5 Mavzu: «Sezgi» reja


Download 49.41 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi49.41 Kb.
#1253984
Bog'liq
5 Маъруза - Сезги (3)


5 Mavzu: «Sezgi»


REJA:

  1. Sezgi haqida tushuncha.

  2. Sezgilarning nerv-fiziologik asosi

3. Sezgilar tasnifi va turlari.


Tayanch so‘z va iboralar: Sezgi analizatorlari, resteptorlar, ekstroresteptorlar, introresteptorlar, proprioresteptorlar

Bilamizki tashqi olamdagi narsa va hodisalar juda ko‘p belgi va xususiyatlarga ega Jumladan narsalarning tuzulishiga ko’ra rangi, ta’mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g‘adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqa alohida belgi va sifatlarga ajratamiz. Shuni takidlashki inson atrof muhitda mavjud naraslarning sifat va tuzulishlarnini turli hil sezgi organlari orqali his qiladi va bu narsa ongimizda alohida shakillanadi.Jumladan narsalarning yorug’likda aks etishi ko’zimizda, havo to’lqinlarining tezligi natijasida yuzga keladigan ovoz va tovushlar qulog’imizda, nafas olayotgan chog’imizda burnumiz orqali turli hil moddalarni his qilishimiz, turli xil narasalarning tana teri qismiga tegishi yordamida bosim sezgisi yoki teri sezgisini his qilamiz.



Sezgi – bizni qurshab turgan narsa va hodisalarning sezgi azolarimizga bevosita ta’siri natijasida ularning ayrimbelgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishiga aytamiz.

Sezgilar faqat tashiq ta’sir natijasida vujudga kelmaydi. Insonning ichki holatida ham sezgining ko’rinishlari mavjud.


Sezgilarni his qilish Analizator deb ataladi. Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’surotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi.
Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi resteptordan ta’sirotni miyaga olib boruvchi nerv yo‘llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak–atrofdagi olamda to‘g‘ri mo‘ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini ta’minlaydi.


Sezgilar- bu inson organizmiga ta’sir etadigan ayrim narsa va hodisalar obrazlarining miyada bevosita aks etish faoliyatiga aytiladi. Yuqorida takidlaganimizdek sezgilar yordamida predmetlarning rangini, shaklini, katta yoki kichikligini aniqlaymiz.
Barcha bilimlarimizning asosini sezgilar yordamida to’plangan ma’lumotlar tashkil qiladi. Sababi agar sezgilar bo’lmasa biz atrofdagi narsa hodisalarnig qanday ekanligiga tushunmagan bo’lar edik.



Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning roli juda katta, negaki, ular bizning olam haqidagi va o’zimiz to’g’rimizdagi bilimlarimiz manbai hisoblanadi.


Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar mavjud:

  • eksterioretseptiv;

  • proprioretseptiv;

  • interioretseptiv.

Ular o’z navbatida quyidagi sezgi turlariga bo’linadi.

Shu bilan birga, adaptatsiya- (lot. «adapto» - moslanmok)analizator sezgirligining unga uzoq ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi ta’sirida yoki ular ta’sirining yo’qligida o’zgarishimuhim ahamiyatga egadir. Adaptatsiya (moslashish) tufayli analizatorlar tashqi muhitning o’ta o’zgaruvchi sharoitlariga moslashishi mumkin.


Ko’rish yoki eshitish sezgisining yo’qotilganligi ma’lum darajada sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to’ldiriladi. Sezgi a’zolari sezuvchanligining kuchayish hodisasi ba’zi maxsus kasblar bilan uzoq vaqtdan bilan shug’ullanadigan shaxslarda kuzatiladi. Bularning xammasi sezgilarimiz hayot sharoitlari va amaliy mehnat faoliyati talablari ta’siri ostida rivojlanishining dalilidir.


TESTLAR:

  1. Ko‘rish, eshitish, ta’m bilish va hid bilish, sezgilari- bu sezgilar:

A) Modalligiga ko‘ra
B) Reseptorlar klassifikasiyasiga ko‘ra
C) Sensor jarayonlarni klassifikasiyasi bo‘yicha organizmga joylashuviga
D) Ko‘ra bo‘ysunishi


  1. Analizatorlarni uzaro ta’siri va mashqlar asosida sezuvchanlikni oshib ketishi

A) Sensibilizasiya
B) Sinesteziya
C) Adaptasiya
D) Appersepsiya


3. Sezgilarni o‘zaro ta’sirini kim o‘rgangan?
A) S.V.Kravkov
B) S.L.Rubinshteyn
C) V.N.Myasishev
D) A.R.Luriya


4. Ko‘zning sakkadik harakati: bu-
A) To‘g‘rilanishi
B) To‘xtalishi
C) Izlovchi
D) Ob’ektni kuzatishda ko‘zning tez charchashi


5. Reseptorlarning joylashuviga ko’ra sezgilarni ko‘rinishlari:
eksteroseptiv, . . . , proprioseptiv

A) Interoseptiv


B) Tashqi
C) Organik
D) Og‘riq
Download 49.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling