samimiy  namoyon  bo’lishi, 

baxtiyorlik hissi, muayyan hissiy holatlarning odatiy tusga kirganligi. Bu sifatlar 

odamning  turli  voqea-hodisalarning  guvohi  bo’lganda,  ichidan,  ruhan 

kechiriladigan holatlariga aloqadordir. 

 

Inson  salomatligini  ta’minlovchi,  jamiyat  ta’siriga  bog’liq  psixologik 



omillarning  mazmun-mohiyatini  ruhiy  nosog’lomlikning  nimalarda  namoyon 

bo’lishini ham tavsiflash orqali tushunish mumkin. Masalan, agar odam zararli 



24 

 

odatlar  og’ushida  bo’lsa,  o’zining  xatti-harakatlari  uchun  mas’uliyatni  his 



etmasa, o’ziga ishonmasa, ma’nan qashshoq, passiv bo’lsa, uni ruhan nosog’lom 

deyish mumkin. Ko’p narsalarga loqaydlik, befarqlik, sal narsaga asabiylashish 

–  zaharxandalik,  g’ayirlik,  har  narsadan  shubhalanish  kabilar  odamlarni 

omadsizlikka,  tushkunlikka  olib  keladiki,  ular  kundan  kunga  salomatliklari 

yomonlashib  borayotganligidan  noliyveradigan  bo’lib  qoladilar.  Bunday 

odamlarning  fikrlash  tarzi  ham  buziladi,  ba’zan  bo’lar-bo’lmas  gaplarni 

gapiraveradigan,  yoki  bir  narsani  xadeb  qaytaraveradigan,  xudvaysaqi  bo’lib 

qoladi. 


 

5.7.Sog’lom fikrlash shartlari va sog’lom turmush tarzi. Psixologik 

stress va uni bartaraf etish usullari. 

 

Murakkab  o’zgarishlar,  evrilishlar,  psixogen  ta’sirlar  inson  ongini 



jumbushga  keltirgan sharoitda qanday  qilib  sog’liqda  risoladay  tutish  mumkin, 

deb  berilgan  savolga  psixologlar  ham,  tibbiyot  xodimlari  ham  bir  ovozdan 

xursand  bo’lishni  bilish  kerak,  kayfiyatning  yaxshi  tizginini  qo’ldan 

chiqarmaslik  kerak, deb  javob  berishlari  tayin.  Ayniqsa,  tongning  yorishishi  va 

bahorning go’zalligiga quvonish eng mos keluvchi omillardir, deyishadi olimlar. 

Zero, xush kayfiyat  – inson dili va tani uchun eng samarali, yaxshi malhamdir. 

Yana u har bir insonga xos va o’ta tushunarli xolat. 

 

Agar atrofdagilarga e’tibor bergan xushchaqchaq odamlar hayotdagi turli 



mashaqqatlar, qiyinchilik, muammolarga nisbatan dadil turib bera olishlari bilan 

boshqalardan  farq  qiladilar.Ularda  tibbiyot  xodimlari  tili  bilan  aytilganda 

“qo’rquv  garmoni”,  “o’zini  yo’qotib  qo’yish  garmoni”  bo’lmaydi.  Amerikalik 

olimlar 20 yil mobaynida 5 mingdan ortiq talabalarning xulq-atvorni kuzatib shu 

narsani  aniqlaganlarki,  odatda  jizzaki,  urushqoq,  agressiv  talabalarda  oliygohni 

bitirib  chiqib  ketgandan  keyin  ham  ularning  qoni  tarkibida  xolesterin  miqdori 

ham. qon bosimi ham yuqori bo’larkan, aynan o’shalar turli xil zararli odatlarga 

beriluvchan  bo’lar  ekanlar.  Ana  shu  garmonlarning  bo’lmasligini  psixologlar 

quyidagicha tushuntiradigan: 

 

Taassurotlarning  xilma-xilligi.  Ko’rgan  barcha  narsalardan  o’ziga 

yarasha  taassurot  ola  biladigan,  yaxshi  va  go’zal  narsalardan  zavqlanishni 

biladiganlarda  barcha  ruhiy  va  fiziologik  jarayonlar  yaxshi  kechadi.  Psixolog 

olim,  akademik  P.K.  Anoxinning  yozishicha,  turmush  tarzimiz  qanchalik 

shiddatli  va  tug’yonlarga  to’la  bo’lmasin,  agar  biz  muayyan  siqilishlar,  asab 

tarangliklari  davri  bilan  xotirjamlik,  dam  olishni  oqilona  uyg’unlashtira  olsak, 

bir  davrni  boshqachasi  bilan  almashtira  olsak,  gipertonik  kasalliklarga 

chalinmaslik mumkin. CHunki har qanday ish, u qanchalik mas’uliyatli va og’ir 

bo’lmasin, uning ma’lum yakuni bo’ladi, undan keyin dam olish me’yorini aniq 

bilishimiz kerak. 

 

Asablarga,  tan-vujudga  tin  berishning  muhim  omillaridan  biri  uxlashdir. 



Agar odam bir sutkada o’rtacha 7-8 soat uxlasa, salomatligiga foyda bo’lishini 

unutmasligi  kerak.  5  soatdan  kam  uxlash  ham,  10  soatdan  ortiq  uxlash  ham 

organizmga  foydali  emas.  Bundan  tashqari,  har  bir  odamning  bo’sh  vaqtini 


25 

 

o’tkazadigan ermagi bo’lishi kerak. Masalan, mashhur vrach S.P. Botkin bo’sh 



vaqtlarida  matematika  bilan,  oftalmolog-xirurg  V.P.  Filatov  rasm  chizish  bilan 

shug’ullangan. 

 

Musiqani  sevish.  har  qanday  yaxshi  ohang  va  kuy  charchoqni  oladi, 

uyquni  keltiradi,  yurak  faoliyatini  muvofiqlashtiradi.  U  odamdagi  taranglikni 

susaytirib,  kayfiyatni  yaxshilaydi,  odamni  tetik  qiladi.  Faqat  shuni  unutmaslik 

lozimki,  o’ta  shovqinga  boy,  baland  qilib  eshitiladigan  musiqa,  odamning 

qulog’ini  qomatga  keltirib,  aksincha,  uni  charchatishi,  asabiy  qilib  qo’yishini 

unutmaslik  kerak.  Yoshlar  ana  shunday  musiqaga  o’ch  bo’lishadi,  lekin  uni 

yoshlikning  zavqi  bilan  bog’laydigan  bo’lsak,  u  ham  muayyan  me’yorda 

bo’lgani yaxshi. 

 

Tabiatni  sevish.  Tabiatni  sevish,  daraxt  barglarining  shivirlashlari-yu, 

atrof  muhitning  go’zal  ko’rinishlari,  yilning  har  bir  faslida  undan  eng  chiroyli 

manzaralarni  ajrata  bilish  inson  ruhiyatini  tinchlantiradi,  rohat  baxsh  etadi. 

Imkon qadar odam yon atrofidagi istirohat bog’imi, dala-qirmi, ko’m-ko’k yashil 

daraxtlar  og’ushidami,  hattoki,  kompyuter  oldida  turgan  yam-yashil  gulgami 

qarab,  ulardan  bahra  olishni  bilishi  kerak.  Ayniqsa,  ochiq,  oftobli  kun  inson 

organizmiga  kuch  beradi,  ne  baxtki,  serquyosh  yurtimizda  bunday  imkoniyat 

juda ko’p. 

 

Bolalar  bilan  muloqot.  Kichik  yoshli  bolalar  o’zlarining  tabiiy 

ehtiyojlari,  kattalarga  bog’liqligi  bilan  odamga  o’ziga  xos  xursandchilik  baxsh 

etadi.  Ayniqsa,  o’zbekistonliklar  bolajon bo’lib, 5  yoshgacha bo’lgan  bolalarni 

biz boshqacha sevamiz. Til tushunmas, chaqaloq bilan bo’ladigan mehrli suhbat 

ham  insonga  orom  beradi,  dunyo  tashvishlaridan  yiroq  qilib,salomatligini 

asrashga imkon beradi. Bola bilan bo’ladigan har qanday muloqot, o’yin, ularni 

nimagadir  o’rgatish  salomatlik  uchun  o’ta  foydalidir.  SHuning  uchun 

o’zbeklarda  “bolali  uy  bozor,  bolasiz  uy  mozor”  degan  naql  borki,  uning 

ma’nosi  yosh  bola  bilan  muloqot  qilishdan  mahrum  bo’lgan  odamlarning 

asablari juda tarang, ancha agressiv, hayotdan norizo bo’ladi. 

 

  Ortobioz va ortobiotika. 

 

Ilmiy  manbalarda  tez-tez  uchrab  turadigan  “ortobioz”  so’zining  asl 



mohiyati oqilona, ya’ni aql bilan tashkil etilgan turmush tarzini bildiradi. 

 

Demak, aslida odam o’z ruhiy holatining “kalitini” bilishi, kerak bo’lsa, u 



yoki  bu  xastalikning,  ruhiy  iztiroblarning  oqibati  bo’lmish  xolat  nima  tufayli 

kelib  chiqayotganligini  bilgan  xolda  o’ziga,  o’sha  ruhiy  xolatning  kechishiga 

ta’sir  ko’rsatishi  mumkin.  Ya’ni,  u  o’z  ruhiy  imkoniyatlarini  boshqara  bilishi, 

o’zidagi aql va farosatning intizomi 

 

tizginini  qo’liga  ola  bilishi  lozim.  Buning  uchun  biz  ilk  yoshlikdan 



farzandlarimizni ongli va faol tarzda hayot kechirish, o’z maqsad-muddaolarini 

teran tasavvur etishga va shu orqali madaniy turmush kechirishga o’rgatishimiz 

kerak  bo’ladi.  Aks  xolda  odamda  atrof-muhit  ta’sirlariga  tobe  bo’lish 

psixologiyasini  keltirib  chiqaradiki,  buning  oqibatida  u  ruhiy  iztiroblardan 

qutulish  uchun  turli  ekstrosenslar,  folbinlar,  gipnoz  qiluvchilarga  yuguradigan, 


26 

 

faqat  najotni  o’shalardan  kutadigan  bo’lib  qoladi.  Bunday  munosabatning 



surunkali  odatga  aylanishi  esa  uning  o’ziga  bo’lgan  ishonchini  butunlay 

so’ndiradi, oxir oqibat u o’z taqdirining egasi bo’lmay qoladi. 

 

Afsuski,  insoniyat  tarixi  shuni  ko’rsatadiki,  turli  ijtimoiy  va  ma’naviy 



bo’hronlar, o’tish davrlarida odamlar orasida ana shunday passiv, tobe odamlar 

ko’payadi  va  yuqorida  ta’kidlangan  folbin,  ekstrosenslarning  “oshig’i  olchi” 

bo’lib qoladi. Buni biz dastlab o’tgan asrning 60-yillarida, so’ngra 80-yillarining 

oxiri,  90-yillar  boshida  ham  bir  guvohi  bo’ldik.  hattoki,  odamlarning  ko’ziga 

“uchar  likopchalar”,  o’zga  planetalardan  kelganlar  ko’rina  boshladi.  Bundan 

foydalangan turli tovlamachilar o’z foydalariga ishlab qoldilar. 

 

Ortobiotika ilk yoshlikdan boshlab, taraqqiyotning har bir alohida olingan 



bosqichida  inson  salomatligini  asrash  va  mustahkamlashning  texnologiyasini 

ishlab chiqadi. Bunda tana va ruhning har tomonlama muvofiqligi ta’minlashga 

yo’naltirilgan turli yondashuvlarga asos solindi. Barcha qarashlarni birlashtirgan 

g’oya  shu  bo’ldiki,  odam  o’z  ichki  imkoniyatlari,  zahiralari  hamda  tashqi 

muhitning barcha qulayliklaridan oqilona foydalanishni o’rganishi shart. 

 

Zamonaning  zayli  hozir  shundayki,  odamlar  ko’proq  aqliy,  intellektual 



faoliyat bilan shug’ullanadilar. Bu o’z navbatida kamroq harakat qilish, vaqtning 

taqchilligini  hamisha  his  qilish,  ekstremal  vaziyatlarning  ta’sirida  bo’lishni 

taqozo  etadi.  Bundan  tashqari,  bozor  munosabatlari  ko’pincha  normadan  ortiq 

faoliyat  yuritishni,  ko’p  ishlarga  shaxsan  mas’ul  bo’lish,  odamlar  faoliyatini 

boshqarish  kabilarni  talab  qiladi.  Oxirgilar,  tabiiy,  muayyan  ma’noda 

“ma’lumotlar”  tufayli  ro’y  beradigan  taranglikni,  tajanglikni  keltirib  chiqaradi. 

Aqldan kelib chiqadigan muammoni esa aqlning o’zigina bartaraf etish mumkin, 

lekin  o’sha  “aql”  jismoniy  uyg’unlikni  ta’minlashga,  tanni  muhofaza  qilishga 

yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Ayniqsa, odam ruhan toliqsa, ayrim faoliyat turlari 

bilan  shug’ullanishni  xohlamasa-yu,  lekin  bunga  majbur  bo’lsa,  deyarli  bir  xil 

muammolarni  echishga  majbur  bo’lsa,  muloqotlarni  yoqimsizligi  kabilar  bilan 

odam  tushkunlikka  tushaveradi,  borgan  sari  toliqib,  charchab,  betob 

bo’layotganligini  sezaveradi.  Masalan,  oilaga  yangi  mehmon  bo’lib  tushgan 

kelinchakning  yangicha  muloqot  muhitiga  kirishib  ketishdagi  qiyinchiliklari, 

qaynona  yoki  boshqa  oila  a’zosi  tomonidan  kelinchak  gap-so’zlari,  yurish-

turishining  nazoratga  olinaverishi,  ba’zan  kamsitilish  yoki  ta’qib  qilinishi, 

kelinchakning  ruhiy  azoblariga  sabab  bo’lishi,  oqibatda  homilador  bo’lgan 

taqdirda  ham  yangi  somatik  xolatga  ko’nikishini  qiyinlashtiradi,  xomiladorlik 

qiyin  kechadi.  Demak,  turli  xil  muomala  va  muloqot  maromlariga  yosh 

kelinchakning  tayyor  bo’lishi,  o’zini  ruhan  muhofaza  qilish  layoqati  bunday 

vaziyatlardan  uning osonlikcha  chiqishi, yangi  oila  sharoitiga tez  moslashuviga 

sabab bo’lgan bo’lar edi. Afsuski, yosh oilalardagi aksariyat mojarolar, nizolar 

aynan odamlarning bir-birlarini yaxshi 

 

tushunmasliklari, 



er-xotin, 

qaynona-kelin 

munosabatlaridagi 

anglashilmovchiliklarga borib taqaladi. 

 

5.8.Boshqaruv ortobiotikasi 

 


27 

 

Ma’lumki, ko’pchiligimiz xohlaymizmi yo’qmi turli vaziyatlarda turlicha 



boshqaruv tizimida bo’lib qolamiz. Ya’ni, yo o’zimiz rahbarmiz, kimlarningdir 

faoliyatini  boshqarish  bizga  topshirilgan.  Yoki  kimlarningdir  bevosita 

rahbarligida  faoliyat  yuritamiz,  emin-erkin  harakat  qilish  imkoniyatimiz 

cheklangan  bo’ladi.  Bu  oila  muhitiga  ham,  jamiyatdagi  kasb-hunarga  aloqador 

faoliyatimizda  ham  bor  narsa.  SHu  bois  oxirgi  yillarda  boshqaruv  ortobiotikasi 

atamasiga tez-tez murojaat qilinadigan bo’lib qoldik. 

 

Masalan,  oilani  olsak,  albatta,  uy-ro’zg’or  tashvishlari,  oila  davrasidagi 



muomala  maromlarini  muvofiqlashtirib  turuvchi  oilaning  konkret  a’zosini  biz 

psixologiya  tilida  lider  deb  ataymiz.  Bu  –  an’anaviy  o’zbek  oilasida  ko’proq 

otadir.  Erkaklar  oilaning  ustunlari  bo’lish  bilan  birgalikda,  bu  erda  sodir 

bo’ladigan  barcha  xodisalar,  muammolar,  hattoki,  nizolarga  ham  o’zlarini 

mas’ul deb hisoblaydilar. Bu holat va mas’uliyat ulardan ruhiy taranglikni talab 

qiladi.  Ayrim  oilalarda  er-ota  ro’zg’orning  ikir-chikiridan  tortib  (sovun, 

gugurtdan tortib, voyaga etib borayotgan qizining sarpo-surug’larigacha), barcha 

tashvishlarni  o’z  elkasiga  oladi.  Masalan,  shunday  oila  sohibalari  borki,  ular 

eshigining  tagida  non  do’koni  bo’lishiga  qaramay,  davlat  xizmatida  band 

bo’lgan  turmush  o’rtog’iga  qo’ng’iroq  qilib,  ishdan  qaytishda  non  ola  kelishni 

aytadi.  Mehmon  kelsa,  dasturxonga  nimalarni  qo’yishni  so’rab,  keyin 

taraddudga  kirishadi.  Bu  bir  tomondan,  er  bilan  bamaslahat,  uning  “chizgan 

chizig’idan  chiqmaslik”ni  nazarda  tutayotganday  tuyulsa-da,  bunday  xolatda 

ham  onaning,  ham  otaning  psixologik  holatiga,  salomatligiga  salbiy  ta’sir 

ko’rsatuvchi jihatlari ko’p. Masalan, bir tomondan, barcha huquq va erkinliklari 

cheklanganligiga  o’rganib  ketgan  ayol  oila  davrasida,  farzandlari  oldida 

huquqsizligi,  erksizligidan  ruhan  iztirob  chekaveradi.  Tashqaridan  qaraganda, 

bunday  ayolga  yashash  qulay,  osonday  bo’lsa-da,  ortobioz  nuqtai  nazaridan, 

ayniqsa,  yoshi  o’tib  borgan  sari  aynan  shu  huquqsizlik,  ona  “meni”ning 

surunkali kamsitilishi uni oqilona ish yuritish ko’nikmalaridan uzoqlashtiradi, u 

shu  xolatga  ko’nikadi,  onada  mustaqil  fikrning  yo’qligi  bola  tarbiyasida 

qanchalik  noqulay  va  noo’rin  bo’lsa,  ro’zg’or  yuritish,  oila  byudjetini 

boshqarishda ham shunchalik noqulayliklarni keltirib chiqaradi. 

 

Endi erkakni tasavvur qiling. ham ko’cha, ham oshna-og’aynichilik, ham 



ro’zg’orning  barcha  ikir-chikirlari,  bolalar  tarbiyasi,  ularning  kelajagi  uchun 

mas’ullik kabilar uni kun sayin toliqtiradi. SHunday hayotiy misollar borki, bu 

erkak xattoki, katta-katta mo’may mablag’lar topadigan epchil kishi bo’lsa ham, 

bir  kun  kelib  “portlaydi”,  charchaydi.  Oqibati  turlicha  bo’lishi  mumkin.  Eng 

yomoni  u  salomatligiga  putur  etkazadi,  betob  bo’lib,  boshi  yostiqqa  tekkanda 

esa,  ayolining  naqadar  nochorligini,  na  ishda,  na  aniq  to’g’ri  qarorlar  qabul 

qilishda,  na  muomalada  uquvsizligini  anglaydi,  bunday  anglash  esa  erning 

xotinidan batamom sovib ketishiga ham olib keladi. “Umrimni shu notavon bilan 

o’tkazibman-a”, deya o’ylaydi u. Vaholanki, aslida ayolni shu xolatga keltirgan 

o’zi. Faqat buni tan olishi qiyin. hayotda shunday voqealar ham bo’lganki, har 

narsaga balogardon er olamdan o’tgach, onaning nochorligidan farzandlar uyni 

tashlab ketgan holatlar ham bo’lgan. Nega, chunki faqat aniq ko’rsatmalar bilan 



28 

 

ishlashga,  passiv  hayot  kechirishga  ko’nikib  qolish,  oxir  oqibat  insonni 



vaziyatlarning quliga aylantiradi. SHuning uchun ham o’zbeklarda “er va xotin - 

qo’sh  ho’kiz”  degan  biroz  qo’pol  naql  borki,  bu  uy-ro’zg’or  yuritishda  er-

xotinning  teng  huquqliligini,  har  bir  ishda  aql-idrok  va  fahm-farosat  bilan 

harakatni tashkillashtirishni taqozo etadi. 

 

Insonlar  faoliyatini  boshqarishda  ham  ayni  shunday  qonuniyat  mavjud. 



Masalan,  tashkilot,  idora,  muassasa,  firmalarning  rahbarlari  ham  boshqaruv 

ortobiotikasiga rioya qilmasalar, o’z salomatliklariga putur etkazishlari mumkin. 

Boshqaruvda  hamjihatlik,  hamfikrlilik,  demokratik  uslubning  ustuvorligi  bu 

boradagi eng ijobiy vositadir. Boshqaruv tizimdagi ortobiotika eng avvalo rahbar 

tomonidan xodimlar, ish yurituvchilar faolyatini shunday tashkil etishni nazarda 

tutadiki, bunda har bir xodim kelajakka va o’ziga ishonch bilan qarab, xormay 

ishlaydi,  o’z  salomatligini  asrashga  faol  kirishadi.  Majlis  va  ishlab  chiqarish 

yig’ilishlarining  ortiqcha  jizzakiliksiz  o’tkazish,  arzimagan  narsaga  stolni 

mushtlamaslik,  xodimlarning  faqat  kamchiliklarini  qidirmay,  aksincha,  har 

biridagi  ijobiy  sifatlarni,  o’ziga  xos  iqtidorni  aniqlagan  holda  vazifalarni 

taqsimlash, kimnidir ishdan bo’shatish yoki qisqartirishda adolat va demokratik 

tarzda  yo’l  tutish,  qisqartirishning  nodirektiv  vositalaridan  omilkorona 

foydalanish 

nafaqat 


rahbarning, 

balki 


barcha  xodimlarning 

ortiqcha 

asabiylashmay,  yaxshi, yangi qarorlarni qabul qilish va vijdonan uni bajarishga 

olib keladi. 

 

Demak,  oqilona  turmush  tarzini  har  bir  konkret  vaziyatda  tashkil  etish 



quyidagilarni nazarda tutadi: 

 

 



o’zgaruvchan sharoitlarga moslashuvning yuqori darajasi

  vazmin, ruhan bosiqlik bilan ishlash mahorati; 

  ijtimoiy optimizm – kelajakka, yaxshilikka, o’ziga ishonch; 

  odamlar mehnatining saamaradorligiga ishonch; 



 

 

sog’lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish va uni omilkorona 



boshqarish. 

 

 

 

 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling