5-mavzu. Sanoat korxonalarining mehnat resurslari Reja
Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish yo’llari
Download 109.88 Kb.
|
5-Мавзу
5.2. Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish yo’llari
"Mehnat resurslarining shakllanishi" tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy adabiyotlarda va statistik amaliyotda qaror topgan bo’lib, o’ziga xos tor kasbiy atama sifatida ishlatilib kelinadi. Bu tushunchaning nimadan iborat ekanligi hiqida umumiy tarzda qabul qilingan, munozara talab qilmaydigan tasavvur yo’q. Biz esa "mehnat resurslarini shakllantirish" deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi, deb hisoblaymiz. Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo’yicha -mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni, ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning o’zgarishiga tahsir qiluvchi omillarni, uchinchidan, mehnat resurslari va aholining tabiiy va mexanik o’zgarishdagi umumiy va o’ziga xos tomonlarni ko’rib chiqishimiz lozim. Mehnat resurslarining aksariyat ko’pchilik qismini mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Mehnat qilishga layoqatli yoshdan katta kishilar, ishlovchi pensionerlar va amalda "nolg’" vazifasini bajaruvchi shaxslar, mexnatga layoqatli yoshdan kichik kishilar, ishlovchi o’smirlar mehnat resurslarining salmoғida u darajada sezilarli rolg’ o’ynamaydi. Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi. Mehnat resurslari tarkibiga I va II guruhdagi ishlamaydigan nogironlar kirmasligini esda tutgan holda, dastlab biz mehnat qilishga layoqatli yoshdagi aholini, so’ngra uning mehnat qilishga qobiliyatli qismini qarab chiqamiz. Mehnatga layoqatli yoshdagi fuqorolar butun aholining bir qismi bo’lib, ularning soni demografik omil tahsirida o’zgarib turadi. Ularning qancha bo’lishi tegishli yoshlardagi o’lim darajasiga boғliq. Bu shuningdek, mehnat qilish yoshiga yetgan yoshlar bilan pensiya yoshiga yetgan fuqorolar bilan soni o’rtasidagi nisbatga ham boғliq. Ulim qanchalik kam bo’lsa va mehnat qilish yoshiga yetgan fuqorolar bu yoshdan chiqqan kishilar o’rtasidagi farq qanchalik yuqori bo’lsa, mehnat qilish qobiliyatiga yetgan kishilar soni shunchalik ko’p bo’ladi yoki aksincha. Iqtisodiyotda hamisha pensiya yoshdagi kishilar mehnatidan foydalanish «nuqta»lari bo’ladi. Ular orasida yuqori aqliy malaka ishlatishni talab qiladigan faoliyat turlari ham bo’ladiki, ular insondan yuqori umumtahlim tayyorgarligini va muayyan amaliy tajribani talab qiladi. Ko’pgina maktab o’qituvchilari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining muallimlari, shifokorlar, ilmiy xodimlar va boshqa yuqori aqliy faoliyat turlari vakillari borki, ular pensiya marrasidan o’tgandan keyin ham muvaffaqiyatli mehnat qilib qelmoqdalar. Pensiya yoshining dastlabki besh yilida (erkaklar uchun 60-64 yosh, ayollarda 55-59 yoshda) alohida faollik seziladi. O’zbekistondagi 80-yillar oxiri-90-yillar boshidagi iqtisodiy o’zgarishlar o’smirlarga qanday tahsir qilgan bo’lsa, pensionerlarga ham yuqoridagi sabablarga ko’ra taxminan shunday tahsir qildi. Pensionerlarning mehnat bozori birmuncha ko’paydi. Kelgusida uzoq muddatli tamoyillarning tahsir qilishi tobora ko’proq namoyon bo’ladi, ular vaziyatni izga solib, pensionerlarning mehnat resurslarini to’ldirishga qo’shadigan hissalarini oshiradi. Mehnat resurslari soni (dinamikasi)ning o’zgarishi bilan butun aholi sonining o’zgarishi o’rtasida tabiiyki, boғliqlik bor. Biroq u birinchi qarashda unchalik ko’zga tashlanmaydi. Mehnat resurslarining soni hamisha butun aholi soni kabi o’zgaravermaydi. O’zgarishlar turli yo’nalishlarda bo’lishi ham mumkin. Biz «mehnat resurslari» tushunchasi to’ғrisidagi tasavvur kengroq bo’lishi uchun ularning o’zaro boғliqligini maxsus qarab chiqamiz. Mehnat resurslari butunning qismi sifatida aholining takror ishlab chiqarilishi (yahni uning doimiy ravishda tiklanib turishi)ni aks ettiradi. SHuning uchun mehnat resurslari sonining dinamikasi pirovard natijada aholi soni dinamikasini aks ettiradi. O’smirlar va pensionerlarning mehnat bilan bandlik darajasidagi o’zgarishlar faqat mehnat resurslariga emas, balki aholining soniga ham dahldordir. Tuғilishdagi farqlar darhol aholi sonining oshishiga tahsir qiladi, mehnat resurslarida esa faqat 16 yildan keyin aks etadi. Qancha kishi pensiya yoshiga yetishi faqat mehnat pesurslariga tahsir qiladi, butun aholi soniga dahldor bo’lmaydi. Mehnat resurslarining aksariyat qismini mehnat qilishga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. SHuning uchun ham mehnat resurslarining dinamikasiga xos xususiyatlar ko’proq darajada mehnatga layoqatli yoshdagi aholi bilan boғliqdir. Butun aholining va uning mehnatkash qismidagi dinamikaning xilma-xil yo’nalishda yaqqol ifodalangan o’zgarishi voqealarning normal borishdan chetga chiqish deb qaraladi. Ana shu sababli normal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun noqulay shart-sharoit yaratadi. SHunday qilib, biz mehnat resurslari butun aholiga taalluqli jarayonlar bilan bevosita boғliqligini ehtirof etgan holda, mehnat resurslari dinamikasining mahlum darajada nisbiy «mustaqilligi»ga ehtiborni qaratamiz. U mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan boғliq bo’lgan demografik asosni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. SHu mahnoda «mehnat resurslari» ijtimoiy va demografik rivojlanishni tahlil qilish va asoslab berishning o’ziga xos metodologik vositasi bo’lib maydonga chiqadi. «Mehnat resurslaridan foydalanish» va «mamlakatning mehnat potentsiali» tushunchalari bir-biri bilan o’zaro boғliqdir. Biz bu yerda foydalanish deganda iqtisodiyotning resurslaridan biri bo’lgan mehnat resurslarini tahriflovchi ikki yo’nalishni tushunamiz. Bu, birinchidan, mehnat resurslarining taqsimlanishi va ikkinchidan, ularning mehnatidan halq xo’jaligida foydalanish samaradorligidir. Mehnat ko`rsatkichlarini xarakterlashda natura va qiymat ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. Mehnat resurslarining natural ko`rsatkichlari bu barcha turdagi xodimlar sonidan iborat bo`lib, u quyidagi formula orqali aniqlanadi: bunda: - mehnat resurslari; - yollanma ishchilar; - muhandis-texnik xodimlar; - xizmatchilar; - boshqaruv xodimlari; - mayda xizmat xodimlari. Xodimlar soni natural shaklda ifodalanib korxonada band bo`lgan barcha yoshi va jinsidan qatьiy nazar ishchi hamda xizmatchilar yig`indisiga tengdir: Xodimlar soni mehnat resurslariga nisbatan ko`proq bo`lib, ular qarilik nafaqasi yoshida bo`lgan unumli mehnat bilan shug`ullanayotgan va balog`at yoshiga yetmay ijtimoiy mehnat bilan band bo`lgan o`smirlar soni ortiqligi bilan farq qiladi. So`nggi yillarda iqtisodiy adabiyotlarda ishchi kuchi qiymati va uning bahosi haqida fikrlar yuritila boshladi. Ishchi kuchi qiymati ( ), bu maьlum bir xodimning shakllanishiga ketgan barcha xarajatlar yig`indisidir. Bunga uning o`rta maktabda bilim olishiga ketgan xarajatlardan boshlab, malakali mutaxassis bo`lib yetishishdagi barcha sarflar kiradi. U quyidagi ko`rinishda ifodalanadi: bunda: - o`rta maьlumot olish sarflari; - o`rta maxsus maьlumotlar olish sarflari; - oliy maьlumot olish sarflari; - malaka oshirish sarflari. Ishchi kuchining bahosi mutaxassisiar yoki xodimlarga to`lanadigan barcha turdagi mehnat haqlari bilan ifodalanadi. Ular tarkibiga asosan, asosiy va qo`shimcha ish haqlari kiradi. Shu jumladan, turli rag`batlantirishlar ham. Mehnat potentsialini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimi alohida olingan ko`rsatkichlardan tubdan farq qilib, ularning yirik umumlashgan holatlarini ifodalaydi. Ko`rsatkichlar tizimi 3 ta asosiy guruhga bo`linadi. Download 109.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling