5-mavzu. Yoqilg’i-energetika majmuasi geografiyasi. Reja
Download 314.19 Kb. Pdf ko'rish
|
5-MAVZU. MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar: Sanoat punkti va markazi, sanoat rayoni, sanoat tarmoqlar tarkibi
- 2.Neft sanoatining rivojlanishi.
5-mavzu.Yoqilg’i-energetika majmuasi geografiyasi. Reja: 1.Respublikada yoqilg’i-energetika sanotining rivojlanishi 2.Neft sanoatining rivojlanishi 3.Gaz sanoatining rivojlanishi 4.Ko’mir sanoatining rivojlanishi 5.Elektro-energetika sanoatining rivojlanishi Tayanch so’zlar: Sanoat punkti va markazi, sanoat rayoni, sanoat tarmoqlar tarkibi, diversifikatsiya undiruvchi (tog’-kon) va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari, ixtisoslashuv, kontsentratsiya (mujassamlashuv), kooperatsiya, kombinatlashuv, hududiy ishlab chiqarish majmualari, po’lat, prokat mahsulotlari ishlab chiqarish, rangli metallarni qazib chiqarish. 1.Respublikada yoqilg’i-energetika sanoatining rivojlanishi. Yoqilg’i va elektr energetika sanoati bir-biri bilan yaqindan bog’liq. Shu sababli ularga yagona tarmoqlararo sanoat majmuasi sifatida qarash mumkin. Qolaversa, ayni shu majmua har qanday mamlakat yoki mintaqa iqtisodiyotida katta ahamiyatiga ega. Chunki, barcha ishlab chiqarish tarmoqlari bevosita yoki bilvosita yoqilg’i va elektr energetika sanoatiga asoslanadi. Binobarin, mustaqil davlatning umumiqtisodiy xavfsizligi, eng avvalo, uning yoqilg’i-energetika sohasidagi mustaqilligiga ham bog’liq.Respublikada yoqilg’i sanoati tarkibiga ko’mir, neft va gaz qazib chiqarish kiradi. Hozirgi O’zbekiston hududida dastlabki neft konlari XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Farg’ona viloyatida ochilgan (Chimyon, Sho’rsuv), 1924-yilda Qo’qon shahrida “O’zbekneft’” tresti tashkil qilingan. 2.Neft sanoatining rivojlanishi. Bugungi kunda neft zahiralari bo’yicha Qashqadaryo viloyati yetakchilik qiladi. Bu yerda eng yirik kon Ko’kdumaloq hisoblanadi Shuningdek, neft konlari Surxondaryo (Kokaydi, Lalmikor), Andijon (Polvontosh, J.Olamushuk), Namangan (Mingbuloq) viloyatlarida ham bor. U qisman Buxoro viloyatida ham qazib olinadi. Istikbolli hududlar esa, eng avvalo, Qoraqalpog’istonning Orolbo’yi va Ustyurt platosi, Surxon vodiysi hisoblanadi Hozirgi kunda Okshaloq, Shaxpaxti, Urga kabi konlardan neft olinmoqda. So’nggi yillarda O’zbekiston bir yilda o’rtacha, suyultirilgan gaz bilan hisoblganda 3,0-4,0 mln tonna neft qazib olinadi. Uning asosida neftni qayta ishlash sanoati ham rivojlanib bormoqda. Respublikamizda neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish 1998- 1999-yillarda eng yuqori ko’rsatkichlariga erishilgan. Shu yillarda o’rtacha 8,5- 8,9 mln tonna bu yoqilg’i turi olingan. Taqqoslash uchun: 1991- yilda 2,8 mln g., 2010-yilda - 3,7 mln t. Tabiiy gaz sanoati respublikamizda neft sanoatidan keyinroq, lekin aksariyat hollarda “yo’l-yo’lakay” neft va gazni birgalikda qazib olish bilan bog’liq bo’lgan. Ushbu sanoat tarmog’ining keng ko’lamda rivojlanishi 1950-1960- yillarda Buxoro viloyatida juda katta zahiraga ega bo’lgan Gazli konini ishga tushirilishi bilan boshlangan. Jumladan, 1955-yilda Jarqoq, 1956-yilda Gazli konlari ochilgan. Aynan shu konlar asosida Jizzax - Buxoro - Samarqand - Toshkent (1958-1960 yy.), Buxoro- Chelyabinsk (1963 y.), Buxoro-Ural (1965 y.), O’rta Osiyo - Markaz (1967 y.) magistral gaz quvurlari qurilib, ishga tushirilgan. Markaziy Osiyo respublikalari uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan Buxoro-Toshkent-Bishkek- Olma-ota gaz kuvuri ham o’tgan asrning 60- yillarida qurilgan. Download 314.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling