Mavzu: Sochiluvchan material qatlamining dispersligi


Download 18.51 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi18.51 Kb.
#1838365
Bog'liq
14 amaliyot


Mavzu:Sochiluvchan material qatlamining dispersligi
Dispersion tarkib-sochiluvchan material polidispers sistema bo’lib, uning dispersligini baxrlash uchun zarrachalarning kuyidagi xarakteristikalaridan foydalaniladi: δmax ~ maksimal o`lcham; δmin - minimal o`lcham; δo’r - urtacha o’lcham.
Yuzaning solishtirma maydoni-- Fc (M2/M3)

bu yerda X - chizikdi o’lcham; r - zarracha zichligi; shar shakli uchun n=1.Maydalangan materialning dispersion tarkibini Rozin-Rommler formulasi yordamida aniqlash mumkin.

R=exp (- b δn )


bu yerda b, n-konstantalar
Agar, zarrachalar o`lchami turlicha bo`lsa, material bir necha frakstiyalarga elab ajratiladi. So`ng, xar bir frakstiya uchun zarracha o`lchami Li, frakstiyalarning massaviy ulushlari xi larni aniqlab, FC ni xisoblash mumkin;



Materiallarni elash uchun metall yoki boshka material listlarida teshiklar xosil qilingan turlar, metall sterjenlari parallel joylashtirilgan kolosniklardan foydalaniladi. Elak teshigi kuri™shi kvadrat yoki tugri turtburchak shayutida bulishi mumkin. O`lchami esa 0,04 dan 100 mm gacha bo`ladi. Elak raqami, shu elak teshigi o`lchamining qiymati bilan bir xil bo`ladi. Elaklar ma’lum bir kator frakiiyalarni klassifikastiyalab ajratib
olish uchun quyidagi ko`p marotabali elash usuli qo`llaniladi (7.15-rasm):
- maydadan yirikka. Ushbu usudsta material teshik o`lchamlari ortib bo- ruvchi bir necha elakdan ketma-ket utkazish yo`li bilan amalga oshiriladi;
- yirikdan maydaga. Teshik O`lchamlari kamayib boruvchi elaklar biri- birini ustiga o`rnatiladi;
- kombinastiyalangan.
Teshikli tebranuvchan ralvir-mashinaning afzalliklari: ralvirlash sa-maradorligi yuqori; ixcham; ta’mirlash qulay.
Ralvir mashinaning kamchiliklari: konstrukstiyasi mukammal emas; sa-
ralash paytida silkinib, tebranib ishlaydi.
Rolikli elaklar xarakatchan kolosnikli mashinalar katoriga kiradi.
Bu turdagi mashinalarda elash yuzasini parallel o`rnatilgan. Aylanuvchi
o`qdarga maxkamlangan disk yoki roliklar bajaradi. Ajratilayotgan material
disk yoki gildirak ustida xarakatlanadi va ular orasidagi tirkishdan pastga tushadi.

20-Amaliy mashg’ulot
Sochiluvchan materiallarni klassifikatsiyalash
Turli xil sochiluvchan materiallarni o‘lchash va me’yorlash, sochiluvchan buyumlami hisobga olish vositalari texnologik jarayonlarni, ortish-tushirish ishlarini va savdo-hisob operatsiyalarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Bunday o‘lchash vositalariga dozatorlar, tarozilar, va turli xil tenzorezistorli o‘zgartkichlar kiradi.
Tarozi — qattiq, sochiluvchan yoki suyuq moddalarning massasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir. Tarozilar, odatda, tortish prinsipiga, muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubi, qo‘llanish sohasi, avtomatlashtirilganlik darajasi, tortish chegarasiga va xokazoga ko‘ra tasniflanadi.
Tortish prinsipiga ko‘ra tarozilar diskret (davriy) va uzluksiz ishlaydigan tarozilarga ajraladi. Muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubiga ko‘ra tarozilar ikki guruhga bulinadi: mexanik (shayinli va prujinali) va elektromexanik tarozilar. Qo‘llanish sohasi va tortish chegararariga ko‘ra tarozilar umumiy vazifani bajaruvchi laboratoriya tarozilariga, texnologik tarozilarga; avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra noavtomatik va avtomatik tarozilarga bo‘linadi.
Dozatorlar — sochiluvchan (va suyuq) materiallarning massalari yoki hajmlarini avtomatik o‘lchab beruvchi (dozalovchi) qurilmadir. Dozatorlar diskret va uzluksiz ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Diskret ishlaydigan (porsion) dozatorlar asosan qurilmalarni balandligi bo‘yicha joylashtiriladigan texnologik jarayonlarda qo‘llaniladi. Uzluksiz ishlaydigan dozatorlar qurilmalarni gorizontal joylashtirish va materiallarni konveyer usulida tashish bilan bog‘liq texnologik jarayonlarda foydalaniladi.
Tarozi—o‘lchov texnikasining zamonaviy holati mexanik tizimlardan elektron qurilmalarga kuchning elektromexanik (tenzorezistorli, vibrosterjenli) uzgartkichlaridan va zamonaviy mikroelektronik vositalardan foydalangan holda, shu jumladan mikroprotsessorlardan va maxsus qo‘llaniladigan mikro sxemalardan foydalangan holda o‘lchash bilan ifodalanadi. Bu tarozilarning aniqlik, unumdorlik, avtomatlashtirilganlik darajasi, ishonchlilik va boshqa shu kabi muhim ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi.
Tarozi va dozatorlar texnologik qurilmalarning tarkibiy qismi hisoblanadi, shuning uchun, ham ularning konstruksiyasi va qurilmalari mazkur darslikda qarab chiqilmaydi.
Mazkur bobda texnologik qurilmalarga kiritiladigan avtomatik torozi o‘lchov qurilmalari (torozilar va dozatorlar) ning ba’zi o‘lchov o‘zgartkichlari qarab chiqiladi. Elektromexanik shayinsiz tarozilarning konstruksiyasi eng istiqbollidir, bunda yuk ko‘taruvchi qurilma bevosita kuch o‘zgartkichiga ta’sir qiladi. Signalni o‘zgartirish va qayta ishlash, tortish natijalarini indikatsiyalash, shuningdek, tortish jarayonini boshqarish va ma’lumotlarni chiqarish (olish) datchik bilan kabel orqali bog‘langan ajratuvchi blok (asbob) vositasida amalga oshiriladi.
DEDVU turidagi kuch o‘lchovchi tenzorezistorli o‘zgartkichlar (datchiklar) tortuvchi elektrotenzorezistorli qurilmalarda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan. O‘lchanayotgan kuchning ta’sir ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra o‘zgartkichlar—davriy bo‘shatiladi. O‘zgartkichning tuzalishi (qurilmasi) 1- rasm da keltirilgan.




Download 18.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling