5-mavzu: Mutaxassislik ilmiy-metodik mavzusi bo’yicha ilmiy-tadqiqotlarni o’tkazish holatini tahlil qilish. Reja: «Ilmiy ish rejasi»


ILMIY - TADQIQOTCHILIK ISHINING REJALASHTIRILISHI


Download 72.63 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi72.63 Kb.
#1630557
1   2   3   4
Bog'liq
1 (3)

ILMIY - TADQIQOTCHILIK ISHINING REJALASHTIRILISHI
Siz bu bobda o’zingizning ilmiy-tadqiqotchilik ishingizni qanday rejalashtirish kerakligini bilib olasiz.
«ILMIY ISH REJASI» TUSHUNCHASI MAZMUNI

Ilmiy ish rejasi jamuljam holida uning mohiyatini aks ettiradi. Bu muallif aytmoqchi bo’lgan narsaning sxematik ifodasidir.
Reja tadqiqot jarayonida o’zgarishi mumkin, chunki ob’ektni o’rganish va ilmiy vazifa yechimining yangi jihatlari topilishi mumkin.
Rejalash sodda yoki murakkab bo’lishi mumkin. Sodda reja asosiy masalalar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Murakkab rejada har bir bob paragraflarga bo’linadi.
Ba’zan kombinatsiyalashgan reja to’ziladi, unda ayrim boblar paragraflarga bo’linadi, boshqalari esa qo’shimcha ruknlarsiz qolaveradi.

Tadqiqot dasturi bu aniq mavzu ustidagi bo’lg’usi ishning mohiyati va tarkibiy qismlari haqidagi aniq tasavvurdir.




FAOLIYaTNI REJALASHTIRISHNING PROTSESSUAL TO’ZILMASI

Bir xillikni aniqlash, faoliyat uchun foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar va resurslarni, shuningdek rivojlanish istiqbollarini belgilash.



Faoliyat mazmunini belgilash, u ideal ma’naviy ehtiyojlarni qondirish va jamiyatning faoliyat yuritishini optimallashtirish, umumiy manfaatlarni ko’zlab har bir kishi va har bir odamlar guruhining erkin o’zini o’zi rivojlantirishi va o’z imkoniyatlarini o’zi amalga oshirishi uchun optimal shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’ladi. Bunda faoliyat ob’ektini va predmetini (ob’ektga nuqtai nazar) belgilash muhimdir. Tanlangan mazmun faoliyat strategiyasi va mazmuni bo’ladi.

Faoliyat maqsadlarini topish (taktika): aniq vazifalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.


Faoliyat tamoyillarini belgilash: tarixiylik, politsentrizm, ko’p o’lchamlilik, an’analar va yangilanishning birligi, integratsiya va differentsiatsiyaning o’zaro aloqasi, qadriyatlar borasidagi bag’rikenglik, dialogchilik, legitimlilik, insonparvarlik.


Faoliyat yo’nalishlarini tanlash: faoliyat ob’ekti va predmetiga qarab tanlanadi va unga har tomonlama ta’sir ko’rsatishni ta’minlashi kerak yoki, juda bo’lmaganda, ob’ektning eng muhim tomonlariga daxl qilishi lozim.


Faoliyat vazifalarini ifodalash: faoliyat nihoyasida kutilgan natijalarni olish uchun yechilishi lozim bo’lgan aniq muammolar va masalalar va faoliyatning strategik mazmunining tegishli yo’nalishlarda mujassamlashtirilishi.





Download 72.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling