Bo'laklab tandalash
Bo'laklab tandalash usulida tandadagi iplar teng bo'laklarga bo'linadi. Har bir bo'lak alohida ensiz tanda g'altagiga o'raladi. O'ralgan bo'laklardagi tanda ipining zichligi to'quv dastgohidagi iplar zichligiga teng bo'ladi. O'ram o'ralgan ensiz val bulak deb ataladi. Belgilangan m bo'lak o'rab bo'lingandan so'ng. ular hammasi to'quv g'altagiga o'raladi. Mohiyati bo'yicha bo'laklab tandalash guruhlab va piltalab tandalashga o'xshash. Bu usul rangli iplarni tandalash uchun qulay, lekin uning unumdorligi past. Sanoatimizda bo'laklab tandalash qariyb qo'llanilmaydi. Bu usul «Metap» mashinalari uchun tanda iplari tayyorlash uchun qulaydir.
O'rta va kichik xajmli tanda g'altaklari tayyorlovchi yuqori tezlikli tandalash mashinasi (Model KD-1000)
(Ton Tun Industry Corporation)
1.19. rasm. Tandalash mashinasi (Model KD-1000)
Tandalash tezligi-0-600 m/min
¢altak: diametri-750-1000 mm
eni- 900-1800 mm
1.20-rasm. Tandalash mashinasi
A-tanda g'altagini eni, mm
Do'stlaringiz bilan baham: |