5-Mavzu: Watermarking tizimlarini qurish usullari


Bardoshli watermarking tizimlariga ta’sirlar


Download 216.11 Kb.
bet6/7
Sana07.05.2023
Hajmi216.11 Kb.
#1440098
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-Mavzu Watermarking tizimlarini qurish usullari

3. Bardoshli watermarking tizimlariga ta’sirlar


Bu bo‘limda detektorlar ishiga ta’sir qiluvchi to‘rt turdagi o‘zgartirishlar ko‘rib chiqiladi. Bular qo‘shilgan shovqin, amplitudaning o‘zgarishi, chiziqli filterlash va yo‘qotishli siqish. Bu o‘zgarishlarning ko‘plari yuqoridagi bo‘limda aytilgan usullar asosida bartaraf etilgan.


Qo‘shilgan shovqin. Kontentda ba’zi amallar bajarilishi davomida unga tasodifiy signallar qo‘shilishi mumkin. Ya’ni,

Bu yerda c kontent va n tasodifiy shovqin. Bu shovqin kontentga bog‘liq bo‘lmagan holda turli taqsimotlar asosida qo‘shiladi. Kontentga bog‘liq bo‘lmagan holda qo‘shilgan tasodifiy signalga qo‘shilgan shovqin deb ataladi. Masalan, Gauss usulida qo‘shilgan shovqin, oq rangli shovqin va hokazo.

5.4-rasm. Shovqin qo‘shish


Amplitudaning o‘zgarishi. Nazariy tomondan tizimlarni tahlil qilinganda asosan qo‘shilgan shovqin asosida o‘zgirishga asoslangan kontentlar olinadi. Sababi, ular tahlillashga oson. Amalda esa bundan boshqa turdagi o‘zgarishlar ham uchraydi. Bu o‘zgarishlar albatta kontent ma’lumotning turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, amplitudaning o‘zgarishi:

Bu yerda c kontent va v o‘zgartirish faktori. Bu kattalik ovoz ma’lumotlar uchun ovozni o‘zgarishiga olib kelsa, video ma’lumotlar uchun esa yoritilganlik va kontrastni o‘zgarishiga olib keladi.
Chiziqli filterlash. Yana bir keng tarqalgan o‘zgartirish usuli bu chiziqli filterlashdir. Bu kattalik

kabi ifodalanadi. Bu yerda s kontent, f filter va * bog‘lanishni bildiradi. Rasm va audio ma’lumotlardagi ko‘plab amallar chiziqli filterlash orqali amalga oshiriladi. Rasm ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ko‘plab dasturiy vositalar foydalanilib, ularda turli chiziqli filterlash amallarini bajarish mumkin.



5.5-rasm. Chastotali filterlash


Yo‘qotishli siqish. O‘zgartirilishning bu turida haqiqiy kontent ma’lum usullardan foydalangan holda siqiladi. Natijada siqilgan fayl qayta ochilganda haqiqiy kontentdan farq qiladigan holda bo‘ladi. Olingan farq siqish darajasi ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 216.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling