5-Mavzu: Shaxsning faolligi va ijtimoiy xulq motivasiyasi
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5-AMALIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- T a ya n ch s o z va i b o r a l a r
- Mashg’ulotni o’tkazish joyi
- Fanlararo va fan ichida bog’liqlik
- Mashg’ulotmazmuni: Nazariy qism
5-Mavzu: Shaxsning faolligi va ijtimoiy xulq motivasiyasi 1. Shaxs va uning faolligi. 2. Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. 3. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi. 4. Motivlarning turlari T a ya n ch s o' z va i b o r a l a r : Faoliyat, o'yin, mehnat, o'qish, ta'lim, motiv, motivasiya, harakat, hatti- harakat. Malaka, odat, salbiy odatlar, ijobiy odatlar, harakatning avtomatlashuvi, faoliyat , shaxs. Mashg’ulotni o’tkazish joyi : auditoriya Mashg’ulotning jihozlanishi : tarqatma materiallar, texnik vositalar Mashg’ulotning davomiyligi : 2 soat Mashg’ulotning maqsadi : Talabalarda kasbiy psixologiya fanining yangi davrga xos yondashuvlari, boshqa fanlar bilan aloqasi, psixologik tarmoqlar klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlarni berish, psixologiyaning asosiy metodlaridan foydalanish va qo’llash bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish Моtivasiya: Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differensiatsiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Fanlararo va fan ichida bog’liqlik : Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarda, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur) da qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va xokazolarda namoyon bo’ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o’zida mujassamlashtirilgan odam yo’q- inson shaxsi o’z individualligi jixatidan betakrordir. Mashg’ulotmazmuni: Nazariy qism Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo’nalishda xarakat kilishga undaydigan extiyojlar uning faolligi manbai bulib xisoblanadi. Extiyoj-jonli mavjudotning xayot kechirishning konkret shart-sharoitlariga uning karamligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi xolatidir. Kishining faolligi extiyojlarning kondirilishi jarayonida namoyon buladi. Xuddi shu urinda odamning faolligi shakllari bilan xayvonning xatti-xarakatlari faolligi urtasidagi tafovutlar ayon buladi. Xayvon uz extiyojlarining ob'yekti bulishi xamda unda ularni egallab olish uchun faol intilishga da'vat etishi extimoli borligini uzining tabiiy tuzilishiga (tanasining va a'zolarining tuziligiga, instinktlarining boyligiga) kur bamisoli oldindan bilishi tufayli faollik bilan xarakat kiladi. Xayvonlar extiyojini kondirilishi jarayoni ularning muxitga yaxshirok moslashuvini ta'minlaydi. Masalan, kunduz xatti-xarakatining tugma ravishda xosil bulgan programmasi uning kuruvchilik extiyojlarini qamrab qolmasdan, balki bu extiyojlarni kondirish ob'yektlari: tug’on ko’riladigan daraxtlarning navlari, daraxtlarning suvga yaqinligi, "o’rmon kesish" usullari (kunduzlar daraxtning shoxi aynan suvga tushishini mo’ljallab, uning suvga qarshi tomonini kemiradi) va xokazolar xam aks etgan bo’ladi. Shunday qilib, xayvonning extiyojlarida uning faolligi omili sifatida tabiatdan olingan buyum bevosita ishtirok etadi. Odamning faolligi va faollikning manbai bo’lgan insoniy extiyojlar tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining extiyoji uni tarbiyalash jarayonida, ya'ni kishilik madaniyati olami bilan yaqinlashtirish jarayonida shakllanadi. Tabiatdan olinadigan buyum shunchaki oddiy o’lja, ya'ni fakat biologik ma'noga ega ovqat tarzidagi buyum bo’lmay qoladi. Odam qurollar yordamida buyumni tarixiy taraqqiyot maxsuli xisoblanmish xususiy extiyojlariga moslashtirilgan xolda tubdan o’zgartirishga qodirdir. Shuning uchun xam kishining o’z extiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadigan faoliyat shaklini egallashning faol, muayyan maqsadga yo’naltirilgan jarayoni sifatida aloxida ajralib turadi. Aqliy harakatlarning ko’rinishlari Faoliyatning klassik turlari chizmasi Nazorat savollari 1. Motiv haqida tushuncha. 2. Fаoliyat vа fаollik hаqidа tushunchа. 3. Fаoliyatni o’zlаshtirish. 4. Faoliyatning inson psixik taraqqiyotiga ta'siri. 5. Faoliyat turlari haqida. 6. Malakaning tuzilishi. 7. Faoliyat o’zlashtirilishi va mashqlar. 8. Malakalarning o’zaro ta'siri. 9. Faoliyatning shakllanishi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling