5-Mavzu: Suyuqlashtirilgan tabiiy gaz


Download 0.7 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#226918
Bog'liq
5. Suyuqlashtirilgan tabiiy gaz


5-Mavzu: Suyuqlashtirilgan tabiiy gaz
Tabiiy gaz krigoen texnika asosida, masalan, kompressorli-detanderli mashinalar yordamida, suyultiriladi, ular 163 oS (112 K) haroratda gazturbinali va boshqa dvigatellar bilan harakatga keltiriladi, bunda suyuqlashtirilgan gazning hajmi uning gazsimon holatdagi hajmiga nisbatan 640 marta kichiklashadi (gazning solishtirma issiqlik chiqarish qobiliyati 55 MDj/kg (12000 kkal/kg) yoki 39,0 MDj/m3 bo’lganda). Suyuqlashtirishga energiyaning solishtirma sarfi 2,7…3,3 kVt/kg ni tashkil qiladi.
Yuk avtomobili uchun STG va SjTGlarning solishtirma ko’rsatkichlari jadval ko’rinishida keltirilgan (1.9-jadval).

Stirling kriogen mashinalari yordamida o’zining funktsional vazifasi va joylashishi bo’yicha gaz bilan zapravka qilish stantsiyalarini yaratish texnologiyasi ma’lum. Masalan, unumdorligi suyuqlashtirilgan tabiiy gaz bo’yicha 14…40 l/ch bo’lgan havo taqsimlovchi qurilmalar ZIF – 700, ZIF – 2002, KGM – 900/80, ular SjPG bilan 20...30 ta yuk avtomobillari va avtobuslarini zapravka qilishni ta’minlaydi. CHet el firmalari “Filips”, “Verkspur” 300…400 nm3/ch tabiiy gazni suyuqlashtirishga qobil bo’lgan qurilmalarni chiqarishmoqda1.



1.9-jadval.


Mavjud talablarga binoan ballondagi SyuTG harorati –163oS bo’lishi va 24 soatdan 5 sutkagacha saqlanishi kerak, bunda bug’lanish hisobiga gaz bosimi 0,5 MPa ga yetishi mumkin. SHu sababli SyuTGni zapravka va transportirovka qilish uchun idishni izolyatsiya qilishga alohida talablar qo’yiladi (vakuumli izolyatsiya, tolali, poroshoksimon issiqlik izolyatsiyasi va b.).
Suyultirilgan tabiiy gazning harorati qancha?
Uch qatlamli penopoliuretanli izolyatsiyali zichligi 0,04…0,25 g/sm2 bo’lgan berk yacheykali strukturali yengil gaz bilan to’ldirilgan plastmassali ballonlar ma’lum (1.10-jadval).

1.10-jadval




1Richard Folkson, Alternative Fuels and Advanced Vehicle Technologies for Improved Environmental Performance. Woodhead Publishing Limited, 2015. 15 p.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling