5-mavzu: Qurilish pudrati shartnomasi. Reja


Shartnoma shartlarini bajarmaslikning oqibatlari


Download 324.5 Kb.
bet5/5
Sana30.04.2023
Hajmi324.5 Kb.
#1406162
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu Qurilish pudrati shartnomasi. Reja

4.Shartnoma shartlarini bajarmaslikning oqibatlari.
Qurilish pudrati shartnomasi bo’yicha taraflardan birining o’z majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligi oqibatlari tegishli javobgarlikni yuzaga keltiradi. Mazkur javobgarlik pudrat shartnomalaridan kelib chiqadigan umumiy javobgarlik bilan birga maxsus javobgarlik holatlari ham Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan. FKning 668-moddasiga asosan bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun pudratchi javobgar bo’ladi. Chunki pudratchi aynan texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda qurilish-ta’mir­lash ishlarini amalga oshirayotgan paytda uning atrofini o’rab olishi yoki biror belgi qo’yishi lozim. Aks holda atrof muxitga, fuqarolarning hayoti va sog’lig’iga, mulklarga jiddiy zarar yetkazish ehtimoli mavjud bo’ladi. Aynan bu holat FKning 678-modda­sida nazarda tutilgan. Unga asosan pudratchi qurilish va u bilan bog’liq ishlarni amalga oshirayotgan vaqtda atrof-muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borishga doir qonun hujjat­larining talablariga rioya etishi shart va bunday talablar buzilganligi uchun uchinchi shaxslar oldida javobgar bo’ladi.
Shartnomada butun qurilishni yoki uning muayyan qismini moddiy ta’minlash buyurtmachi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan bo’lmasa, qurilishni materiallar, shu jumladan detallar va konstruksiyalar, shuningdek uskunalar bilan ta’minlash majburiyati pudratchi zimmasida bo’ladi. Qurilishni ta’minlash majburiyatini zimmasiga olgan taraf o’zi topshirgan materiallar (detallar, konstruksiyalar)dan, shuningdek uskunalardan bajarilayotgan ishlar sifatini yomonlashtirmagan holda foydalanib bo’lmasligi vujudga kelganligi uchun, agar foydalanib bo’lmaslik ikkinchi taraf javob beradigan vaziyatlar tufayli vujudga kelganligini isbot qilmasa, javobgar bo’ladi. Buyurtmachi bergan materiallar yoki uskunalardan bajarilayotgan ishlar sifatini yomonlashtirmagan holda foydalanish mumkin emasligi aniqlangan va buyurtmachi ularni almashtirishdan bosh tortgan taqdirda, pudratchi qurilish pudrati shartnomasidan voz kechishga va buyurtmachidan ishning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda shartnoma narxini to’lashni talab qilishga haqli.
Pudratchi qurilish pudrati shartnomasida, texnikaviy loyiha­da va taraflar uchun majburiy bo’lgan qurilish normalari va qoida­larida nazarda tutilgan talablardan chekinishga yo’l qo’yilganligi, shuningdek qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgi­langan ko’rsatkichlariga, jumladan korxonaning ishlab chiqarish quv­vatiga erishilmaganligi uchun buyurtmachi oldida javobgar bo’ladi. Bino yoki inshoot rekonstruksiya qilinganida (yangilangan, qayta qurilgan, restavrasiya qilinganida va hokazo) binoning, inshootning yoki uning bir qismining mustahkamligi, barqarorligi, ishonchli­ligi pasaygani yoki yo’qolgani uchun javobgarlik pudratchi zimmasiga yuklanadi. Pudratchi buyurtmachining roziligisiz loyiha hujjatla­ridan buyurtmachining jiddiy manfaatlariga ta’sir qilmaydigan tarzda ozgina chetga chiqish hollariga yo’l qo’yganligi uchun, basharti bu hol qurilishning sifatiga ta’sir etmaganligini isbotlab bera olsa, javobgar bo’lmaydi.
Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, pudratchi qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlarga erishishini va obyektni kafolat muddati davomida shartnomaga muvofiq holda ishlatish mumkinligini kafolatlaydi. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha kafolat muddati nazarda tutilgan bo’lmasa, kafolat muddati obyekt buyurtmachi tomondan qabul qilingan kundan boshlab o’n yilni tashkil etadi.
Agar pudratchi kafolat muddati davomida aniqlangan kamchi­liklar (nuqsonlar) obyektning yoki uning qismlarining normal eskirishi, uning noto’g’ri ishlatilishi yoxud buyurtmachining o’zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar ishlab chiqqan qo’llanmaning noto’g’­riligi, obyektni buyurtmachining o’zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar tegishli darajada ta’mirlamaganligi oqibatida vujudga kelganligini isbotlay olmasa, bu kamchiliklar uchun javobgar bo’la­di. Kafolat muddati pudratchi javobgar bo’lgan kamchiliklar nati­jasida obyektdan foydalanish mumkin bo’lmagan butun vaqtga to’x­tatib turiladi. Kafolat muddati davomida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, buyurtmachi kamchiliklar aniqlangandan keyingi oqilona muddat davomida ular haqida pudratchini xabardor qilishi kerak.
Qurilish pudrati shartnomasida pudratchining u javobgar bo’lmagan kamchiliklarni buyurtmachining talabi bo’yicha va buyurt­machi hisobidan bartaraf qilish majburiyati nazarda tutilishi mum­kin. Kamchiliklarni bartaraf qilish ishi qurilish pudrati shartno­masining narsasiga bevosita bog’liq bo’lmagan yoki bu ishni pudratchi o’ziga aloqasi yo’q sabablarga ko’ra bajara olmaydigan hollarda pud­ratchi ko’rsatilgan majburiyatni bajarishdan bosh tortishga haqli.
O’zbekiston Respublikasi hududida loyihalash, qurilish-mon­taj ishlarini amalga oshiruvchi, binokorlik materiallari, kons­truksiyalari va buyumlarini ishlab chiqaruvchi, qurilishda buyurtma­chi hisoblanuvchi yoki bir yo’la buyurtmachi va pudratchi vazifalarini bajaruvchi yuridik shaxslarga qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan tartibda jarima solinadi. Yuridik shaxsning javobgarlikka tortilishi uni o’zi yo’l qo’ygan qoidabuzarliklarni bartaraf etish va zararning o’rnini qoplash majburiyatidan, shuning­dek aybdor mansabdor shaxslarni intizomiy, ma’muriy, fuqaroviy-huquqiy va jinoiy javobgarlikka tortishdan ozod etmaydi.
Aholi punktlarini rejalash va qurishning bosh rejalarini, loyihalarini, tarixiy imoratlar joylashgan dahalarni qayta qu­rish rejalarini, turar joy dahalari, kichik dahalar va shaharlar­ning sanoat zonalari, qishloq aholi punktlarini qurish va obo­donlashtirish sifatini, shuningdek binolar va inshootlarning me’­morchilik yechimlarini buzish, loyihalash, qurilish-montaj ishlari­ni bajarish chog’ida qurilish sohasidagi normativ hujjatlarning talablarini buzish qonun asosida jarimaga tortilishiga sabab bo’ladi. Chunki qurilish normativlarini buzish imoratlar, inshoot­larning, ularning qismlari yoki konstruksiya ayrim elementlari­ning chidamlilik, puxtalik yoki mustahkamlik parametrlari yo’qoti­lishiga, pasayishiga sabab bo’lishi mumkin.
Qonunga asosan obyektlarni davlat ekspertizasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari, jumladan ish hujjatlari xususida berilgan ijobiy xulosasiz, shuningdek davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari ro’yxatidan o’tkazmasdan va ularning ruxsatnomasisiz qurish, qurilishda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan, lekin sertifikatlanmagan materiallar, buyumlar va konstruksiyalarni qo’llash, obyektni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzish, Davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarining ko’rsatmalarini bajarishdan bo’yin tovlash yoki o’z vaqtida bajarmaslik ham huquqbuzarlik sifatida baholanadi.


Download 324.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling