5-mavzu. Ms access da hisobotlarni tuzish Hisobot(Отчёты)
Download 147,8 Kb.
|
52 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobotlar ustasi bilan hisobot yaratish MS Access 2010
- Master otchetov
- Vibrannie polya
- T O P Sh I R I Q O‘qituvchilar jadvali asosida mansablar bo‘yicha guruxlantirilgan hisobot tuzing.
- Sozdat (Hosil qilinsin)
- Dalee
5-mavzu. MS Access da hisobotlarni tuzish Hisobot(Отчёты)– jadval yoki zaproslar yordamida olingan natijalarni ma’lum koʻrinishlarda printerda chop etishga imkon beradi. Hisobot – bu natijalar aks etgan qogʻozli hujjatning elektron koʻrinishi demakdir. Hisobotlar ma’lumotlarni koʻrib chiqish, tahrirlash va xatto hisob ishlarini bajarishga imkon yaratadi. Bitta hisobotda bir necha jadval va zaproslardan olingan ma’lumotlarni ham ifodalash mumkin. Hisobotlar ustasi bilan hisobot yaratish MS Access 2010da hisobot yaratish uchun tasmadagi Sozdanie vkladkasida joylashgan Master otchetovdan foydalanamiz. Hisobotlarni yaratish ham xuddi formalar yaratish kabi amalga oshiriladi. Ularni ham master yordamida amalga oshirish qulay. Hisobot yaratish Master otchetovni ishga tushirganimizda quyidagi koʻrinishdagi muloqot oynasining birinchi sahifasi ochiladi: Bu oynadagi Tablitsi i zaprosi roʻyxat maydonidan hisobot yaratiladigan jadval yoki zapros nomini tanlaymiz. Dostupnie polya deb atalgan roʻyxat maydonida tanlangan jadvalning maydonlari roʻyxati paydo boʻladi. Shu maydondan hisobotda koʻrinib turishi kerak boʻlgan maydon nomini tanlab “>” belgini bosish orqali Vibrannie polya nomli roʻyxat maydoniga oʻtkazamiz. Agar barcha maydonlarni oʻtkazish kerak boʻlsa, u xolda “>>” belgini bosish kerak. Notoʻgʻri oʻtkazilganlarini esa “<” belgi yordamida orqaga qaytarish mumkin. Dalee tugmasini bosib navbatdagi muolqot oynasiga oʻtiladi. Bu oynada natijalarni guruhlab chiqarish imkoniyatidan foydalanish mumkin. Masalan natijalarni tugʻilgan joyi boʻyicha guruhlab chiqaradi. Dalee tugmasini bosib navbatdagi muolqot oynasiga oʻtiladi. Bu oynada natijalarni bir yoki bir nechta maydonlar boʻyicha oʻsish yoki kamayish tartibida chiqarish amalga oshiriladi. Navbatdagi muloqot oynasida yaratiladigan hisobotni koʻrinishi tanlanadi. Ular agar guruhlash ishlatilmagan boʻlsa uch koʻrinishda boʻlib, v stolbes, tablichniy va virovnenniy deb ataladi. V stolbes va virovnenniy nomli formalar faqat bitta yozuvga tegishli maydonlarni nomlari va ularga mos ma’lumotlarni ifodalaydi. Tablichniy esa natijaviy jadvalni toʻliq barcha yozuvlari va maydonlari bilan ifodalaydi. Soʻnggi muloqot oynasi hosil boʻlgan hisobotni qanday nom bilan saqlash kerakligini soʻraydi. T O P Sh I R I Q O‘qituvchilar jadvali asosida mansablar bo‘yicha guruxlantirilgan hisobot tuzing. Topshiriqni bajarish tartibi: Hisobot hosil qilish uchun Sizdan quyidagi ishlar ketma-ketligini bajarish talab qilinadi:
Download 147,8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling