5-mavzu. Ommaviy axborot vositalari. Internet hayotimizda. O‘zbekiston va jahon
Download 124.98 Kb.
|
2 5433607325678046101
Huquqiy va me’yoriy qonunlar- inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Q. davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Q. davlat huquq tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega boʻladi. Q. uchun uni qabul qilishning alohida tartibi. bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish jarayoni xosdir. Bu bosqichlar qonunchilik tashabbusi, qonun loyihasining muhokama qilinishi, Q.ning qabul qilinishi va uning eʼlon qilinishidan iborat. Q.lar oʻzida mujassamlashgan normag larning mohiyati boʻyicha konstitutsiyaviy. toʻgʻridan-toʻgʻri konstitutsiya talablari asosila qabul qilinadigan (organik) va oddiy Q.larga boʻlinadi. Oddiy Q.lar, oʻz navbatida, kodifi-katsiya qilingan va joriy Q.larga boʻlinadi. Federativ davlatlarda Q.lar, shuningdek, federal va fede-ratsiya subʼyektlari Q.lariga ajratiladi. Q.larning alohida toifasini favqulodda Q.lar tashkil etadi.
Normativlik Qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ boʻlishi mumkin, lekin ular Q.chalik qatʼiy kuchga ega boʻlmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki huquqni muhofaza etuvchi boʻlishi mumkin. Qonunning normativligi uning bir xildagi qoidani barcha uchun norma, meʼyor, mezon darajasiga koʻtarilishidadir. Qonunda mustahkamlangan qoida hamma oʻxshash hollarda bir xildagi talab sifatida takror-takror amal qiladi. Q.ning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qatʼiyligi, ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bogʻliqligidadir. Aynan shu irodaning imperativ (boʻysundiruv-chi) mazmuni Q. vositasi bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Q.lari quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1) asosiy qonun — Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun; 3) Qonun (kodekslar va joriy Qonunlar); 4) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini.insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining , butun qonunchilikning oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy Qonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yoʻlida chiqariladi. Q.lar quyidagi hollarda kuchga kiradi: rasman eʼlon qilingandan 10 kun oʻtgach; Q.da yoki uni amalga kiritish toʻgʻrisida maxsus hujjatda koʻrsatilgan vaqtdan boshlab. Q. oʻzida koʻrsatilgan muddat tugagan boʻlsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi Q. qabul qilinishi munosabati bilan) oʻz kuchini yoʻqotadi. Q. zamonda amal qiladi. Buning maʼnosi shuki, ayrim Q.lar orqaga qaytish kuchiga ega. Yaʼni, Q. eʼlon qilinmasdan oldin boʻlgan ishlarga shu Q. tatbiq etiladi. Jumladan, Oʻzbekistonda jinoyat va maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi Q.lar orqaga qaytish kuchiga ega. Q. makonda ham amal qiladi. Buning maʼnosi Q.lar mamlakatning barcha hududlarida amal qilishini bidsiradi. Davlat hududiga quruqlik, ichki suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar ustidagi havo boʻshligʻi va davlat chegarasi doirasidagi yer osti kiradi. Odatda, Q.lar ushbu hududdagi barcha subʼyektlar, yaʼni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir. Q.ning oliy yuridik kuchga egaligi quyidagilarda namoyon boʻladi: Q.ni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech kim oʻzgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangisini oʻrnata olmaydi; boshqa barcha normativ-huquqiy aktlar Q.ga qatʼiy muvofiq holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi; bironbir qonunosti normativ-huquqiy akt, yaʼni, qonunga asoslangan hujjat Q.ga zid boʻlsa, u Q.ga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi; Q.ni qabul qilgan organdan boshqa hech kim uni qoʻshimcha tarzda tasdiqlashi va harakatdan toʻxtatib qoʻyishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasining Q.larida yangilanayotgan ijtimoiy tuzumning , huquqiy davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanish yoʻnalishlari va dasturiy vazifalari oʻz aksini topadi.
Download 124.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling