7-modul. Elketr stansiy a va podstansiyalarning sxemalari, yerlatgichlari
Oraliq podstantsiyalarning sxemalari
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
16-ma`ruza. SPEK 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quvvatli uzlaviy podstantsiyaning sxemasi
Oraliq podstantsiyalarning sxemalari.
Agar podstantsiya ikki tomonlama tahminlanuvchi liniya peremichkasiga ulansa, unda transformatorlar zanjiriga uzgichlar, peremichkaga esa oʻchirgich oʻrnatiladi (16.3–rasm). Normal rejimda oʻchirgich Q1 ulangan, tahmir peremichkasi esa ajratkich QS3 yoki QS4 bilan uzilgan boʻladi. T1 buzilsa, QN1 ulanadi, Q1, soʻngra tayanch podstantsiya A dagi Q2 uziladi. Uzgich QN1 toksiz tanaffus (pauza) da uziladi, soʻngra Q1 va Q2 ulanadi. Quvvat oʻtishi buzilmaydi, transformator uzilgan boʻladi. Liniyalardan biri, masalan W2 buzilsa Q1, soʻngra tayanch podstantsiya B dagi Q3 uziladi. Agar liniyaning APV si muvaffaqiyatsiz chiqsa, Q5 uziladi va AVR ning tahsirida oʻchirgich QB ulanadi. SHunday qilib, iste`molchilarni tok bilan ta`minlash buzilmaydi. Oraliq podstantsiyalarda oʻchirgichli koʻprikcha sxemalarni qoʻllash ham mumkin (16.4– rasmga qarang). 220–330 kV li tarmoqlarda, shuningdek, yanada yuqori ishonchlilik va operativ moslashuvchanlikni tahminlaydigan halqasimon sxemalar qo`llaniladi. 16.3–rasmdagi sxemadan farqli oʻlaroq, transformator (avtotransformator) lar toʻrtburchak uchlariga uzgichlar orqali ulanadi (16.4–rasm): AT1 W2 li blokka, AT2 W4 li blokka ulanadi. W1, W4 liniyalar radial, W2, W3 liniyalar tranzit liniyalardir. Liniya zanjirlariga distantsion yuritmali ajratkich va uzgichlar oʻrnatilishi mumkin. Bu buzilgan liniya uzilgandan soʻng 220–330 kV li tomondagi sxemaning ishini tiklash imkoniyatini beradi. 16.3–rasm. Peremichkasida oʻchirgichi bor oraliq podstantsiya sxemasi Quvvatli uzlaviy podstantsiyaning sxemasi Uzlaviy podstantsiyalarning 30–750 kV li shinalari energetik tizimning ayrim qismlarini yoki ikki tizimini bir–biri bilan bogʻlaydi, shuning uchun bu sxemalarning yqori kuchlanish VN tomonining ishonchliligi boʻyicha yuqori talablar qoʻyiladi. Odatda, bu holda liniyalarni koʻp marta biriktirish sxemalari qoʻllaniladi: halqasimon sxemalar, bir zanjirga 3/2 oʻchirgichli sxemalar va shinalar–transformator sxemasi qoʻllaniladi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling