5-Mavzu: Shaxs


Download 63.34 Kb.
bet1/13
Sana18.02.2023
Hajmi63.34 Kb.
#1212196
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-maruza sirtqi (2)


5-Mavzu: Shaxs. Faoliyat va motivatsiya
Reja:

    1. Individ sifatida odam haqida umumiy tushuncha

    2. Shaxsvaindividuallik

    3. Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta’rifi

    4. Faoliyatning psixologik tahlili

    5. Faoliyatning interiorizasiyasi va eksteriorizasiyasi

    6. Faoliyatning tarkibi va turlari

    7. Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni



Individ sifatida odam haqida umumiy tushuncha
Odatda shaxs ijtimoiy fanlarning o’rganish predmeti bo’lib, ular insoniyat tarixida shaxs shakllanishining umumiy qonuniyatlarini, jamiyatning rivojlanish jarayonida inson hayotining ijtimoiy sharoitlariga bog`liq holda shaxsning o’zgarishi bilan aloqador masalalarning mohiyatini ochib beradi.
Shaxs muammosini tadqiq qilishga biologiya, kognitiv, ijtimoiy fanlar va falsafa fani murojaat qiladi. “Shaxs” kategoriyasi psixologiyaning eng muhim, tayanch tushunchasi bo’lsa, “shaxs psixologiyasi” bo’limi uning asosini tashkil etadi. Psixologiyaning bu sohani bilish har qanday msutaxassisga samaraliroq ishlash imkonini beradi. Shaxs psixologiyasi XX asrning birinchi o’n yilligida eksperimental fangga aylandi. Biroq nazariy tadqiqotlar ancha oldinroq amalga oshirila boshlangan. Shaxsni o’rganish tarixida uchta asosiy davrni ajratish mumkin:
• falsafiy-adabiy;
• klinik;
• sof eksperimental.
Falsafiy-adabiy davr. Dastlab shaxs psixologiyasi muammolari faylasuf va yozuvchilar asarlarida o’z aksini topgan. Frantsuz faylasufi Eten de Kondilyak o’zining “ Sezgilar haqidagi traktat”ida shaxsni turli sezgi parchalaridan yig`ishga harakat qilgan. F.M. Dostoevskiy har bir kishi uchun xos bo’lgan “yashirin odam” haqida yozadi.. Uning fikricha, mazkur “yashirin odam” tashqariga chiqishga urinib ko’radi, shuningdek har bir kishining “niqobi” ham mavjud bo’lib uning haqiqiy qiyofasini yashirib turadi.
Falsafiy-adabiy davrdagi shaxs psixologiyaining asosiy muammolari uning axloqiy va ijtimoiy tabiatini, xatta-harakatlari va xulq-atvorini o’rganishga bag`ishlangan edi. Dastlabki ta`riflarga ko’ra shaxs o’z tarkibiga barcha xususiy narsalarni- uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, xulq-atvori, madaniyati va boshqalarni oladi. Badiiy ijod, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarda bunday qarash to’liq o’z tasdig`ini topgan. Biroq psixologiya uchun bunday ta`rif juda kengdir.
Klinik davr. XIX asrning birinchi o’n yilligida shaxs psixologiyasi muammosi bilan ko’proq shifokor-psixiatrlar shug`ullanishgan. Ular birinchilardan bo’lib klinik sharoitlarda bemor shaxsini tizimli kuzatish olib borishga muvaffaq bo’lishgan, inson shaxsining tabiati to’g`risida umumilmiy xulosalar chiqarishgan. Klinik davrda alohida fenomen sifatida shaxs haqidagi tasavvurlar qisqartirib yuborilgan. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor kishilarda kuzatilgan shaxs xususiyatlari turgan. Keyinchalik aniqlanishicha, sog`lom kishilarda kuchsiz ifodalanganxususiyatlar bemorlarda juda kuchli (gipertrofiya) holatida bo’ladi. SHifokor-psixiatrlarning shaxsga bergan ta`rifi bilan normal, patologiyaga ega va aktsentuatsiyaga ega kishilarni ham tavsiflash mumkin. Bunday ta`riflar psixoterapevtik vazifalarni echish uchun to’g`ri bo’lishi mumkin, biroq normal shaxsning mohiyatini anglash uchun torlik qiladi.
Eksperimental davr. XX asrning birinchi o’n yilligida shaxsni o’rganish bilan professional psixologlar shug`ullana boshlashdi. Ular avvallari bilish jarayonlari va shaxs holatlariga alohida e`tibor berishgan edi. Bu sohadagi tadqiqotlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishila boshlandi. Biroq du davrda psixologiya fanining inqirozi yuz berdi. Bunga inson tabiatini o’rganishga atomistik qarashlarning kirib kelishi sabab bo’ldi. Mazkur yondashuv inson psixolgiyasini jarayon va holatlarga bo’lishni talab qilardi. Unga ko’ra inson alohida psixik funktsiyalarning yig`indisi bo’lib, ulardan shaxsni yig`ish va ijtimoiy xulq-atvorining kompleks shakllarini tushunish qiyin bo’ladi.
Shaxsni eksperimental o’rganish Rossiyada A.F.Lazurskiy, angliyada G.Ayzenk va R.Kettellar tomonidan boshlab berilgan. Olimlar mavjud tadqiqotlarga eksperiment tusini berib, ishonchli ma`lumotlar olish, farazlarni aniq tekshirish, ular asosida tajribada tekshirilgan nazariyalarni yaratish uchun natijalarni tahlil qilishning matematik-statistik usullarini joriy etishdi. Eksperimental davrning eng muhim vazifasi normal shaxsni baholashning ishonchli va validlikka ega test metodlarini ishlab chiqishdan iborat. XX asrning 30-yillarini oxirida shaxs psixologiyasida tadqiqot yo’nalishlarining faol differentsiatsiyasi boshlandi. Natijada XX asrning ikkinchi yarmida shaxs psixologiyasida o’rganiladigan ko’plab yondashuv va nazariyalar vujudga keldi.
Ko’pgina fanlar shaxsni, odamni o’rganadi. Psixalogiya shaxsning manaviy qiyofasida, uning psixik faoliyatida, uning xatti-xarakatlari va xulq-atvorida aks etadigan tomonini o’rganadi. Lekin hamisha shuni unutmasligimiz kerakki, shaxs tushunchasi- bir butun yaxlit tushunchadir. Odamning ma’naviy qiyofasini chuqur bilish uchun uning faqat psixik hususiyatlarini o’rganishgina emas, balki shaxsni fuqaro sifatidagi, jamoat arbobi sifatidagi hususiyatlarini va shu kabi tomonlarini ham yaxshi tasavvur etish zarur. Ayniqsa har qanday ayrim psixik protsessni yoki shaxsning ayrim hususiyatini (masalan kuzatuvchanlik, iroda, xarakter) umuman odamning manaviy qiyofasi xarakteristikasi bilan bog’lamay turibo’rganib bo’lmaydi1.
Inson tabiatini o’rganishdagi eng dolzarb muammolardan biri ijtimoiy-biologik muammodir. Odam haqida gapirilganda bu so’zning uch xil mazmunini nazarda tutish mumkin: odam biologik tur sifatida-Homosapiens, odam individ sifatida, va odam ijtimoiy uyushgan insoniyat sifatida. Bizning muhokamamiz uchun predmeti shaxs tushunchasi ekan, ijtimoiy-biologik munosabatlar nuqtai nazaridan insonni individ sifatidagi jihatlari muhim ahamiyatga egadir.
Shaxs va individning munosabatlari bilan bog`liq muammo shaxs psixologiyasining eng muhim va qiziqarli masalalaridan biridir. Individ nima? “Shaxs” va “individ” tushunchalari bir-biri bilan qanday munosabatda bo’ladi? Mazkur savollarga javob berishga harakat qilamiz. Odam tushunchasi inson individi uchun xos bo’lgan turga tegishli xususiyatlarni aks ettiradi va uning odam turiga mansub ekanligini ifodalaydi. “Odam” tushunchasida ong, til, mehnat bilan bog`liq biologik tuzilishga ega umumiy va turga xos belgilar qayd etiladi. Shuning uchun ham u individning eng umumiy va mavhum tavsifidan iborat hamda boshqa yuqorida keltirib o’tilgan tushunchalar bilan beriladigan qo’shimcha izohlarga zarurat paydo bo’ladi. Individ tushunchasi insoniyat turiga mansub alohida odamni aks ettiradi, u aynipaytda ham tabiat, ham jamiyatga tegishli bo’lganligi sababli ham, “organizm”, “shaxs” degan tushunchalar bilan qayd etiladi. Agar ulardan birinchisi odamning biologik xususiyatlarini ifodalasa, ikkinchisi uning ijtimoiy qiyofasini akset tiradi.

Download 63.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling