5-Mavzu. Paxtani tozalash mashinalari ishchi qismlarini tayyorlash texnologik jarayonlari
Download 0.82 Mb.
|
1 2
Bog'liq5-маъруза
5-Mavzu. Paxtani tozalash mashinalari ishchi qismlarini tayyorlash texnologik jarayonlari. Paxtani tozalash mashinalari ishchi qismlarini tayyorlashni o‘ziga xos xususiyatlari. Chigitli paxtani tozalash mashinalari ishchi qismlariga qo‘yiladigan asosiy texnik va texnologik talablar. Arrachali va cho‘tkali barabanlarni tayyorlash va yigish tehnologiyasi. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mashinalar turlari, konstruktsiyasi, katta-kichikligi, vazifasi va texnik talablari bo’yicha xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bularga quyidagilar kiradi: Og’ir va sermexnat ishlarni mexanizatsiyalashga mo’ljanlangan mashina va mezanizmlar-ya’ni piltali transporterlar, vintli konveyorlar, paxta, chigit va tola uzatgichlar; Paxtani ifiosliklardan tozalovchi mashinalar- ya’ni shnek va barabanli tozalagichlar, ko’rak(chanoqli paxta) tozalagichlar va boshqalar; Paxta qurituvchi mashinalar; Paxta tolasini tozalovchi mashinalar; CHiqindilarni qayta ishlovchi mashinalar; CHangsizlantiruvchi quriimalar; Arra charxlovchi yordamchi asbob-uskunalar(arra tishlarini qirquvchi dastgoxlar) Paxta, tola va momuqni pnevmotransport jihozlari; Presslar va gidropresslar. Paxta tozalash mashinasozligi ishlab chiqarishni keng ko’lami bilan farqlanadi, ya’ni kichik seriyalabdan yirik seriyalabgacha va ayrim detallar bo’yich ommaviy ishlab chiqarish bilan. Paxta tozalash mashinasozligida 4 xil detallar ommaviy ishlab chiqariladi: 1. Arralar; 2. Tola ajratgichlarning kolosniklari; 3. Momuq ajratgichlaning kolosniklari; 4. Arralar orasidagi qistirmalar. Hamma qolgan detallar ishlab chiqarishning donabay va seriyalab turi bo’yicha tayorlanadi. CHigitli paxtani, jumladan yirik iflosliklardan tozalash mashinalarida asosan paxta yirik iflosliklardan tozalanadi va bundagi asosiy texnologik talab paxtani yirik iflosliklardan samarali, talab darajasida tozalash bilan bir qatorda tozalagich ishchi organlarini ta’sirida paxta chigitini shikastlanishini kamaytirishdir. Bunday tozalagichlar paxtadan chanoq bo’lakchalarini, shoxchalar va boshqalarni to’liq ajratishi kerak, tolani chigitdan erkin ajralishiga , ya’ni «erkin tolalarni» hosil bo’lishiga yo’l qo’ymasligi kerak. Paxtani tozalash jarayonida ajratilgan chiqindilarga paxta va bo’lakchalarini qo’shilib qolishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Tozalagich konstruksiyasida qurilmani ish unumdorligi paxtani tozalash samaradorligi va tozalash jarayonida tiqinlarga paxta xomashyosini tushib qolish holatlarini nazorat qilish va sozlash uchun maxsus asbob va mexanizmlar bo’lishi nazarda tutilishi lozim. Paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinasi paxta xomashyosini tozalash oqimli texnologik chizigini elementi hisoblanadi va uni loyixalash hamda ishlab chiqarish jarayonida chiziqli barcha gabarit o’lchamlari va transport aloqalariga bo’lgan barcha talablari asosidagi tozalagichni o’rnatish joyini hisobga olish kerak. Tozalagichlardan foydalanish joylariga qarab ular yaqingacha statsionar (ya’ni qo’zg’almas) va harakatlanuvchi turlarga bo’linar edi. Statsionar tozalagichlar asosan paxtatozalash korxonalarida o’rnatilgan bo’lsa, harakatlanuvchilaridan asosan bevosita dala sharoitida foydalanar edi, ammo, oxirgi 20…25 yil ichida harakatlanuvchan tozalagichlardan deyarli foydalanilmadi. Paxtatozalash sanoatiga ham klaster tizimini kirib kelishi yana harakatlanuvchi tozalagichlarga ehtiyoj keltirib chiqarishi mumkin. Tozalagichdagi bir xil ishchi pog’onalar soniga qarab tozalagichlar tozalanishi bir pog’onali va ko’p pog’onaligiga bo’linadilar. Ish unumdorligi va texnologik jarayonga qo’shilishiga ko’ra tozalgichlar indvidual va batareyaliklarga bo’linadilar. Batareyali tozalagichni paxtani qayta ishlash bo’yicha unumdorligi jinlar batareyasini paxtani qayta ishlash bo’yicha ish unumdorligiga mos keladi, indvidual tozalagichni ish unumdorligi esa, taxminan bitta jinni ish unumdorligiga to’g’ri keladi. Paxta xomashyosi bilan ta’minlashni sozlash usuliga ko’ra tozalagichlar qo’l yordamida yoki avtomatik boshqariladigan turlariga bo’linadilar. Mashinani paxta xomashyosi bilan ta’minlashni qo’l yordamida boshqarishni mashinaga xizmat ko’rsatuvchi operator bajaradi, avtomatik boshqarish esa, shaxta to’plagich yoki bunker ta’minlagichida paxtani doimiy darajada bo’lish imkonini beradigan maxsus qurilmalar orqali amalaga oshiriladi. CHiqindilarni ajralishi tasnifiga ko’ra yirik iflosliklardan tozalagich hamda kombinatsiyalangan-ham yirik ham mayda iflosliklardan tozalagichlar mavjud. Birinchilariga 1XK rusumidagi tozalagichlar, ikkinchisiga esa UXK rusumidagi tozalagichlar kiradi. Texnik nuqtai-nazaridan tozalagichlar belgilangan talablarga javob berishi kerak, jumladan; - mashinani ishchi organlarini mustaxkamligi etarlicha bo’lishi kerak; - mashinani ishchi organlarini ishlash muddatlari etarlicha bo’lishi kerak; -mashinani shovqin chiqarishi o’rnatilagan darajadan oshmasligi kerak; - mashinani ekspluatatsiya qilishdagi xizmat ko’rsatishni qulayligi ta’minlanishi kerak; -mashinani sochish-yig’ish, ta’mirlash ishlarini bajarish oson bo’lishi kerak; -mashinani aylanuvchan qismlarini muvozanatlash aniq bajarilgan bo’lishi kerak. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling