Mehnat potentsiali holatini ifodalovchi ko`rsatkichlar -bu ko`rsatkichlar mehnat potentsialini qanday holda ekanligini, uning umumiy miqdorini, tarkibini va boshqa holatlarini ifodalaydi.
Mehnat potentsiali bilan taьminlanganlikni xarakterlovchi ko`rsatkichlar - bularga mehnat potentsiali bilan korxonaning shtat jadvali, asosiy va aylanma mablag`lar bilan qay darajada taьminlanganlik, mehnat sig`imi kabi ko`rsatkichlarni olishimiz mumkin.
Mehnat potentsiali samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar - bular mehnat potentsialini foydaliligi, daromadliligini ifodalovchi ko`rsatkichlar bo`lib, ular yordamida qanday samara berilayotganligi topiladi.
Mehnat potentsiali holatini ifodalovchi ko`rsatkichlar: mehnat potentsiali o`rtacha soni, mehnat potentsiali tarkibi, mehnat potentsiali oboroti, mehnat potentsiali qo`nimsizligi va mehnat potentsiali turg`unligi ko`rsatkichlarini o`z ichiga oladi.
Mehnat potentsialining o`rtacha soni - mehnat potentsiali bilan bog`liq bo`lgan barcha asosiy ko`rsatkichlarni aniqlashda keng foydalaniladi. U maьlum bir davr mobaynida korxonada o`rtacha qancha xodim band bo`lganligini ifodalaydi.
Mehnat potentsiali tarkibi - nisbiy ko`rsatkich hisoblanib, u korxonadagi xodimlarning malakalari bo`yicha ulushini ifodalaydi. Bundan tashqari ishchilar, xizmatchilar, boshqaruv xodimlari ulushlari va hokazo.
Mehnat potentsiali oboroti - bu hisobot davrida kadrlar harakatini ifodalovchi ko`rsatkich bo`lib, ishga qabul qilinganlar va ishdan bo`shatilganlar hissasini ifodalaydi.
Mehnat potentsiali qo`nimsizligi - ishdan bo`shatilganlar sonini xodimlarning umumiy soniga nisbati bilan ifodalanadi.
Mehnat potentsiali turg`unlik ko`rsatkichi ijobiy ko`rsatkichlardan biri hisoblanib, uning yordamida korxonada 3 va undan ortiq xizmat qilayotgan xodimlar ulushini topishi mumkin.
Mehnat potentsiali bilan taьminlovchi ko`rsatkichlarga: mehnat potentsiali bilan shtat jadvalining taьminlanganligi; mehnat potentsiali sig`imi, mehnat potentsialining qurollanganligi; mehnat potentsialining aylanma mablag`lar bilan taьminlanganligi kiradi.
Mehnat potentsiali bilan shtat jadvalining qay darajada taьminlanganligi korxonalarda tegishli mutaxassislar yetarli ekanligi yoki yangi mutaxassislarni ishga qabul qilish zarurligi kabilar ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |