5-mavzu. Yoqilg’i-energetika majmuasi geografiyasi. Reja
Elektro-energetika sanoatining rivojlanishi
Download 314.19 Kb. Pdf ko'rish
|
5-MAVZU. MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs
5.Elektro-energetika sanoatining rivojlanishi.
Mamlakatning yoqilg’i-energetika balansi iqtisodiyotda turli manbalardan ishlab chiqarilgan yoqilg’i va elektr energiyasidan foydalanish nisbati bilan tavsiflanadi. O’z navbatida, elektr energiya ko’mir, yonuvchi slanets, torf, neft va gaz, quyosh radiatsiyasi, radioaktiv elementlar (uran) shamol, dengiz qirg’oq to’lqinlari, (“priliv va otliv”) suv asosida ishlab chiqariladi. Qaysi manbadan foydalanishga qarab, elektr stantsiyalar asosan ikki katta guruhga bo’linadi- issiqlik va suv elektr stantsiyalari. Issiqlik elektr stantsiyalari (IES)da elektr energiyani ko’proq ko’mir, torf, yonuvchi slanets asosida ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofik hisoblanadi Yoqilg’ining boshqa turlari, jumladan neft yoki tabiiy gazdan foydalanish uncha maqbul emas, sababi ular kimyo sanoti uchun muhim xom ashyo bazasi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Dunyo mamlakatlari elektr energetikasida issiqlik, atom va suv elektr stantsiyalarining ulushi har xil. Bunday holat joyning relefi va gidroenergetika resurslari, foydali qazilmalariga bog’liq. Masalan, yer usti tuzilishi tog’lardan tashkil topgan mamlakatlarda (Gruziya, Tojikiston, Qirgiziston va b.) elektr energiya asosan suv elektr stantsiyasida ishlab chiqariladi. Bu turdagi elektr stantsiyalaridan olingan mahsulot ancha arzon hisoblanadi, chunki suv-suvligicha qolaveradi, IESlarda esa yoqilg’i turlari tiklanmaydigan tarzda sarflanadi. O’zbekistonda so’nggi yillarda elektr energetika respublika yalpi sanoat mahsulotining 8-10 foizini ta’minlamoqda; unda jami sanoat xodimlarining 6-9 foizi band. Har yili o’rtacha 50-52 mlrd kVt/s miqdorida elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 2018yilda respublikamizda 62896,6 mln kVt/ soat elektr-energiya ishlab chiqarilgan. Elektr stantsiyalarining tarkibida IES yetakchilik qiladi va ular jami elektr stantsiyalar ishlab chiqqan elektr energiyaning 80-81 foizini tashkil qiladi. Suv elektr stantsiyalariga (SES) esa bor-yo’g’i 8-9 % to’g’ri keladi. Elektr stantsiyalar quvvatida ham nisbat taxminan shunday. Avval ta’kidlaganimizdek, so’nggi 20-25 yilda respublikada elektr energiyasini ishlab chiqarish, turli sabablarga ko’ra, birmuncha qisqargan. Taqqoslash uchun: 1990-yilda jami 56,3 mlrd kVt/s elektr energiya olingan, uning 11,8 foizi SESga to’g’ri kelgan. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, bu davrdagi pasayish asosan IES hisobidan sodir bo’lgan. 1990- yilda SESda 66,5 mlrd kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqilgan bo’lsa, 2013-yilda bu ko’rsatkich 52,0 mlrd kVt/s-ni tashkil etgan. Umuman olganda, ushbu sanoat tarmog’ining nisbatan tezroq rivojlanishi 1999-2000-yillarda qayd etiladi. Keyingi yillarda respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 2/5 ga yaqin qismi Toshkent viloyatiga to’g’ri keladi; ikkinchi o’rinda Sirdaryo viloyati turadi. Shuningdek, Navoiy va Qashqadaryo viloyatida ham ushbu ko’rsatkich sezilarli darajada jami 4 ta viloyat O’zbekistonning 91,0 foiz elektr energiyasini ta’minlaydi. 1990-yil bilan taqqoslamoqchi bo’lsak bunda eng avvalo elektr energetika sanoati geografiyasining kengayganligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, mustaqillikdan oldin Qashqadaryo viloyatida ushbu sanoat tarmog’i deyarli yo’q darajada edi. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, elektr energiyasi ishlab chiqarishning qisqarish jarayoni barcha viloyatlarda ko’zga tashlanadi. Jumladan, ko’rilayotgan davrda Toshkent viloyatining ko’rsatkichi 24,9 mlrd kVt/soatdan 17,8 ga, Sirdaryo viloyatida 8,6 dan 6,7 ga, Qoraqalpog’iston Respublikasida 3,4 dan 2,6 ga, Farg’ona viloyatida 2,0 mlrd kVt/soatdan 0,6 mlrd kVt/soatga tushib qolgan. Demak, asosiy o’zgarishlar IES hisobidan bo’lib, ular ushbu tipdagi elektr stantsiyalarning belgilangan quvvatidan to’la foydalanmaslikka bog’liq. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining qisqarishi esa turli sabablarga, jumladan, ishlab chiqarishda energiya sarfining pasaytirish, qo’ng’ir ko’mir qazib olinishining kamayishi kabilar oqibatida yuz bergan. Hozirgi vaqtda respublikamizning eng yirik IESlari Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Yangi Angren, Tolimarjon issiqlik stantsiyalari hisoblanadi. Mamlakatimizda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 1/10 qismidan ko’progi SESlarga to’g’ri keladi. Jami mavjud elektr stantsiyalarning loyihaviy quvvati 1710 mVt (IES - 10756 yoki SES larga qaraganda deyarli 6 marta ziyod). Dastlabki SES Toshkent viloyatida 1926-yilda Chirchiq yaqinida qurilgan. Bugungi kunda Chirchiq-Bo’zsuv kaskadi 20 ga yaqin elektr stantsiyalarini birlashtiradi. Bir suv manbaida bunchalik ko’p elektr stantsiyalarning qurilishi, ya’ni “zanjiri” bo’yicha Chirchiq-Bo’z suv kaskadi MDH davlatlarida eng yirik hisoblanadi .Ushbu qator elektr stantsiyalar orasida eng yirigi Chorbog’ SESdir. Shuningdek, Xujakent SESi ham ancha katga quvvatga ega. Chorbog’ SESi bosh elektr stantsiya bo’lib, u quyi elektr stantsiyalarning barqaror ishlash rejimini ta’minlab turadi. Mazkur stantsiya energetika-irrigatsiya rejimida qurilgan, binobarin, uning yirik suv ombori viloyat qishloq xo’jalik yerlarini sug’orishda katta ahamiyatga ega. Jumladan, yirik Parkent kanali ham shu suv omboridan boshlanadi. Shu bilan birga, Chorbog’ SESi va uning suv ombori atrofida sport, baliq ovlash, rekreatsiya ob’ektlari barpo etilgan. Toshkent viloyatidan tashqari uncha katta bo’lmagan SES (Andijon viloyati va Xorazm viloyatida) ham ishlab turibdi. Umuman olganda esa, SESlar respublikamiz orografik va gidrografik vaziyatiga ko’ra, qo’shni Tojikiston va Qirg’iziston respublikalariga qaraganda uncha rivojlanmagan. O’zbekiston elektr stantsiyalari yuqori quvvatli elektr o’tkazgich tarmoqlari (liniyalari) bilan yagona energetika tizimini tashkil qiladi. Yaqin o’tmishda Qashqadaryo viloyatidan Surxondaryoga, Toshkent viloyatidan Farg’ona vodiysi viloyatlariga yuqori voltli elektr o’tkazuvchi tarmoqlar qurildi. Download 314.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling