Almas va mavhum qaynash qatlamning gidrodinamikasi
Download 157.47 Kb. Pdf ko'rish
|
6-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqim tezligi o kr1
QO‘ZG‘ALMAS VA MAVHUM QAYNASH QATLAMNING GIDRODINAMIKASI Mavhum qaynash holati - «qattiq jism - gaz» yoki «qattiq jism - suyuqlik» sistemalarida kuzatiladi. Ushbu jarayon paytida gaz yoki suyuqlik oqimidagi zarrachalar muallaq holatda b o‘lib, bir-biriga nisbatan betartib ravishda erkin harakat qiladi. SHuning uchun ushbu holat adabiyotlarda mavhum qa ynash qatlami, donador qatlamni qaynashi yoki muallaq qatlam holati deb yuritiladi. Mavhum qaynash qatlami quyidagicha hosil qilinadi. Ixtiyoriy shakldagi verti kal idish (masalan, tsilindr) tubiga sim t o‘r o‘rnatilib, uning yuzasiga m uayyan qalinlikda sochiluvchan donador qattiq material zarrachalari t o‘kiladi. SHundan s o‘ng apparat tubidan yuqoriga, t o‘r orqali havo (yoki suyuqlik) oqimi yuboriladi. Dastlab, havo oqimini tezligi (sarfi) kichik b o‘lganda, to‘r ustidagi material qatlami q o‘zg‘almas bo‘ladi. Havoning tezligi ma’lum bir qiymatlarga ega b o‘lganda qatlamdagi materialni ng og‘irligi gaz oqimining gidrodinamik bosimiga teng b o‘lib qoladi. Natijada, gidro dinamik muvoz anat yuzaga kelib, zarrachalar bir - biriga nisbatan turli y o‘nalishlar bo‘yicha siljiy boshlaydi. Gaz tezligi yanada oshirilsa, zarrachalar harakati tezlashadi, qatlam kengayadi va u xuddi qaynayotgandek b o‘lib ko‘rinadi. Qatlamni bunday holat i mavhum qaynash holati deyiladi. Material qatlamini o‘zgarmas holatdan mavhum qaynash holatiga o‘tish jarayoniga t o‘g‘ri keluvchi havo ning (suyuqlikning) tezligi mavhum qaynashning boshlanish tezligi yoki birinchi kritik tezlik k r 1 deb yuritiladi. Gaz (suyuqlik) oqimining tezligiga ko‘ra donador material qatlamining asosiy holatlarini tahlil qilamiz. 1. Oqim tezligi o kr1 Download 157.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling