5-mavzu. O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish. Mustaqillik yillarida


O`zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirish yo`li. Iqtisodiy islohotlar, uning


Download 121.75 Kb.
bet10/15
Sana15.11.2023
Hajmi121.75 Kb.
#1777235
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish - копия

 
O`zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirish yo`li. Iqtisodiy islohotlar, uning 
strategiyasi, ustuvor yo`nalishlari va bosqichlari. 
 
O`zbekiston
davlat
mustaqilligiga
erishganidan
keyin
umumbashariy
jahon
sivilizatsiyasining katta yo‗liga tushib oldi. Turli mamlakatlardagi bozor iqtisodiyoti, u xox
Amerika yoki Germaniyada bo`lsin, xox Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo`lsin, baribir
umumiy qonunlar bo`yicha rivojlanib borgan holda har biri jahon o`zigaxos xususiyatlariga ham
ega bo`lgan. Bu xususiyatlar xo`jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati va iqlimi, milliy
rasm-rusumlari, an‗analari va milliy harakteri orqali belgilanadi.
O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tishning yo`li ishlab chiqildi Bu yo`lning asosiy
qoidalari Birinchi Prezident I.Karimovning ―O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning
o`zigaxos yo`li‖ nomli asarida, respublika parlamentida qilgan ma‗ruza va nutqlarida, mamlakat
parlamenti qabul qilgan qonunlarda bayon etib berilgan. Bu yo`lga , birinchidan, xalqaro tajriba
asos qilib olindi.
Ikkinchidan, respublikaning xo`jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, yakka hokimlik tizimidan
meros bo`lib qolgan muammolar hisobga olindi. Bizga sobiq Ittifoqdan murt, zaif, bir yoqlama
rivojlangan, paxta yakka hokimligi va boy mineral-xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz
foydalanish asosiga qurilgan iqtisodiyot meros bo`lib qolgan edi.
Iqtisodiy rivojlanishning xom ashyoviy yo`nalishini, xom ashyoni oddiy-sodda qayta
ishlash quvvatlarining ibtidoiy darajasini ishlab chiqarishning chetdan keltiriladigan texnologik
asbob-uskuna va butluvchi qismlarga butkul qaramligini hisobga olsak, bu og‘ir merosning
noqobil jihatlari yanada yorqin namoyon bo`ladi. Bu og‘ir merosning yana bir xususiyati -
respublikaning yoqilg‘i va g‘alla masalasida markazga qaramligida, un, shakar, gusht, sut
mahsulotlari kabi eng muhim oziq-ovqat mollarining, boshqa xalq iste‗moli tovarlarining, tayyor
mahsulotlarning chetdan olib kelishlarida yaqqol ko`rinadi.

Mamlakatimizdan katta miqdordagi yetishtirilgan paxta xosilining aksariyat hajmi moddiy


boylik suv-tekinga tashib ketilar edi. Oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga
ega materiallar, jahon bozorida o`ta haridorgir bo`lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab
chiqarish va sotishdan keladigan foyda O`zbekiston xazinasiga tushmas edi.
Bunday vaziyat respublikada o`tkir ijtimoiy, ekologik muammolar hal etilmayotgan, nufo`zi
jadal sur‗atda o`sib borayotgan, aholi turmush darajasi jihatidan sobiq SSSRda eng oxirgi
o`rinlardan birida turgan paytda ro`y berayotgani ayniqsa, achinarli edi. Masalan, 1990 yilda
Rossiya va Ukrainada 30 foiz aholining daromadi tirikchilik o`tkazish uchun zarur bo`lgan eng
qo`yi darajadan kam bo`lgan bo`lsa, O`zbekistonda aholining 70 foizi shunday ahvolda yashardi.
Shunday ulkan salohiyatga ega bo`lgan mamlakatni kamsitadigan og‘ir axvolga solib qo`yib,
u qonuniy xaqli ravishda o`zigaqarashli bo`lgan mablag‘ni markazdan dotatsiya sifatida so`rab,
aytishi mumkin-ki, yolvorib olishga majbur bo`lgan edi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda ana
shunday vaziyat inobatga olindi. Uchinchidan, bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`lini belgilashda
mamlakatimizning tarixan tarkib topgan milliy qadriyatlari, xususiyatlari, an‗analari va
manfaatlari hisobga olindi.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, davlatchiligini qo`lgakiritish, milliy va ijtimoiy
ozodlikka erishish hech qaerda yengil va osonlikcha bo`lmagan. Mustaqillikka erishgan har bir
mamlakat taraqqiyot yo`lini izlaydi. Yangi jamiyat barpo etishda andozasini ishlab chiqishga
intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o`rtasida tarkib topgan munosabatlar,
ularning dunyoqarashi, jumladan diniy e‗tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo
etadi. Dunyoda ijtimoiy taraqqiyot yo`lining turli variantlari mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya,
Shvetsiya modellari va boshqalar bunga misoldir. Bir qancha musulmon mamlakatlari va yangi
industrial mamlakatlarning tajribasi ham shuni ko`rsatadi. Ikkinchi jahon urushdan keyin
Yevropa mamlakatlari va Yaponiya xalq xo`ligini qayta tiklash ham buning amaliy namunasidir.
O`zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to`plangan va respublika sharoitiga
tadbiq qilsa bo`ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan samarali foydalandi. Gap biron bir
modelni, Hatto u ijobiy natijalar bergan taqdirda ham ko`r-ko`rona ko`chirib olish to`g‘risida
borayotgani yo`q. Aniq-ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo`ljallangan bo`lsa,
o`shamamlakatning o`ziga xos sharoitidagina ijobiy natija beradi.

Download 121.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling