5-mavzu: Nizoga moyil, deviant xulq-atvorga moyil bolalar bilan ishlash bo'yicha psixologlar uchun amaliy tavsiyalar


Download 118.74 Kb.
bet11/15
Sana01.05.2023
Hajmi118.74 Kb.
#1420088
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
YCgICf6bkZU2Y0d19Aur4wavbeH31xaZtX1XCaWL

О‘z-о‘zini baholash - insonning о‘z sifatlari, qobiliyatlari, ijtimoiy holatiga о‘zi tomonidan baho bera olish.
Agar inson о‘ziga qо‘ygan bahosi tо‘g‘ri, obyektiv bо‘lsa, demakki, atrof- muhit, atrofdagi insonlar bilan ham tо‘g‘ri muloqot qila oladi. О‘smirning о‘z-о‘ziga bergan bahosi quyidagicha umumlashtiriladi:
* juda baland
* о‘rta
* past
* juda past
Psixologlar о‘smirning о‘z-о‘zini baholash darajasini aniqlashtirmoqchi bо‘lishsa, Kovalev tuzgan test savollaridan foydalanish mumkin.
7. О‘smirlarning deviant xulqqa moyilligi tashxisi. Har bir deviant xulqqa bо‘lgan moyillik avvalambor sinf rahbarlari, о‘qituvchilari tomonidan berilgan ma’lumotlarda namoyon bо‘ladi. Ammo bu ma’lumotlar tо‘liq bо‘lmasligi ham mumkin, chunki bu yoshda deyarli barcha о‘smirlar salbiy ishlar, be’etiborliklarga yо‘l qо‘yishadi. О‘smirdagi deviant xulq darajasini aniqlash uchun psixolog о‘smir bilan yakka tartibda aniq maqsadli suhbat о‘tkazishi kerak. Suhbat uchun mutaxassislar tomonidan quyidagi tartibda savollar berishi maqsadga muvofiqdir. О‘smir о‘zini uydagi, maktabdagi xulq-atvorini doimo tо‘g‘ri deb о‘ylaydimi? Agar u doimo haqman deb о‘ylasa, nima uchun kattalar, ya’ni ota-onasi, о‘qituvchilari uni intizomsizlikda, bо‘ysunmaslikda ayblashadi? Agar u о‘zining xulq-atvoridagi noma’qulchiliklarni bilsa, bu illatga kim yoki nima aybdordir?
О‘smir о‘zining notо‘g‘ri xatti-harakatlaridan og‘rinadimi? Maktabga borish davomati qay darajada:
muntazam, sababsiz dars qoldirishlar uchrab turadi?
 uzluksiz dars qoldiradimi?
Bо‘sh vaqtini qayerda о‘tkazadi: uyda, kо‘chada, dо‘stlari bilan?
Zararli odatlari bormi: chekish, spirtli ichimliklarni ichish, giyohvand moddalarni qabul qilish. Nima uchun u zararli odatlarga bog‘lanib qolgan? Agar u zararli odatlarga kо‘nikib qolmagan bо‘lsa, hayoti davomida bir bora bо‘lsa ham iste’mol qilganmi? Uning fikricha ota-onasi yetarlicha ta’minlay olmadilarmi? Agarda u qandaydir qimmatbaho buyumni olmoqchi bо‘lsayu, yetarli mablag‘ni topa olmasa, sharoiti bо‘lmasa, u о‘sha narsani yoki kerakli pulni о‘g‘irlash haqida о‘ylab kо‘rganmi?
Kimdir uni ranjitsa, uni kaltaklash istagi tug‘iladimi? U ichki ishlar tarmoq idoralari orqali huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilganmi?
Agar javobgarlikka tortilgan bо‘lsa, uning sabablari nimada? U о‘zi uchun qanday xulosa chiqaradi? О‘z-о‘zini о‘ldirish haqida о‘ylaganmi, о‘ylagan bо‘lsa, bunday fikrga qanday qilib yо‘l qо‘ygan?
Hayotining ayni hozirgi damlarida uning uchun qimmatli hisoblangan qadriyat: maktab, kо‘chadagi dо‘stlari, guruhda yig‘ilish, bilim olish, ishlash, pul topish, va hakozo.
Suhbat natijasidagi xulosani esa ekspress sо‘rovnoma anketasi orqali tо‘ldirish mumkin.

Download 118.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling