Reja 1. Texnologik uskunalarning konstruktiv elementlariga qо‘yiladigan ergonomik talablar 2. Qurilma va himoyalovchi moslamalarni joylashtirish 3. Xavfsizlik uskunalari va ularning xavfsizlik meyorlarini hisoblash Tayanch sо‘z va iboralar- Texnologik qurilma, asbob uskunalar, loyiha, “inson-mashina”tizimi, ergonomika, konstruktor, mehnati muhofaza, prinsilar, texnik elementlar, himoyalovchi vosilar, jomoviy va shaxsiy himoya vositlari, fotoelektrik blokrovka, boshqaruv organi. 1. Texnologik uskunalarning konstruktiv elementlariga qо‘yiladigan ergonomik talablar - 1. Texnologik uskunalarning konstruktiv elementlariga qо‘yiladigan ergonomik talablar
- Ergonomika mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy yо‘nalish sifatida texnik va biotibbiyot fanlari kesishmasida paydo bо‘lgan. Uning ishlab chiqarishdagi maqsadi, insonning gigiyenik, antropometrik, psixofiziologik va psixologik uyg‘unliklarni hisobga olgan holda mashinalar, boshqaruv elementlari, konsollar va ish joylarini loyihalash bо‘yicha tavsiyalar yaratish, mashina va ishlab chiqarish muhiti bilan о‘zaro ta’sirini mehnat jarayonida optimallashtirish jarayonlarini ishlab chiqadi.
- Inson mahorati, qulayligi, tezligi, axborotni idrok etish, qayta ishlash hajmi va tezligiga ta’sir qiluvchi mashina elementlariga qо‘yiladigan talablar, avvalombor boshqaruv elementlaridagi harakat mantiqiy, sodda va yetarli qarshilikka ega bо‘lishi kerak. “Ishga tushirish”, “Yoqish”, “Kо‘tarish” “о‘zinga” “о‘ziga qarama-qarshi” yoki; “О‘chirish”, “Tо‘xtatish”, “Kamaytirish” kо‘rsatkichlari qо‘l aylanasida soat yо‘nalishi bо‘yicha aylanishiga mos kelishi kerak.
Axborot moslamalari va boshqaruv elementlarini ish joyiga joylashtirish prinsiplari quyidagilar: - Axborot moslamalari va boshqaruv elementlarini ish joyiga joylashtirish prinsiplari quyidagilar:
- 1. Foydalanish tartibi- qurilma va boshqaruv elementlari odatdagi tartibda joylashtirish.
- 2. Foydalanish chastotasi- qurilma va boshqaruv elementlari foydalanish chastotasiga qarab joylashtirish.
- 3. Funksionallik- bu funksiyalarni bajaradigan texnologik qurilmalar va boshqaruv elementlari bir-biriga yaqin joylashtirish. (masalan, ampermetr, voltmetr, bosim о‘lchagich va hk).
- 4. Ahamiyatligi- eng muhim vositalar va boshqaruv elementlarini kuzatish va texnik xizmat kо‘rsatish ahamiyatli darajasiga kо‘ra joylashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |