5-Мавзу: Ресурсларни тақсимлаш: вақт давомийлиги ва қазиб олиш нархи


Download 20.42 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi20.42 Kb.
#1020717
  1   2   3
Bog'liq
5-Мавзу маъруза (1)


5-Мавзу: Ресурсларни тақсимлаш: вақт давомийлиги ва қазиб олиш нархи
РЕЖА:
1. Ресурс таксономияси
2. Изланиш ва технологик тараққиёт
3. Ресурсларнинг бозор тақсимоти
Geologik qidiruv natijasida kon topilgach, shu konni tashkil qilgan foydali konning zaxirasi aniqlanadi. Chunki foydali qazilma qimmatbaxo bo`lsa xam, xarajatlarni qoplamasligi mumkin. Lekin ba`zi bir konlar sarflanadigan xarajatlarni qoplamasa xam qazib olinadi. Chunki bunday konlarda mavjud bo`lgan foydali qazilmalar xalq xo`jaligi uchun juda zarur bo`lishi mumkin.
Kon zahira qazilmaning xajmi, vazni nuqtai nazaridan hisoblanadi. Zaxiraning miqdorini aniqlash uchun uning yotish kengligi, uzunligini, qalinligini ko`paytirish kerak. Zaxira xajmi kub metrda o`lchanadi. Vaznini topish uchun xajmini zichligiga ko`paytiriladi, tonnada o`lchanadi.
V q L* H * m, m3
L – Kon qatlamining uzunligi m.
H – Kon qatlami yoki ruda tomirining yotish uzunligi m
m – Kon qatlamining qalinligi, m
QqV (m)

V – Konning xajmi, m3.


(-ruda zichligi, tG`m3.
Rudaning zichligi deganda 1m3 xajmga ega bo`lgan foydali qazilmada necha tonna ruda borligi tushuniladi. Xar bir konda aniqlangan foydali qazilma miqdori geologik zaxira deb ataladi, ya`ni foydali qazilmaning umumiy miqdori tushuniladi. Geolgik zaxira o`z axamiyatiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi, balansli, balansdan tashqari, sanoatga yaroqli. Kon zaxirasidagi umumiy foydali qazilma miqdorining bunday turlarga bo`linishiga sabab rudali jinsda foydali qazilmaning tarkibi bir xil bo`lmaydi (1-rasm).
1- rasm. Qazilma jinsining joylashish elementlari.
1-foydali qazilma; 2-qalinligi;3–ostki yon; 4–ustki yon; 5-chiziqligi; 6–og`ish burchagi.
Balansli zaxira deganda zamonaviy texnologiya taraqqiyoti darajasida iqtisodiy jixatdan qazib olish samarali bo`lgan umumiy miqdorning qismi tushuniladi. Balansdan tashqari zaxira deganda zamonaviy texnologiya taraqqiyoti darajisida qazib olish iqtisodiy jixatdan samarasiz bo`lgan umumiy miqdorning tegishli qismi tushuniladi. Umumiy miqdorning tegishli qismida foydali mineral yetarli bo`lmaydi. Lekin keyinchalik umumiy ruda miqdorining bunday qismi qazib olish va metallni bunday rudadan ajratib olish texnologiyasi va texnikasi rivojlanishi natijasida balansga o`tkazilishi mumkin.
Foydali qazilmaning balansli miqdori xam xar doim to`liq qazib olinmaydi. Yerning ustki qismida joylashgan inshootlarni va yer osti laxmlarining geometrik o`lchamlarini butunligini saqlab turish maqsadidayer osti xavfsizlik tirgagi sifatida bir qism ruda qoldiriladi. Ba`zi bir foydali qazilmalar qazib olinayotganda xosil bo`lgan bo`shliqning yon tomonlarini va shiftini butunligicha saqlab turish maqsadida foydali qazilmaning o`zidan tabiy tirgak qoldiriladi. Tirgakning katta-kichikligi va shakli qazish natijasida hosil bo`lgan bo`shliqqa ta`sir qilayotgan kon bosimiga bog`liq. Kupincha tirgak turtburchak, uzun tug`ri burchakli, doira, ellips shaklida qoldiriladi.
Qazib olingan rudaning miqdori uni balansi miqdoridan kam yoki ko`p bo`lishi mumkin. Kamayishining sababi yer ostidagi rudaning bir muncha miqdori nobud bo`lishidir. Rudaga yon atrofdagi jinslar qo`shilib ketsa, unda qazilma miqdori ko`payib ketishi mumkin.

Foydali qazilma zaxirasi. Foydali qazilma zaxirasi o`rganilish darajasi buyicha qo`yidagi toifalarga bo`linadi:




  1. Mujassam tekshirilgan – A, V va S toifalar.


  2. Xammasi baxolangan – S2 toifa.


“A” toifali zaxirasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:




  • O`lchamlari belgilangan;


  • foydali qazilmaning tabiiy joylashish sharoiti va shakli anialangan;


  • foydali qazilma ichida joylashgan atrof kon jinslarining tarxi ajratilgan va belgilangan;


  • foydali qazilmaning ichki tuzilishi va tabiiy joylashish sharoiti belgilangan;


  • tabiiy sharoitda hosil bo`lgan minerallarning turlari aniqlangan;


  • Foydali qazilmaning tarxi belgilangan yoki laxmlar yordamida aniqlangan.


“S1” kategoriyali zaxirasi quyidagi talablarni qoniqtirishi lozim:




  • foydali qazilmaning shakli va o`lchami belgilangan;


  • foydali qazilmaning texnologik xususiyati sanoatga yaroqli deb baxolash uchun yetarli darajada o`rganilgan;


  • foydali qazilmalarning tarxi aniqlangan yoki laxmlar yordamida aniqlangan;


“S2” kategoriyali zaxirasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:




  • foydali qazilmaning o`lchamlari, shakli, ichki tuzulishi va tabiiy joylashish sharoiti o`rganilgan;


  • foydali qazilmaning xusuiyatlari laboratoriya sharoitida aniqlangan;


  • Geologik ma`lumotlarga asoslanib foydali qazilmaga yul ochish mumkinligi belgilanadi.





Download 20.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling