5-mavzu: Tarix va ijtimoiy fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari. Dars, uning turlari va tuzilishi. Tayanch iboralar


Malaka – ta’lim oluvchilarning mehnat jarayonidagi harakatini aniq, tez va maqsadga muvofiq tarzda avtomatik ravishda bajarish qobiliyati. Kompetensiya


Download 16.27 Kb.
bet2/2
Sana23.04.2023
Hajmi16.27 Kb.
#1390389
1   2
Bog'liq
5 ma\'ruza matni

Malaka – ta’lim oluvchilarning mehnat jarayonidagi harakatini aniq, tez va maqsadga muvofiq tarzda avtomatik ravishda bajarish qobiliyati.
Kompetensiya – ta’lim oluvchilarning egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish layoqati.
Dars - o‘quv va tarbiyaviy ishlarning asosiy tashkiliy shakli bo‘lib,
ta’lim va tarbiya jarayonining maxsus shakllari esa dars samaradorligini
oshirishning muhim omili hisoblanadi. Darslar qanday vazifalarni hal etishiga ko‘ra turlicha strukturaga ega bo‘lgan tiplarga bo‘linadi. Struktura – bu dars qismlarining nisbati va o‘zaro bog‘lanishi bo‘lib, ular o‘z vazifasi va o‘qituvchi bilan o‘quvchilar faoliyati xarakteri bilan farq qiladi. Demak, yetakchi didaktik vazifa va tuzilishiga ko‘ra darslar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) yangi materialni o‘rganish darslari – bu darsda faqat yangi
bilimlar beriladi;
2) Kombinatsion darslar(aralash darslar)-bunda o‘qituvchi o‘tilgan mavzuni nazorat qilib baholashi bilan birgalikda yangi materialni tushuntiradi ,mustahkamlaydi;
3) bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash darslari – bunda
o‘qituvchi faqat uy vazifasini nazorat qilib baholaydi;
4) mashqlar va amaliy ishlar darslari;
5) umumlashtiruvchi takrorlash darslari;
6) laboratoriya darslari;
7) o‘quvchilar bilimini nazorat qilish, nazorat qilish va baholash darslari.
Yangi materialni bayon qilish darslari bosqichlari: o‘quvchilarni
darslarga jalb etish, mavzu bayoni (yangi bilimlar berish), qisqa nazorat mustahkamlash, uyga vazifa berish.O‘rganilgan materialni mustahkamlash va amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish darslari uning yanada chuqurroq anglash va o‘zlashtirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash maqsadidan kelib chiqib, hamma sinflarda alohida mavzuni yoki bo‘limlarni o‘rganilgandan keyin o‘tilgan materialni takrorlashga yo‘naltirilib o‘tkaziladi.
Takrorlash, tizimlashtirish va umumlashtirish darslari o‘quv
dasturining katta bo‘limlarini takrorlash bilan bog‘liq va darhol mavzularni o‘rganilgandan keyin yoki o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi.
Bulardan tashqari standart bo‘lmagan, innovatsion dars shakllari ham
keng qo‘llaniladi: seminar-darslar, konferensiya-darslar, rolli o‘yinlar, integrallashgan darslar.

Darsda o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. O‘qituvchi darsda istisnosiz barcha o‘quvchilarning faoliyatlarini yo'llaydi va nazorat qiladi, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlari orasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro kontrolni qo‘llab quvvatlaydi. O‘qituvchining darsdagi ishi barcha o‘quchilarning darsning o‘zidayoq o'rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni xosil qilishlari uchun zamin yaratadi.
Savollar
1.Bilim tushunchasiga ta’rif bering?
2. Dars tushunasi haqida ma’lumot bering?
3. Tarix kursi oldiga qo‘yilgan ta’lim – tarbiya vazifalari qaysilar?
4.Kompetensiya tushunchasiga ta’rif bering?
5. Didaktik vazifasi va tuzulishiga ko’ra darslar necha turga bo’linadi va qaysilar?
Download 16.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling