5-mavzu. Yoqilg’i-energetika majmuasi geografiyasi. Reja


Gaz sanoatining rivojlanishi


Download 314.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi314.19 Kb.
#1326214
1   2   3   4
Bog'liq
5-MAVZU. MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs

3.Gaz sanoatining rivojlanishi. 
Hozirgi vaqtda o’rtacha bir yilda 58-60 mlrd. kub m. atrofida (2009 y.-61.4, 
2010 y.-60.1 mlrd kub m.) gaz qazib olinadi. Respublikamizda gaz sanoatining 
kelajakda rivojlanishi ko’p jihatdan Ustyurt platosida Rossiya kompaniyalari 
bilan hamkorlikda olib borilayotgan geologik- kidiruv ishlar natijalariga bog’liq. 
Umuman, neft-gaz zahiralarini qidirib topishda O’zbekiston Rossiya, J.Koreya, 
Malayziya, Eron mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Mustaqillik davrida 
yoqilg’i sanoatining birmuncha tezroq o’sishi 1993 va 2008-yillarda kuzatilgan. 
4.Ko’mir sanoatining rivojlanishi. 
Ko’mir sanoatining geografiyasi neft yoki gaz sanoatiga nisbatan keng emas, 
u faqat Toshkent (Angren) va Surxondaryo (Sharg’un, Boysun) viloyatlarida 
birmuncha rivojlangan, xolos. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, qo’ng’ir ko’mirning 
iqtisodiy ahamiyati toshko’mirga qaraganda ancha past. Turli sabablarga ko’ra, 
bu ko’mir turidan qora metallurgiyada foydalanib bo’lmaydi; boz ustiga, qo’ng’ir 
ko’mirni, odatda, ko’p saqlab bo’lmaydi. Transport qilish ham noqulay, u sernam 
va serkul hisoblanadi Binobarin, Angen qo’ng’ir ko’miridan asosan IESlarida 
foydalaniladi. 
Barcha yoqilg’i sanoat turlarida bo’lganidek, respublikamizda ko’mir qazib 
olish ham avvalgi yillarga qaraganda qisman kamaygan. Faqat eng keyingi 
yillarda bu ko’rsatkichning ko’tarilib borish alomatlari sezilmokda. Masalan, 
2004-yilda respublikada jami 2699 ming t ko’mir (qo’ng’ir ko’mir 2641 ming t) 
qazib olingan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2013-yilda taxminan 1,3-1,5 martaga oshgan, 
xolos (1991-yilda - 5,9 mln t ko’mir olingan). Qazib olingan jami ko’mirning 97,4 
foizi qo’ng’ir ko’mirga to’g’ri kelib, u to’la-to’kis ochik usulda qazib olinadi. 
Mazkur majmua tarkibida elektr energetika alohida o’rin tutadi. Elektr 
energiya turli manbalardan ishlab chiqariladi va uning eng muhim xususiyati bu 
sanoat tarmog’i rivojlanish va joylanishini belgilab beradi. Gap shundaki, elektr 


energiyasini yoqilg’i turlariga o’xshab omborxonalarda saqlab, to’plab 
bo’lmaydi, u ayni vaqtda, sinxron ravishda iste’mol qilinishi kerak.

Download 314.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling