5-Mavzu: Shaxs
Faoliyatning psixologik tahlili
Download 63.34 Kb.
|
5-maruza sirtqi (2)
Faoliyatning psixologik tahlili
Odam tabiati jihatidan faol mavjudotdir. U ma'lum faoliyatda bo’lmasdan yashay olmaydi. Inson faoliyatining turi juda ko’p bo’lib, ulardan eng muhimi ijtimoiy qiymatga ega bo’lgan ishlab chiqarish mehnatdir. Odam har doim jamoada bo’lib mehnat qiladi va mehnat natijalarini ham jamoa turmush tarzini o‘zlashtiradi. Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirilishiga qaratilgan bo’ladi. Anglab bo’lmaydigan va anglab bo’ladigan tabiiy yoki, madaniy, yoki ma'naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy-shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tug’diradi. Ma'lumki, inson faoliyati jarayonida ma'lum bir mahsulotni yaratadi va undan ishlab chiqarish jarayonida foydalanadi. Aynan faoliyatda erishilayotgan muvaffaqiyatini ta'minlovchi bir qator omillar mavjud. Shular jumlasiga obyektiv va subyektiv omillarni kiritish mumkin va u quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Aleksey Leontev faoliyat nazariyasining asoschisidir. Faoliyat nazariyasining ildizlari Lev Vigotskiy, Aleksey Leontyev va Sergey Rubinshteyn singari faoliyatning psixologik nazariyotchilarining ishlariga borib taqaladi. Bu olimlar odam faoliyatini o’rganishda refleksoterapiya (Vladimir Bexterev va uning izdoshlarining ) nazariyasi va oliy nerv faoliyati fiziologiyasi (Ivan Pavlov ta’limoti va maktabi), psixoanaliz va bixeviorizm paradigmasi ramkalaridan chiqishga uringan. Lev Vigotskiy rossiyalik yosh davrlari psixologi, ongning til orqali qanday qilib ijtimoiy ta’sirlashuvga harakat qilishini o’rgangan. Agar hayvonlarni xatti-harakatlari bevosita tevarak-atrofdagi muhit bilan belgilansa, odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlaboq, butun insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Shu bois, "faoliyat", "faollik", "xatti-harakat" tushunchalarining mazmun mohiyatini anglab olish lozim. Shunga ko’ra, adabiyotlarda mazkur tushunchalarga berilgan ta'riflarga asosiy e'tiborni qaratish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida: "Faoliyat - kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir" -deb ta'riflanadi. M.G.Davletshin muallifligida chop etilgan "Psixologiya" qisqacha izohli lug’atida: "Faollik - tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit bilan o‘zaro ta'sirida namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o‘zaro ta'sir shu asosda faollik ko’rsatish bilan tavsiflanadi"-deya ta'riflangan. Faoliyat - insoniyatga xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli, paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o‘z-o‘zini bilishga, uni qayta qurishga yo’naltirilgan faolligidir. Harakat - maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig’indisi. Harakat ongli faoliyatlarning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir. Q.Turg’unovning "Psixologiya" terminlarining qisqacha ruscha-o‘zbekcha izohli lug’atida: Faollik - shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni o‘zlashtirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollik ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’lib, kishining faoliyati mehnat, o’qish, o’yin, ijtimoiy hayot, sport, ijod kabilarda yaqqol namoyon bo’ladi"- deb ko’rsatiladi. Download 63.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling