7-modul. Elketr stansiy a va podstansiyalarning sxemalari, yerlatgichlari
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
16-ma`ruza. SPEK 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ма`ruza-16. (2-soat). • Elketr stansiy a va podstansiyalarning bosh sxemalari.Yerga tutashtiruvchi qurilmalar.
7-MODUL. ELKETR STANSIY A VA PODSTANSIYALARNING SXEMALARI, YERLATGICHLARI. 16.1. Issiqlik elektr stantsiyalarning, gidroelektrstantsiyalarning va podstantsiyalarning elektr sxemalari. Elektr stantsiya (podstantsiya)lar elektrik ulanishlarining bosh sxemasi – bir–biri bilan oʻzaro ulangan natural koʻrinishdagi asosiy elektr jihozlari (generator, transformator, liniyalar), yigʻma shinalar, kommutatsion va boshqa birlamchi jihozuralar bilan ular orasida natural koʻrinishda bajarilgan barcha ulanishlar majmuidir. Bosh sxemani tanlash elektr stantsiya (podstantsiya) elektr qismini loyihalashda asosiy mezon hisoblanadi, chunki u elementlarning toʻliq tarkibini va ular orasidagi bogʻlanishni aniqlaydi. Tanlangan bosh sxema elektrik ulanishlarning printsipial sxemasi, oʻz ehtiyoji Ма`ruza-16. (2-soat). • Elketr stansiy a va podstansiyalarning bosh sxemalari.Yerga tutashtiruvchi qurilmalar. • 16.1. Issiqlik elektr stansiyalarining gidroelektr stansiyalarining va podstansiyalriningelektr sxemalari. • 16.2.Eleketr stansiya va podstansiyalarning bosh sxemalari • 16.3. Yuqori kuchlanish jihozlarining yerga tutashtiruvchi qurilmalari. • 16.4. Yerga tutashtiruvchi qurilmalarning vazifasi va tuzilishi. Yerga tutashtiruvchi qurilmani hisoblash. Reja: • Elektr stansiyalarning sxemalari turlari, strukturaviy, bir chiziqli , operativ sxemalari, asosiy vazifasi, issiqlik elektr stansiyalarning , gidroelektr stansiyalarning, elektr sxemalari elektr stansiyalarning bosh sxemalariga qoʻyiladigan talablar. Таyanch soz va iboralar sxemasi, ikkilamchi ulanishlarning sxemasi, montaj va boshqa sxemalarni tuzishda boshlangʻich mahlumot hisoblanadi. Bosh sxemalar chizmada bir chiziqli qilib tasvirlanib, bunda tizilmaning hamma elementlari uzilgan holatda boʻladi. Ayrim hollarda sxemaning ayrim elementlarini ish holatida koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi. Sxemaning hamma elementlari bilan ular orasidagi bogʻlanishlar konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (ESKD) standartlariga muvofiq koʻrsatiladi. Sxema asosiy elementlarining shartli grafik belgilari 10.1–jadvalda koʻsatilgan. Ekspluatatsiya sharoitlarida sxemani toʻliq tasvirlash bilan bir qatorda soddalashtirilgan operativ sxemalar qoʻllanilib, ularda faqat asosiy jihozlar koʻrsatiladi. Smena navbatchisi operativ sxemani toʻldiradi va unga oʻchirgichlar hamda ajratkichlarning holatida navbatchilik davrida yuz bergan zarur oʻzgarishlarni kiritadi. Elektr tizilmalarni loyihalashda bosh sxemani tuzishdan oldin elektr energiya (quvvat) ni berishning struktura sxemasi tuzilib, unda elektr tizilmaning asosiy funktsional qismi (taqsimlagich qurilma, transformatorlar, generatorlar) va ular orasidagi bog`lanish koʻrsatiladi. Struktura sxemalar keyinchalik printsipial sxemalarni yanada toʻlaroq va batafsilroq ishlab chiqish, shuningdek elektr tizilmaning ishi bilan umumiy tanishib chiqish uchun xizmat qiladi. Bu sxemalarning chizmalarida funktsional qismlar toʻgʻri burchaklar yoki shartli grafik tasvirlar koʻrinishida (16.1–rasm, a) tasvirlanadi. Sxemada jihozlar (oʻchirgich, ajratgich, tok transformatori va hokazolar) dan hech qaysisi koʻrsatilmaydi.16.1–rasm, b da shu podstantsiyaning bosh sxemasi ayrim jihozlarsiz –tok, kuchlanish transformatorlarisiz, razryadniklarsiz koʻsatilgan. Bunday sxema elektrik ulanishlarning soddalashtirilgan printsipial sxemasi boʻladi. Toʻliq printsipial sxemada (16.1–rasm, v) birlamchi zanjirning hamma jihozlari, ajratgich va uzgichlarning yerga ulovchi pichoqlari, shuningdek, qoʻllaniladigan jihozlarning tiplari ko`rsatiladi. Operativ sxemada (16.1–rasm, g) shartli ravishda ajratkich va yerga ulovchi pichoqlar koʻsatilgan. Har bir smenada navbatchilik qiladigan xodim tomonidan shu jihozlarning haqiqiy holati (ulangan, uzilgan) sxemada koʻrsatiladi. Elektr bilan ta`minlash ishonchliligi darajasiga qarab iste`molchilar (kategoriyasi)toifasi. Elektr bilan tahminlash ishonchliligi nuqtai nazaridan hamma iste`molchilar toifaga boʻlinadi. Birinchi toifa elektr iste`molchilari bu shunday elektr iste`molchilariki, ularning elektr bilan tahminlanilishi uzilsa, insonlar hayoti xavf ostida qolishi, qimmat baho asosiy asbob– uskunalar ishdan chiqishi, mahsulot koʻplab brak boʻlishi, murakkab texnologik jarayon 16.1–rasm. Sxemalar turlari (110/10 kV li podstantsiya misolida): a–strukturaviy; b–bosh soddalashtirilgan; v–toʻliq printsipial; g–operativ. buzilishi, xalq xo`jaligiga katta zarar yetishi, kommunal xo`jaligining katta ahamiyatli elementlarning buzilishiga olib kelishi mumkin Birinchi toifa istehmolchilari bir–biriga bogʻliq boʻlmagan ikkita manbadan tahminlanishi kerak boʻlib, tanaffus faqat avtomatik ulanishga sarflanadigan vaqtga ruxsat etiladi. Ikkinchi toifa elektr istehmochilari shunday elektr istehmolchilarki, ularni elektr bilan tahminlash uzilsa, mahsulotlarni ommaviy bera olmaslik, ishchilar, mexanizmlar va sanoat transportining ommaviy turib qolishiga, shahar va qishloq aholisini anchagina qismining normal faoliyati buzilishiga olib keladi. Bu elektr iste`molchilarini ikkita mustaqil manbadan ta`minlash tavsiya etiladi. Ikkinchi toifadagi elektr iste`molchilarini elektr bilan ta`minlashdagi uzilish vaqti navbatchi xodim yoki keladigan operativ brigada zahiradagi manbani ulashi uchun ketadigan vaqtcha boʻlishiga ruxsat etiladi. Uchinchi toifa elektr istehmolchilariga birinchi va ikkinchi toifalarning taʻriflariga toʻg`ri kelmaydigan hamma qolgan elektr istehmolchilari kiradi. Bu elektr iste`molchilari bitta tok manbaidan tahminlanib, bunda elektr bilan tahminlash tizimining elementini almashtirish yoki tahmir qilish uchun kerakli tanaffus–bir sutkadan oshmaslik sharti bilan bajarilishi kerak. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling