5-mavzu. Termodinamik harorat birligi Kelvinga doir masalalar va ularni yechish. (2 soat) Reja
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu. Termodinamik harorat birligi - Kelvinga doir masalalar va ularni yechish. (2 soat) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishlash uchun masalalar
5-mavzu. Termodinamik harorat birligi - Kelvinga doir masalalar va ularni yechish. (2 soat) Reja. 1. Termodinamik harorat birligi - Kelvin 2. Mavzuga doir misol va masalalar yechish. Termodinamik haroratning ta’rifi 10-O‘TXK tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, fundamental qiymat sifatida suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 qismiga teng deb aniqlangan. 13-O‘TXK «Kelvin gradusi» atamasi va °K belgisi o‘rniga, Kelvin va K belgisidan foydalanishni joriy etdi va Termodinamik harorat ta’rifini quyidagicha qilib belgiladi. Kelvin – termodinamik harorat birligi. U suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng. Bundan kelib chiqadiki, suvning uchlanma nuqtasining termodinamik harorati 273.16°K ga teng ekan. 2005 yilda O‘TXI quyidagini ma’qulladi: (Ya’ni, O‘TXQ suvning izotop tarkibiga nisbatan aniq talab qo‘ydi.) Bu qoida suvning quyidagi izotopik kompozitsiyasidagi modda miqdorlari uchun tegishli: 0.00015576 mol 2 H bir mol 1 H ga teng; 0.0003799 mol 17 O bir mol 16 O ga; 0.002005 18 O esa, bir mol 16 O ga teng bo‘ladi. Harorat shkalalaridan kundalik odatiy foydalanishni soddalashtirish maqsadida, ma’lumotnoma qiymati T0=273.15 K, ya’ni, muzning erish haroratidan farqlash maqsadida, T belgisini faqat termodinamik haroratni ifodalash uchun qabul qilindi. Ular orasidagi farq Selsiy gradusiga teng. Selsiy gradusining belgisi t bo‘lib, u quyidagi tenglama orqali aniqlanadi. t=T – T 0 Selsiy harorat shkalasi birligi – Selsiy gradusi, belgisi - °C. Selsiy gradusi Kelvin gradusiga teng. Haroratlar farqi yoki harorat intervallari kelvin yoki Selsiyda ifodalanishi mumkin, bunda harorat qiymatlari orasidagi miqdoriy qiymat bir xil bo‘ladi. Selsiy gradusida ifodalangan harorat qiymati va Kelvin bilan ifodalangan termodinamik harorat qiymati orasidagi munosabat t(°C)=T(K) – 273.15 ifoda orqali aniqlanadi. Kelvin hamda Selsiy gradusi – O‘TXQ ning 1989 yildagi 5-tavsiyanomasi orqali, 1990 yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90) ga binoan qabul qilingan. Masalalar yechish na’munalari Mustaqil ishlash uchun masalalar 1. Havoda muallaq turgan chang zarrachalari m=10 -18 g massaga ega. Balandlik h=10 m ga ortganda ularning konsentratsiyasi n necha marta kamayadi? Havoning harorati T=300 K. 2. T=400 K haroratdagi vodorod molekulasining eng katta ehtimoliy tezligi v aniqlansin. 3. Qanday T haroratda geliy atomining o’rtacha kvadratik tezligi ikkinchi kosmik tezlik v 2 =11.2 km/s ga teng bo’ladi. 4. T=400 K haroratda geliyning, kislorodning hamda suv bug’ining bitta molekulasi to’la kinetic energiyasining o’rtacha 5. Ballonda t=100º C haroratli gaz bor. Gazning bosimi ikki marta ortishi uchun uni qanday t 2 haroratgacha qizdirish kerak? 6. T=573 K haroratli havo bilan to’ldirilgan, sig’imi V=10 cm 3 bo’lgan g’ovak sharni trubka yordamida simob bilan to’ldirilgan kosaga tutashdirdilar. Ichidagi havoning harorati T=293 K gacha soviganga sharga kiradigan simobning massasi m aniqlansin. Shar sig’imimning o’zgarishi inobatga olinmasin. Qo’shimcha ishlash uchun masalalar : II bob masalari A.G.Chertov, A.A.Vorobev “Fizikadan masalalar to’plami “ Toshkent<< O’zbekiston>> 1997 Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling